Metallarga ishlov berish va payvandlash

Metallarga ishlov berish va payvandlash

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Metallarga ishlov berish va payvandlash - rasmi

Material tavsifi

Metallarga ishlov berish va payvandlash Reja: 1. Metallarni payvandlash texnologiyasi. 2. Metallarni ultratovush bilan payvandlash. 3. Vakuumda diffuziya bilan payvandlash. 4. Metallarni emirilishdan himoyalash choralari. Payvandlash deganda ikki bo'lak temirning ulanadigan joyini qizdirib (plastik holatgacha), eritib yoki sovuq usul bilan o'zaro yopishtirish jarayonini tushunmoq kerak. Temirni eritib va bosim ostida payvandlash mumkin. O'zining qulayligi bilan eritib payvandlash usuli qurilishda keng tarqalgan. Temir konstruksiyalari elektr yoyi, elektr toshqol, gaz bilan payvandlanadi (2-rasm). Ulanadigan ikki bo'lak temir chokiga elektrodni tekkizganda elektr yoy issiqlik energiyasiga aylanadi va uni eritib mustahkam yopishadi. Po'latni elektr yoy bilan ulaganda chokni payvandlash o'zgartkich yordamida o'zgarmas tokka aylantiriladi yoki payvandlash transformatori orqali o'zgaruvchan tok ishlatiladi. Bosimda payvandlash usuli elektrli tutash, gaz bilan zichlash, ishqalab qizdirish va sovuq payvandlash turlariga bo'linadi. Elektrli tutash turi temirning payvandlanadigan joyini qizdirib bosishga asoslangan. Ikkita temirning payvandlanadigan nuqtasi qizib eriydi va o'zaro bosimda birikadi. Tutash yo'li bilan payvandlash chokli, nuqtali va tirqishli bo'lishi mumkin. Chokli payvandlashda temir qismlar butun yuzasi bo'ylab joylanadi va tutash choklar ulanadi. Masalan, armaturani uzunasi bo'ylab, shveller, qo'shtavr, rels hamda quvurlar chokli usul bilan payvandlanadi. Po'lat qismlarning bir nuqtasini payvandlash kerak bo'lsa tutash nuqtalarga elektr toki berilib bosiladi. Payvandlashning bu xili armatura to'rlari yoki po'lat panjaralarni yasashda ishlatiladi. Tirqishlarni payvandlashda temir qismlarni o'zaro qirra tutash joylari aylanib turuvchi rolik singari elektrodlar orasidan o'tkaziladi. Payvandlash jarayoni uzluksiz boradi. Shu yo'l bilan po'lat taxtalarni zich qilib payvandlash mumkin. Ultratovush bilan payvandlash. Lampali generatordan oziqlanadigan magniy striksiya tebratmadan ultratovush energiyasi payvandlanadigan temirga yuboriladi va buyumning o'zaro tutash qilib siqilgan qirralari sovuq holatda ulanadi. Natijada, temirning payvandlanadigan joyidagi oksid pardalari buziladi va o'zaro qattiq siqilgan buyum qirralari mustahkam birikadi. Vakuumda diffuziya bilan payvandlashda temir buyum vakuum xonada qizdiriladi va ikkovi siqib qo'yiladi. Temirlarda diffuziya jarayoni faol bo'lishi sababli ularning o'zaro qizdirib tutashtirilgan joyida birikish ro'y beradi. Bunday usul bilan har xil jinsli temirlar payvandlanadi. Chunki, oddiy sharoitda tarkibida har xil rangli temirlar bo'lgan buyumlarni payvandlash mushkul (po'latni cho'yan, misni alyumin bilan va h.k.). Bulardan tashqari zamonaviy usullardan biri payvandlash o'rniga temirni o'zaro yopishtirishdir. Ayniqsa, yupqa temir taxtalarni nuqtali payvandlab keyin yopishtirilsa o'zaro ulashning samaradorligi ortadi. Rangli temirlarni (mis, jez, bronza) kislorod bilan kesishda qiyin eruvchan oksidlar hosil bo'ladi. Buning uchun rangli temirlar oldindan 200-400°S gacha qizdiriladi, keyin kesish uchun maxsus flyuslar ishlatiladi. Kislorod bilan kesganda yonuvchi gaz sifatida atsetilen, tabiiy gaz, benzin-benzol aralashmasi va kerosin ishlatiladi. Temirlarning zanglashga chidamliligini oshirish Tashqi muhitdagi zararli moddalar ta'sirida yuzasida kimyoviy yoki elektr kimyoviy reaksiya bo'lganda temirda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.06 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.06 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga