Mineral bog'lovchi moddalar

Mineral bog'lovchi moddalar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Mineral bog'lovchi moddalar - rasmi

Material tavsifi

Mineral boglovchi moddalar Reja: 1. Mineral bog'lovchi moddalar haqida umumiy mahlumotlar. 2. Mineral bog'lovchi moddalarning turlari. 3. Tsementlar. Mineral bog'lovchi moddalar haqida umumiy mahlumotlar Mineral bog'lovchi moddalar deb kukun holidagi shunday materiallarga aytiladiki, bunday materiallar suv bilan qorishtirilganda qorishma asta-sekin qota boshlaydi va qattiq holatga o'tadi. Bog'lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil avval su]niy yo'l bilan hosil qilingan ma]lum. Misr, Gretsiya, Rim va Vavilonda ohak qorishmasi va gidravlik ko'shimchalardan tayyorlangan beton inshootlar qadimgi vaqtlardan hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Eramizdan oldingi to'rtinchi asrda kurilgan qadmgi Xorazm chor atrofi halik devorlar bilan urab chiqilgan to'rtta silindrsimon minoradan iborat. Minoralarning usti tekis qilib ishlangan. Bunday inshootlarni qurishda qo'shilmalar bilan ganch qorishmasi va gil tuproqdan pishirilgan yapaloq g'ishtlar hamda tabiiy toshlar ishlatilgan. Qorishma tayyorlashda o'zbek quruvchilari xilma-xil qo'shilmalardan keng foydalanganlar. Jumladan, vulkan shishasi, oq gil (kaolin); hayvon koni, tuxum sarig'i, suyak aklmi, shirali moddalar qorishmaning mustahkamligi va chidamliligini oshiruvchi modda vazifasini o'tadi. Samarqanddagi Ulug'bek madrasasi, Qo'qondagi Xudoyorxon saroyini qurishda bunday qorishmalar bilan birga chang-g'isht qorishmasidan va ohak-g'isht qorishmasidan iborat betonlar ko'p ishlatilgan. X1X asrning oxiri va XX asrning boshlaridan esa tsement sanoati tez taraqqiy eta boshladi. Tsementning ixtiro qilinishi beton xossalarining yaxshilanishiga, qurilish texnikasida yangi davr ochilishiga olib keldi. Gidrotexnik inshootlar qurish zarurati suvga chidamli bog'lovchi moddalar izlanishni talab etsa, temir-beton konstruksiyalarning qurilishda keng ishlatilishi portlandtsementning yangi, tez qotuvchi, mustahkam turlarini yaratish ehtiyojini tug'dirdi. Tsementning dengiz suvi tahsirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida yangi tsement turi-sulfatga chidamli portlandtsement ixtiro qilindi. Hozirgi vaqtda gidrotexnik va transport inshootlarida, temir-beton buyumlar sanoatida, dengiz va okeanda olib boriladigan qurilishlarda, avtomobil yo'llari va aerodrom qurilishlarida, neft va gaz quduqlarini burg'ulashda, asbesttsement mahsulotlari, o'tga chidamli beton va boshqalar ishlab chiqarishda maxsus tsementlar ishlatilmoqda. Bulardan tashqari, ular har qanday ob-havo sharoitida, yilning turli faslida ishlatilishi mumkin. O'zbekistonda, tsement sanoatining birinchi tungich Bekobod tsement zavodi qurilgan 1926 yildan hozirgacha o'tgan vaqt ichida bir qancha zamonaviy va to'la avtomatlashtirilgan tsement zavodlari va qurilish materiallari kombinatlari qo'rildi. Respublikamizda qurilish materiallari, ayniqsa tsement ishlab chiqaruvchi zavodlar yuqori unumli mashina va agregatlar bilan jihozlangan. Qurilish materiallarining noni bo'lgan portlandtsementning salmog'i kun sayin ortib bormokda. Mineral bog'lovchi moddalarning turlari Kotish sharoitiga ko'ra mineral bog'lovchi moddalar quyidagi 2 turga bo'linadilar: 1. Havoda qotadigan bog'lovchi moddalar. 2. Havoda va suvda qotadigan bog'lovchi moddalar. 1-guruhga suv bilan qorishtirilgandan keyin faqatgina havoda qotadigan bog'lovchi moddalar kiradi. Bunday bog'lovchi moddalarga havoda qotadigan ohaq va gips bog'lovchilar misol bo'ladi. 2-guruhga mansub bog'lovchi moddalar esa suv bilan qorishtirilgandan so'ng faqatgina havoda emas, balki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 642.96 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 642.96 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga