Muzey va ko'rgazma binolari Reja: Umumiy holatlar Shaharsozlik yechimi Muzeylar faoliyatining asosiy turlari Hajmiy-rejali yechim Binoning funksional bloklari va ularni loyihalashga qo'yilgan talablar Konstruktiv yechim Ko'rgazmalar Umumiy holatlar Eksponatlarni saqlash va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko'rsatish muzeylar faoliyatining asosini tashkil qilib, xonalar tuzilmasi, tarkibi va maydonini belgilab beradi. Muzeylarni loyihalashda ikkita asosiy texnologik oqim - tashrif buyuruvchilar marshruti va eksponatlar hamda xodimlar harakatlanishi yo'llarini - masimal ajratish prinsipi amalga oshirilishi lozim. Muzey faoliyati yo'nalishini binoning murakkab hajmiy-rejali tuzilmasi belgilab berdi. Xonalarning o'zaro bog'liqligi tashrif buyuruvchilar va muzey xodimlari oqimlarining intensivligi va muntazamligi bilan tavsiflanadi va quyidagi asosiy variantlarda berilishi mumkin: xonalar va intensiv oqimlar o'rtasidagi doimiy bog'liqlik ular o'zaro yaqin va qulay, yo'llarning boshqa oqimlar bilan kesishishini istisno qilgan holda joylashishini talab qiladi: bu, birinchi navbatda, vestibyulekspozitsiya zallari guruhi va ekspozitsiya zallari guruhi ichidagi bog'lanishlarga taalluqlidir; xonalarning intensiv oqimlar bilan kam sonli bog'liklar, bunda asosiy maqsad boshqa intensiv oqimlar bilan kesishishga yo'l qo'ymaslikdan iborat bo'lib, xonalarga qulay tarzda kirish-chiqish imkonyatlari ham ko'zda tutiladi; xonalar va kam sonli harakatlanishlar o'rtasidagi doimiy bog'liqlik, bunda ular qulay va yaqin joylashishini talab qilinadi; oqimlarning kesishishi muhim ahamiyatga emas; bu kabi bog'lanish fondlar saqlanadigan xona, fotolaboratoriya va ustaxonalar, ekspozitsiya zallari, dam olish joylari, ma'muriyat xonalari o'rtasida bo'lishi kerak; kam sonli va epizodik harakatlanishlar istalgan xonalar guruhlari o'rtasida yuzaga kelishi mumkin, lekin ular asosiy xonalarning o'zaro joylashuviga ta'sir o'tkazmaydi. Frankfurt shahridagi Badiiy hunarmandchilik muzeyi, Germaniya, arxitektor R. Meyer, 1979-1984 Shaharsozlik yechimi Muzey binolari uchun joylashuvning shaharsozlik vaziyatiga bog'liq ravishda uchta asosiy turini ajratish mumkin: park zonasida - orol ko'rinishidagi erkin joylashuv; qurilgan binolar rekonstruksiya qilinayotgan zonadagi joylashuv; - shaharning madaniy markazi tarkibidagi joylashuv. Muzey shahar tashqi muhitidan maksimal tarzda ajratilgan bo'lib, yashil o'simliklar bilan himoyalangan, havoni filtrlash va tozalash tizimi bilan jihozlangan bo'lishi lozim. Muzey shahardagi imoratlar o'rtasida joylashtirilsa, u holda uning uchastkasi aniq ajratilishi zarur. Muzey binosi orol ko'rinishida joylashtirilganida, uning chegaralarini shartli ravishda ko'rsatishga yo'l qo'yiladi. Muzey uchastkasiga yondosh shahar yoki park hududi ham, garchi, rasman muzeyga tegishli bo'lmasada, agar muzeyning tashqi qiyofasiga mos tushsa va uzviyyaxlitlikni tashkil etadigan bo'lsa, muzeyga taalluqli bo'lishi mumkin. Muzey uchastkasi kelgusida muzey kengaytirilishi uchun imkoniyat berishi lozim. Muzey uchastkasining maydoni kolleksiyalar o'lchami va turiga bog'liq tarzda belgilanadi. Muzey uchastkasi quyidagi funksional zonalarga bo'linadi: kirish, ekspozitsiya, rekreatsiya, xo'jalik. Barcha zonalar, ayniqsa, birinchi uchta zona aniq bo'linishga ega bo'lmasliklari mumkin. Kirish zonasi. Muzeyga kirish zonasi qizil liniya dan kamida 15 metr masofada joylashib, ba'zida ochiq joydagi eksponatlar o'rnatilgan holda, psixologik tayyorgarlik ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
569.78 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
569.78 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc