Maydonni tozalash Reja: Yer ustki va yer ostki suvlari qochirish Geodezik razbivka asoslarini barpo qilish Maydonni tozalash Bino va inshootlar qurilishdan oldin qurilish maydonida muhandislik tayyorgarlik ishlarini olib boraladi. Qurilish joylashishi (shahar ichi yoki aholi yashash joyidan tashqarida), qurilish joy sharoitiga qarab turli jarayonlar kechishi mumkin. Bunday jarayonlarga umumiy xol tarzida quyidagilarni kiritishimiz mumkin: qurilish maydonini tozalash, yer usti va ostki suvlarini qochirish, geodezik ishlari, yani asosni razbivkalash. Qurilish maydonini tozalash ishlarida maydondagi qurilish uchun xalaqit beruvchi butalar olib tashlanadi, daraxtlar kesib, to'ngaklar ko'chirib olinadi, agar maydonda eski buzib tashlanadigan bino bo'lsa buziladi va gruntning unimdor qatlamini qirqib, maydon bir chekkasiga to'planib qurilish bitgandan so'ng obodonlashtirish ishlari bajarilayotganda qayta to'qiladi. Ko'chirmay qolgan zarur bo'lgan daraxt va butalar atrofi qurilish paytida zararlanmasligi uchun o'rab qo'yiladi. Ko'kalamzorlashtirishga yaroqli daraxt va butalar alohida joy ko'chirib ekib turiladi. Daraxtlarni qirqish, elekt yoki qo'l arrasi yordamida amalga oshirib, yiqitish esa traktorlar yordamida amalga oshiriladi. Ular uchun maxsus lebedkasi bor va surgichi ko'tarib o'rnatilgan traktorlar bo'lib, ular yordamida daraxtlarni to'ngagi bilan yiqitiladi. Agar alohida katta to'ngaklar bo'lsa ularni portlatish usuli bilan ko'chiriladi. Maydon daraxt va butalardan tozalangandan so'ng tomirlari yig'ishtiriladi. Eski binolarni buzishda ularni tom qismidan boshlanadi. Buzilganda chiqadigan qismlar qurilish maydoniga sochilib yotishini oldini olish uchun uni bino ichiga tashlash maqsadga muofiqdir. Binolarni buzishda avtomobil krani yoki kran ekskavator ishlatiladi. Ularni kalta strelasiga o'rnatilgan massasi yuk ko'tarish qobiliyatining yarmidan ortmagan po'lat sharlar osilgan bo'lib, ular yordamida urib yiqitiladi. Yog'och binolarni buzilib olinib yaroqli qismlari keyinchalik foydalanish uchun olib qo'yiladi. Quyma temir beton va metal binolarni buzib olish oldindan tuzib olingan sxema asosida amalga oshiriladi. Bunda ar bir buzib olingan tuzilma echib olinishi va unda ustivor holat ta'minlanishi zarur. Yig'ma temirbetondan yig'ilgan binolarni buzish, yig'ishga teskari bo'lgan sxema asosida amalga oshiriladi. Agar yig'ma konstruksiyalar alohida unsur tarzida echib olish imkoni bo'lmasa uni buzish sxemasi xuddi quyma temirbeton bino singari amalga oshiriladi. Qurilish maydoni o'ralgan bo'lishi yoki maxsus yozuvli belgi qo'yilgan bo'lishi zarur. Yer ustki va yer ostki suvlari qochirish Yer ustki suvlari yomg'irdan yoki qor erishidan paydo bo'ladi. Ular qurilish maydonini o'ziga to'plangan bo'lishi yoki maydondan yuqoriroq qismidan oqib tushishi mumkin. Qurilish maydoni boshqa joydan oqib tushadigan suvdan himoyalangan bo'lishi zarur. Buning uchun uning yo'li to'silgan va qurilish maydonidan burib yuborilgan bo'lishi zarur. Suv yo'lini to'sish uchun maxsus qiyalik ariqchasi qazilib ular qurilish mayodonidan tashqarida qaziladi (rasm 2.1). Oqib tushadigan suv xavzasi; Qiyalik ariqchasi; Qurilish maydoni. Rasm 2.1. Maydonni yer ustki suvidan himoyalash. Kanalda suv to'planib ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.43 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.43 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: docx