Maxsus inshootlarni barpo qilish Reja: Xandiqsiz usulda gruntlarni qazish usullari. qullanishi va sxemasi Quvurni bosib kiritish usuli Gorizontal burg'ulash usuli Quvurlarni cho'kuvchan gruntli yer silkinadigan rayonlarda o'rnatish Tushiriladigan quduq» usulida Xandiqsiz usulda gruntlarni qazish usullari. qshllanishi va sxemasi Gruntlarni teshish usuli bilan quvurlarni yotqizish Gruntlarni teshish usuli bilan quvurlarni yotqizish usuli serqatnov avtomobil yo'llar; temir yo'llar, maolum inshootlar, ko'chalar kesishadigan joylarda amalga oshiriladi. Bu ishni bajarishdan oldin shu quvur o'tkaziladigan joydan o'tadigan barcha yer osti muhandislik tarmoqlarini joylashishini oldindan aniq bilib olinishi, yaoni ularni ishdan chiqarib yubormaslik zarur. Bu usulni maonosi shundaki, quvur maolum bir loyihada ko'rsatilgan yo'nalish bo'yicha yer ostidan gruntni teshib yo'naltiriladi. U gruntni teshib o'tishda o'z atrofidagi gruntni zichlab boradi (rasm 2.1.a). Bu usulda faqat diametri 600 mm gacha uzunligi 20-50 m gacha bo'lgan qoplamasiz po'lat quvurlar ishlatiladi. Tagidan teshib o'tiladigan inshoot (yo'llar, bino, inshootlar) ikki tomoniga maxsus xandiq; quvurni o'tkazuvchi jihoz va quvur tushiriladigan ishchi xandiq, uzunligi 8x13 m va teshib chiqqan quvurni qabul qiluvchi xandiq o'lchami 1,5x2,5 m ikkinchi tomonga qaziladi. Xandiq chuqurligi quvur etishi zarur satxdan 40-50 sm chuqur qaziladi. Ishchi xandiq quvur kirgizish teskari tomoniga quvurni itarib kirituvchi gidravlik domkratni aks bosimini qabul qiluvchi tayanch to'siq (upor) o'rnatiladi. Teshib kiritish jaraeni teshib o'tadigan quvurni yo'naltiruvchi ramaga o'rnatish, uning uchiga konussimon eki boshqa botuvchi uch va tayanch qismiga quvurdan 50 mm katta bo'lgan tayanch qism o'rnatiladi. Domkrat shtoki qadami domkrat quvvatiga qarab quvur uzunligi 6 m ortiq bo'lganda 1,05-1,6 metrni tashkil etadi, shuning uchun quvurni botirish jaraenini davom ettirish uchun uzunlikni cho'zuvchi qo'shimcha quvur o'rnatiladi. Uning uzunligi 1-4 metrni tashkil etadi. Uzaytiruvchi quvurni almashtirish ko'p vaqt va mehnat talab qiladi. Shuning uchun uni o'rniga ichkari qismiga o'rnatiladigan shompol o'rnatiladi (rasm 2.1.a). Shompol kichik diamerdagi quvur bo'lib, shtok bilan bir blok holatga keltirilgan, u kiritilayotgan quvur ichida bemalol harakatlanishi mumkin. Shompol devorlariga teshiklar o'yilgan bo'lib, ularga po'lat tiqin (shtqrp) suqiladi. Quvurni tiqib kiritish paytida shtok shopmola bilan xar bir qaytganidan so'ng, tiqin quvurga eng yaqin teshikka tiqiladi va yana yangi navbatdagi tiqish jarayoni ro'y beradi. Quvurni teshib o'tishini tezlatish maqsadida quvur uchiga o'rnatilgan konussimon qimga 25-50 tagacha diametri 3-5 mm bo'lgan teshik teshilib, u orqali 0,1-0,2 MPa bosim bilan suv yuborib, teshilayotgan grunt yumshatiladi. Agar grunt zich va qattiq bo'lsa konussimon quvur o'rniga ochiq bo'shliqli quvur (pichoq qismli) o'rnatiladi. Teshib kiritish davrida tuproq qirqilib, quvur diametrni 4-7 qismiga quvur ichiga kiradi. Lekin bu kirgan grunt (kerno) ni tozalash ancha qiyinchilik tug'diradi. Rasm 2.1. Quvurlarni epiq ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
101.08 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
101.08 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: docx