Nanotexnologiya arxitektura ashyoshunosligi

Nanotexnologiya arxitektura ashyoshunosligi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Nanotexnologiya arxitektura ashyoshunosligi - rasmi

Material tavsifi

Nanotexnologiya arxitektura ashyoshunosligida Reja: Lok-bo'yoq ishlab chiqarishda innovatsion nanotexnologiyalarni qo'llash Nanonaychalarni mikroskopik tayoqchava tola sifatida qo'llanishi Beton xossalarini nanotexnologiya asosida yaxshilash Agar dastlabki asrlardagi fan va texnika taraqqiyotiga nazar tashlasak, unda yangiliklarni ixtiro etish va ularni hayotga tatbiq etish jarayoni bir maromda kechmasligiga amin bo'lamiz. Insonniharakatlanish tezligi oldingi davrlarga karaganda bir necha marta ortdi. Yer transportlari takomillashishi evaziga ularning tezligi bilan birga yuk tashish kabi ko'rsatkichlari oshdi. Zamonaviy aloqa vositalaridan hisoblangan - elektron manzil va uyali telefonlar bir necha yillar oldin ilmiy-fantastika adabiyotlarining mavzusi bo'lib qolgan edi. Taraqqiyot asosida birinchi o'rinda sifatli o'zgarishlar yotadi. Rivojlanish davrida yangi qurilish texnologiya va hom ashyolarini amaliyotga kiritish yo'nalishlarini o'rganish asnosida aytish mumkin, yaqin 10-20 yil ichida amaliyotga yangiliklar kiritishdagi asosiy hom ashyo va texnologiyalar nanotexnologiyalari asosida olinadi. Iqtisodchi olimlarning takidlashicha, 2015 yilga kelib, nanotexnologiya mahsulotlarining umumjahon sanoat ishlab chiqarishidagi umumiy ulushi 1 trln. AQSH $ ni tashkil qiladi. Nanotexnologiyadagi jo'shqin rivojlanish, bir tomondan qurilish fanida fundamental izlanishlar natijasida erishilgan yutuqlarni qo'llashni belgilab bersa, ikkinchidan loyihalar tuzishdagi va obyektlar qurilishidagi yangicha yondoshishsiz rivojlana olmaydi. Buni to'liq anglash uchun tushunchalarni aniqlashtirib olish lozim. «Nano» (yunoncha «nanos», mitti so'zini bildiradi) - bu qo'shimcha bo'lib, dastlabki birlikni milliarddan bir ulushni anglatadi.xalqaro o'lcham birligi- «SI»da uzunlik birligi metr bo'lgani uchun, nanometr yani, metrning mlrd.dan bir qismiga yoki millimetrni milliondan bir qismiga teng. Bu juda kichkina o'lcham birligi bo'lishiga qaramay, uning atom yoki molekulalarga aslo aloqasi yo'q. Biror-bir modda kristall yoki amorf tuzilishga ega bo'lsa, u modda molekulalardan, molekulalar esa atomlardan tashkil topganligini bilamiz. XX-asrning ikkinchi yarmida, ayrim holatlarda molekulalar va moddalar orasida, murakkab tuzilishga ega bo'lgan jismlar bo'lishi mumkinligi va ular molekula va hatto modda sifatida ham ta'riflanmasligi malum bo'ldi. Bu jismlar nanometr diapazoni uzunliklariga ega bo'lib, ular «molekulyar klasterlar» deb nomlandi. Aynan molekulyar klasterlar uchun nano-o'lcham, nanodunyo, nanotexnologiya va nanomexanizm atamalari taklif qilingan. Molekulyar klaster o'zi nima? Molekulyar klasterlar tartibga solingan fazoviy tuzilish bo'lib, o'zaro molekulyar ta'siri kuchi bilan bog'langan va bir kimyoviy element atomidan tashkil topgan. O'lchamlari bir necha nanometrni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtga kelib bizga faqat uglerod klasterlari malum, lekin bu kabi tuzilishlarni kremniy asosida ham olish mumkinligini bilamiz. Uglerodli klasterlar oilasi keng bo'lib, ularning eng mashhur nomoyondalaridan biri bu - fullerenlardir. Ularni ochilishi munosabati bilan 1990 yilda kimyo sohasi bo'yicha Nobel mukofoti ham berilgan. Fullerenlar puch g'ovakli sferasimon tuzilishlar bo'lib, ko'rinishidan futbol koptokini eslatadi. Ularning yuzasi ketma-ketlikdagi oltiburchak va beshburchaklardan tashkil topgan. Tugunlarida ugrerod atomlari turadi. Fullerenlar hozirgi paytda ilm-fan va texnika sohalarida keng ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga