Mualliflik nazorati - rasmi

Material tavsifi

Mualliflik nazorati Reja: Umumiy qoidalar Mualliflik nazoratini tashkil etish. Mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi loyihalash tashkilotlarining huquqlari va mas'uliyati. Texnika nazorati. Umumiy qoidalar Mazkur nizom loyihalash tashkilotlari hamda quruvchi- buyurtmachining korxonalar, binolar va inshootlar (yangi qurilish, ishlab kelayotgan korxonalarni, binolar va inshootlarni kengaytirish, rekonstruksiya-qayta ta'mirlash va texnik qayta jihozlash) qurilishida mualliflik nazorati borasida vazifalari, majburiyatlari, huquqlari va mas'uliyatlarini belgilab beradi. Quruvchi-buyurtmachi (tashkilotning xususiylikning qanday shaklida bo'lishligidan qatiy nazar) bosh loyihalash tashkiloti bilan (loyiha muallifi) obyektlar qurilishida belgilab berilgan vazifasiga ko'ra oldindan arxitektura-qurilish nazorati idoralarida qayd etilgan ushbu nizomning punktiga muvofiq mualliflik nazoratini amalga oshirish haqida shartnoma tuzishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida loyihalari tasdiqlangan obyektlar qurilishida loyihani tasdiqlashga taqdim qiluvchi idoralarni tayinlash bo'yicha; Turar joylarni, kommunal - xo'jalik, madaniy-maishiy va boshqa fuqarolar binolari qurilishida; eksperemental obyektlar qurilishida; Toshkentda barcha binolar va inshootlar qurilishida; barcha korxonalar, bino va inshootlar qurilishida, shaharlarda, aholi yashash joylarida va qishloqning aholi yashash joylaririda qiyin tabiiy sharoitda, jumladan, noqulay fizik-geologik jarayonlar va hodisalar bo'lib turadigan joylarda (ko'chish, karst-o'pqonlar, sellar, seysmiklik va boshqa hollarda) hamda murakkab gruntli sharoitlarda (o'ta cho'kuvchan, nam tortuvchan gruntli va sun'iy paydo bo'ladigan tumanlar) olib boriladigan qurilishlarda. Loyihalash tashkilotlarining mualliflik nazoratini qurilishning butun davri mobaynida va qurilish tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish paytida texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarning obyektlar ekspluatatsiyasiga kiritilgan, tasdiqdan o'tgan loyihalarda (ish loyihalarida) nazarda tutilgan qarorlar va ko'rsatkichlarda texnologik, arxitektura-qurilish va boshqa texnik qarorlarni ta'minlash maqsadida, shuningdek, loyihalash, qurilish-sozlash tashkilotlarining mas'uliyatini oshirish maqsadida va buyurtmachilarning ko'tarilayotgan binolarning yuqori sifatln bo'lishini ta'minlash hamda inshootlarning smeta qiymatiga rioya qilish uchun olib boriladi, Qurilishda loyihalash tashkilotlarining mualliflik nazoratini amalga oshirish mas'uliyati sig'ma smeta hisobotlarida bu maqsadlarga ajratilgan mablag'lar zimmasiga yuklangan loyihalash tashkiloti bilan shartnoma tuzgan quruvchi-buyurtmachiga qoladi. obyektning kalit ostida; - qurilishning boshidan to oxirigacha mualliflik nazoratini tashkil etish va mualliflik nazoratini amalga oshirish haqida shartnoma tuzish buyurtmachining funksiyasini (xizmatini) bajaruvchi tashkilotlar majburiyatiga kiradi. Mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi loyihalash tashkilotlari: korxonalar, bino va inshootlarni tiklash paytida bajarilgan ishlarni loyiha qarorlarida, ish chizmalarida nazarda tutilganiga muvofiq kelishini hamda tasdiqlangan ishning smetadagi qiymatiga, texnologiyaga (jumladan, qurilishda loyihalarni tuzish), qurilish- sozlash ishlari va texnologik va asbob-uskunalarning boshqa turlarini tiklash ishlarining sifatiga rioya qilishlarini tekshirishlari; loyihada nazarda tutilgan yong'inga qarshi va portlashga qarshi tadbirlarga rioya qilishlari; qurilish jarayoni borayotganda nazarda tutilgan masalalarni o'z vaqtida loyiha-smeta hujjatlari bo'yicha hal qilishlari; qurilish ketayotganda loyiha-smeta hujjatlaridan chetlanish hamda qurilish me'yorlari talablari, qoidalari va qurilish-sozlash ishlarini bajarishdagi texnik sharoitlarning buzilish hollarini, shuningdek, ularning chetlanishlari muddatlari belgilab yozib qo'yiladigan mualliflik nazorati daftarini tutishlari; mualliflik nazorati daftariga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.66 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.66 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga