Memoriy yodgorliklar ansamblini ta'mirlash Reja: Memoriy yodgorliklar ansamblini ta'mirlash loyihasini ishlab chiqarish. Ansamblni ta'mirlash loyihasining asosiy maqsadlari. yog'och imoratlarni ta'mirlash Memoriy ansambl deganda odatda binolarning o'zaro yaxlit badiiy birlikka uyg'unlashib ketgan kattagina guruh tushuniladi. Hozirgi sharoitda memoriy ansamblni ta'mirlash loyihasini ishlab chiqishdan avval quyidagi ishlarni bajarish lozim bo'ladi: Ansamblning shakllanishini ilmiy tarixiy-memoriy jihatdan tahlil etish hamda tarixiy rivojlanishdagi uning kompozitsiyasi asosiy tamoyillarini aniqlash; Ansamblning tarixiy hayotidagi memoriy-badiiy jihatdan eng salmoqli bosqichlar va davrlarni aniqlash, bunday tanlovning ilmiy asoslanishi; Ansamblga kiruvchi har bir yodgorlikni atroflicha tadqiq qilish, dastlabki qiyofasini tiklash, uning ko'rinishidagi keyingi o'zgarishlarni tahlil qilish-shu asosda ansambldagi yodgorlikning o'rni va roli hisobga olingan holda ta'mirlash uchun takliflarni ishlab chiqish; Alohida memoriy yodgorlikning ham ansambl ichida, ham zamonaviy shahar tizimida shahar qurilishidagi ahamiyatini shaharning rivojlanish istiqbollari hisobga olingan holda aniqlash, yodgorliklardan amaliy foydalanish imkoniyatlarini belgilab olish; Ansambl tarixiy aspektda atrof-muhit bilan o'zaro bog'liqligi asosiy yo'nalishlarini tahlil etish; Ansamblning muhofaza zonasi, shuningdek, imoratni boshqarish zonasi chegaralarini belgilab olish; nuqtalarning asosiy tarmoqlarini niqlash. Ansamblni ta'mirlash loyihasidan kutilgan maqsad uni tasodifan qo'shilgan va xunuk qilib turgan noloyiq detallardan holi qilish, kompozitsion, o'ziga xos sifatlarini mumkin qadar ochish, kompozitsion elementlari o'rtasida tarixan qaror topgan bog'liqlikni aniqlash va qayta tiklash, memoriy yodgorliklarning nafaqat ko'proq saqlanishini, balki ularning shakllanib kelayotgan zamonaviy shahar qiyofasi bilan soz darajada uyg'unlashib ketishiga yordam beradigan sharoitni tashkil etishdan iborat. Ansambl kompozitsiyasining jiddiy elementi uning rangga oid elementi hisoblanadi. Ammo bu muammoga bizda etarlicha etibor berilmayapti, mavjud yo'riqnomalar va qo'llanmalar ham uni chetlab o'tmoqda. Shu bilan birga rangga oid yechim qonuniyatlarini aniqlash hamda shu asosda ansamblga kiruvchi binolarning bo'yoqlarini tiklash bo'yicha aniq ilmiy tavsiyalarini ishlab chiqish juda katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa qadimiy memorchilik obyektlarini ko'rsatishga tayyorgarlik olib borilayotganda bu muammoning dolzarbligiga yaqqol namoyon bo'ladi. Memoriy ansambllarni ta'mirlash loyihasi, albatta, tutash hududyodgorliklar yashab turadigan muhitni tashkil etish bo'yicha tavsiyalarni ham o'z ichiga olishi lozim. Atrof-muhitga memoriy yodgorlikning ajralmas qismi sifatida qarash kerak. Yaqin atrofni obodonlashtirish loyihasi, albatta, loyiha hujjatlari tarkibiga kirishi zarur. Loyihaning grafika qismi shunday ko'rinishni namoyon etishi kerakki, taklif etilayotgan yechimni amalga oshirishnatijasida kompleksning qiyofasi zamonaviy holat bilan chambarchas bog'lanib ketsin. Loyiha tarkibiga quyidagilar kirishi kerak: bosh reja, butun ansamblning umumiy chizmalari va kesmalari, alohida hollarda uning aksanometrik yoki istiqboldagi tasvirlari. yog'och imoratlarni ta'mirlash Yog'och imoratlarni tasmirlash eng avvalo shunisi bilan farq qiladiki, yog'och tez chiriy boshlaydi. Aksariyat yog'och imoratlar konstruksiyasining tosh binolar konstruksiyasidan prinsipial farqi shundan iboratki, ular monolit massivga ega emas, alohida elementlardan tashkil topgan bo'lib, bu elementlarni tezda ajratib ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.97 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.97 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc