Metamorf tog' jinslari Reja: Rangli pardozbop minerallar va tog' jinslarining xossalari Pardozbop tabiiy toshlarni olish va ishlov berish usullari Shahar xiyobonlari uchun qoplama pardozbop toshlar Trepel va diatomit jinslarida gidravlik aktiv moddalardan 75-96% kremniy (SiO2) bor. Ularning fizik va mexanik xossalari bir-biriga yaqin. Zichligi 350-950 kgm3, issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,15-0,20 VtmºS. Diatomit va trepel issiqlik o'tkazmaydigan ashyolar va bog'lovchi moddalar uchun gidravlik faol qo'shilma sifatida ishlatiladi. Tabiatda turli kattalikda, kristall va qatlamli slanets shakllarda uchraydi. Ko'pgina metamorf jinslar tuzilishi bo'yicha otilib chiqqan jinslarga o'xshaydi. Rangli metamorf tog' jinslariga quyidagilar kiradi: gneyslar, marmar, kvartsitlar, slanets, asbest. Qurilishda keng tarqalgan asosiy rangli metamorf jinslarning ayrimlari bilan tanishamiz. Gneyslar - granit, kvarts porfirlari va ayrim konglomeratlarning atmosfera ta'sirida ko'rinishi va xssalari o'zgargan, yaxlit yoki yupqa jozibali, chiroyli slanetslar qatlamidan tashkil topgan jins. Gneyslar tarkibi bo'yicha granitga o'xshash. Ularning zichligi 2400-2800 kgm3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 120-200 MPa. Gneyslar harsang tosh, beton uchun yirik to'ldirg'ich, yo'lkalar uchun plita sifatida ishlatiladi. Marmar - kristalli kaltsit donalaridan tashkil topgan zich jins. Marmarda slyuda, dala shpati, kvarts, temir oksidi va ko'mir birikmalari ham bo'ladi. Toza marmar oq rangda, agar unda marganets va temir birikmalarining aralashmalari bo'lsa, qizil, binafsha, qora va kulrangda bo'ladi. Marmarning qattiqligi 3-4, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 80-300 MPa, zichligi 2600-2800 kgm3. Marmarni arralash, silliqlash va pardozlash qiyin emas. Ammo u kislotalar, atmosferadagi gazlar va karbonat suvlari ta'sirida buziladi. Shu sababli marmar binoning ichki qismini qoplashda, shuningdek, haykaltaroshlikda, zinapoya va pol plitalarini tayyorlashda mozaik betonlar uchun to'ldirg'ich sifatida ko'p ishlatiladi. Kvartsit - yer qatlamining yuqori bosimi ostida mayda kvarts donalarining kremniy tsementlari vositasida zichlanishidan hosil bo'lgan zich, kristall jins. Kvartsit o'zining zichligi, yuqori mustahkamligi, mo'rtligi va qattiqligi bilan boshqa jinslardan farqqiladi. U tabiatda oq, qizil, ko'kimtir, to'qqizil ranglarda uchraydi. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 400 MPa dan kam emas. Zichligi 25002700 kgm3, qattiqligi 7 ga teng. Kvartsit o'tga chidamli buyumlar tayyorlashda, shuningdek, dekorativ beton uchun chaqiq tosh sifatida ishlatiladi. Asbest - serpantin guruhiga kiruvchi mineral bo'lib, uni maydalasa yupqa, ingichka elastik tolalarga bo'linadi. Asbest alangalanmaydi. U ishqor ta'siriga chidamli, tolasi yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan ko'kimtir va kul rangli ashyo. Tsement, suv va asbestni qorishtirganda turli qurilish qismlari va buyumlarini qoliplashga yaroqli bo'ladigan plastik qorishma hosil bo'ladi va undan asbesttsement buyumlari ishlanadi. Rangli pardozbop minerallar va tog' jinslarining xossalari Mineral deb kimyoviy tarkibiga va fizik xossasiga ko'ra bir jinsli, fizik va kimyoviy jarayonlarda hosil bo'lgan birikmaga aytiladi. Tabiatda 2500 ga yaqin minerallar aniqlangan. Tog' jinslarining hosil bo'lishida, jins hosil qiluvchi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.71 MB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.71 MB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc