Metall qotishmalar turlari. Legirlangan po'latlar. Rangli metallar

Metall qotishmalar turlari. Legirlangan po'latlar. Rangli metallar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Metall qotishmalar turlari. Legirlangan po'latlar. Rangli metallar - rasmi

Material tavsifi

Metall qotishmalar turlari. Ligerlangan po'latlar. Rangli metallar Reja: Po'latni qizdirib qayta ishlash Po'lat buyumlarni bosim ostida tayyorlash Rangli temirlar va qotishmalar Po'latni qizdirib qayta ishlaganda uning zichligi ortadi, fizik-mexanik xossalari yaxshilanadi. Po'latni qizdirib keyin sovitganda, uning mikro- va makrotuzilishi keskin o'zgaradi. Po'latni quyidagi usullar bilan qayta ishlash mumkin: chiniqtirish, yog'da bo'shatish, yumshatish, normal holatga keltirish. Po'latni chiniqtirganda uni eng yuqori kritik holatgacha qizdirib (doevtektondli po'lat) yoki eng quyi kritik holatdan 30-50°S ga ko'tarib (evtektondan holi po'lat) zudlik bilan suvda, yog'da yoki boshqa muhitda sovitiladi. Uning qattikligini oshirishda asosan chiniqtirish usuli qo'llaniladi. Agar po'lat yuza qatlamining qattikligini oshirish kerak bo'lsa, po'lat buyumlarning yuzasi yuqori chastotali tok bilan qizdiriladi va tez suratda sovitiladi. Po'latni chiniqtirgandan keyin, uning ichki tuzilishida sovish jarayonida paydo bo'ladigan kuchlanish saqlanib qoladi. Kuchlanishni bo'shashtirish uchun po'latni sovishi oldidan yog'ga yoki suvga solib qo'yiladi. Po'latning qayishqoqligini va plastikligini oshirib, qattiqligini kamaytirish hamda dastgoxlarda yoyish yoki ezishni osonlashtirish maqsadida u yumshatiladi. Buning uchun po'latni qizdirgandagi eng yuqori kritik holatdan haroratni yana 30-50°S ga oshiriladi va o'choqning o'zida asta-sekin sovitiladi. Po'latni normal holatga keltirishda asosan yumshatish usuli ishlatiladi. Faqat farqi oxirgi sovitishni o'choqda emas, ochiq havoda olib boriladi. Natijada, po'lat;ning tuzilishi mayda donali va bir jinsli bo'ladi, mustahkamligi, qattikligi oshadi, plastikligi esa kamayadi. Po'lat buyum ichki qismining plastikligini saqlagan holda yuza qatlamining (1,5-2 mm) qatgiqligini oshirish kerak bo'lsa, uni 850-900°S gacha maxsus muhitda qizdirib yuzasi uglerod bilan to'yintiriladi. Bu po'lat yuzasini tsementatsiya qilish deyiladi. Tsementatsiya qatlamining mustahkamligini oshirish uchun uni yana chiniqtirish va yumshatish kerak. Po'latning eskirishi deganda, uni uzoq muddatda odtsiy xona haroratida va undan yuqori haroratda saqdanganda xossasining o'zgarishini tushunmoq kerak. Po'latning eskirishini 70-200 yillardan keyin, ko'prik konstruksiyalarida kuzatish mumkin. Po'lat eritmasiga legirovchi qo'shilmalardan alyumin, vanadiy, titan, xrom va shu singari modtsalar qo'shilsa uning eskirishga qarshiligi ortadi. Po'lat buyumlarni bosim ostida tayyorlashda plastik xususiyatga moyil turi ishlatiladi. Yuqori bosim ostida tegishli shakl berilganda po'latning nafaqat tuzilishi, balki uning xossalari ham o'zgaradi. Temirning shaklini o'zgartirishda og'ir po'lat g'o'lalar orasida ezib yoyish (prokatka), cho'zib yoki qator teshiklardan o'tkazib ingichkalash (volochenie), bolg'alash, qoliplash, zichlash, egish, portlatish kabi usullar qo'llaniladi. Quyma po'latdan har xil navli po'latlar olish uchun, avvalo, u uslubiy o'choqlarda yoki quduqlarda qizdiriladi. G'o'lalar orasida ezib yoyilgan po'lat maxsus plastik xossaga ega bo'lishi kerak (1-rasm). Po'lat issiq va sovuq holatda eziladi. Uglerodli po'lat aylanuvchan g'o'lalar orasida ezilganda, uning harorati 800- 1200°S dan kam bo'lmasligi kerak. Po'latning har xil turlaridan uzun konstruksiyalar tayyorlanadi va ular payvandlangan yoki parchinlab ulangan konstruksiyalarning bir bo'lagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.93 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.93 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga