Metall konstruksiyalar montaj birikmalarining bajarilishi Reja: Qurilish konstruksiyalari montajida mehnatni muhofaza qilish Konstruksiyalarni suvdan himoyalash va nurashdan saqlash Surkash va bshyash yordamida himoyalash Yelimlab yopishtiriladigan himoya qatlamlar Metall konstruksiyalar montaj birikmalarining bajarilishi Metall konstruksiyalar o'zaro payvandlash yoki bolt yordamida biriktiriladi. Payvand choklari elektr yoyli payvandlash orqali amalga oshiriladi. Qo'lda bajariladigan elektr payvandlash ishlari doimiy yoki o'zgaruvchan tok yordamida bajariladi. Payvandlanadigan konstruksiyalar birlashish yuzalari tekislanib, tozalanib, payvandlash turiga qarab oraliqlari ruxsat beriladigan darajada yaqinligi taominlanadi. Payvandlash ishlari chokda tanafussiz amalga oshirilishini taominlash zarur. Payvand chokining yuqori sifatli bo'lishi uchun birinchidan texnologik jarayonga rioya qilish, ikkinchidan payvand rejimi va uchinchidan zarur ashyo xususiyatiga bog'liq. Payvand choklar zichligi turli usullarda aniqlanadi, masalan vakuum kamera yordamida, bu usulda kamera ichidagi havo so'riladi (rasm 3.57). Chokdagi nuqsonni aniqlash uchun uni yuziga sovun ko'pigi surkaladi va choka yuqoridagi uskuna o'rnatilib, havosi so'rilsa yuzadagi ko'pik tortilib pufak hosil bo'ladi. Pufak hosil bo'lishi joyiga qarab nuqsonli joy va uni kattaligini aniqlash mumkin. Rasm 3.57. Payvand choklar sifatini vakuum kamera yordamida aniqlash. a- nazoratlanayotgan chok; 2- yumshoq rezina; 3- pleskiglaz qopqoq; 4- vakuum o'lchagich; 5- vakuum shlang; 6- vakuum nasos. Bundan tashqari chok zichligini kimyoviy usulda ham aniqlanadi. Bunda chokni bir tomoniga ammiakni havo bilan aralashmasi bosim ostida beriladi, ikkinchi tomoniga esa fenoftalenning suv-spirtli eritmasi shimdirilgan tasma yopishtiriladi. Bunda chok orqali o'tgan ammiak ikkinchi tomondagi tasmani tiniq sariq rangga bo'yaydi. Boltli birikmalar ikki turga, yaoni oddiy va yuqori mustahkamli. Oddiy boltlar o'z navbatida dag'al, meoyordagi va yuqori aniqlikdagi turlarga bo'linadi. Yuqori sifatli boltlar ham ikki turli: siljishga chidamli va yuk ko'taruvchi turlariga bo'linadi. Boltli birikmalar ishonchli ishlashi uchun gayka 1,7 Mpa kuch bilan buralishi zarur. Gaykani sifatli buralganini og'irligi 0,3…0,4 kg bo'lgan bolg'acha bilan urib ko'riladi, bunda bolt titrasa yoki siljish kuzatilsa gayka yana buraladi. Qurilish konstruksiyalari montajida mehnatni muhofaza qilish Havfsizlik choralari ko'rilmagan va sog'lom ish muhiti ko'zda tutilmagan loyihalar qabul qilinmaydi. Agar qurilishi maydonida havfli muhit sodir bo'lsa darhol ishchilar ushbu zonadagi chiqarib yuborilishlari, xavfli zona esa o'rab qo'yilishi zarur. Yuqorida bajariladigan ishlarga 18 yoshdan kichik bo'lgan, shuningdek ishchi malakasi 3 razryaddan kichik va ish staji bir yildan kam bo'lgan montajchilar qo'yilmaydi. Davlat texnik nazoratidan o'tmagan, yaoni ishlashga ruxsati yo'q yuk ko'taruvchi kranlar va mosalamalrni ishlatish taqiqlanadi. Ko'tariladigan yuk, mosalam (zarur hollarda idish) og'irligi kranning yuk ko'tarish qobiliyatidan ortib ketmasligi kerak. Yukni gorizontal harakatlantirish uchun uni eng yuqori o'rgana konstruksiyadan kamida 0,5 metr yuqoriga ko'tarilgan bo'lishi zarur. Shamol tezligi 10….12 msek yoki kuchi olti balldan ortiq bo'lsa ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
99.37 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
99.37 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: docx