Metall qurilish materiallari

Metall qurilish materiallari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Metall qurilish materiallari - rasmi

Material tavsifi

Metall qurilish materiallari va buyumlari Reja: Metall haqida umumiy tushunchalar. Metallarning turlari. Po'lat va cho'yan ishlab chiqarish. Po'lat ishlab chiqarishda yoqilg'i sifatida asosan tabiiy gaz, elektr, argon gazi ishlatiladi. Shuningdek, elektr toshqol bilan qayta eritib maxsus po'lat olish, elektr nuri bilan eritish, plazmali yoy bilan eritish usullari po'lat olishda keng tarqalgan. Sanoatdagi inshootlar juda murakkab texnologiyalarga asoslangan. Barcha ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashgan mexanizmlardan tashkil topgan. Sifatli po'lat ishlab chiqarishda kislorod-konvertor hamda po'latni uzluksiz quyish texnologiyasi eng samarali deb hisoblanmoqda. Bunday usul bilan quyilgan po'lat quymasi kirishmaydigan va nuqsonsiz bo'ladi. Qurilish materiallari ichida rangli temirlar va ular aralashmasidan olinayotgan eritmalar alohida o'rin tutadi. Jumladan, alyumin va ular asosida olinadigan boshqa rangli temir buyumlarning qurilishdagi salmog'i kattadir. Rudadan qo'rg'oshin, rux, kadmiy, germaniy, selena, indiy, galliy va shu singari rangli temirlarni ajratib olish texnologiyalari mavjud. Temir sanoati o'sishi bilan ikkilamchi toshqollar miqdori ortmoqda. Toshqoldan yanada samarali Qurilish materiallari ishlab chiqarish og'ir sanoatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Uglerodli temir eritmalaridan olinadigan ashyolarga asosan po'latni kiritish mumkin. Po'latni yuqori haroratda eritganda yoki sovitganda uglerodning kamayishi yoki ortishi hisobiga po'latning xossalari keskin o'zgaradi. Eritma tarkibida uglerod miqdori 2 % gacha bo'lsa - po'lat, 2 %dan ortsa cho'yan deb ataladi. Po'latda uglerod 1 % bo'lsa, uning erish harorati 1539°S ga teng. Kristallanish jarayoni 1490°S da boshlanib, 1320°S da tugaydi. Harorat 910°S va 758°S ga tushganda eritma qattiq holatga o'tadi. Sovish jarayonida temir uglerodli po'lat eritmasining tuzilishi har xil holatda bo'ladi: Tsementit. Eritmada uglerod miqdori 6,7 %gacha bo'lganda hosil bo'ladi. Eritma sovishi jarayonida undagi tsementit parchalanib ferrit va grafitga aylanadi. Tsemenit juda qattiq va mo'rt. Ferrit - alfatemirdagi uglerodning qattiq eritmasi. Uning mustahkamligi va qattiqligi kichik, qayishqoqligi yuqori. Perlit - tarkibida 0,8 % uglerod bo'lgan evtektoid. U ferrit va tsementitning mayda kristallari aralashmasidan iborat. Austenit - gamma-temirdagi uglerodning qattiq eritmasidir. U qayishqoq, kimyoviy chidashi va magnitsiz. Ledeburit - tarkibida 4,3 % uglerod bo'lgan evtektid. U austenit bilan tsementitning eritma holatida boshlang'ich kristallarning aralashmasidan hosil bo'ladi. Harorat 723°S ga pasayganda, ledeburit tarkibi asosan tsementit va perlitdan tashkil topadi. Temirning xossalari Qurilishda ishlatiladigan temirlarning xossalari maxsus tajribahonada mexanik va texnologik usullar vositasida aniqlanadi. Temirning mexanik xossalariga uning cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, cho'ziluvchanligi, qattiqligi, zarbdagi qayishqoqligi; texnologik xossalariga esa suyuq holatdagi oquvchanligi; payvandlanishi, bolg'alanuvchanligi, elektr tokini o'tkazuvchanligi, magnitlanishi va boshqalar kiradi. Cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi deganda temir namunani cho'zganda uning uzilish vaqtidagi kuchlanish tushuniladi. Oquvchanlik chegarasi - namunani cho'zishda berilgan kuch o'zgarmagan holatda cho'zilishning davom etishi. Cho'zilishi - temir namunaning boshlang'ich va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.66 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.66 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga