Orayopmalar ekspluatatsiyasi

Orayopmalar ekspluatatsiyasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Orayopmalar ekspluatatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Orayopmalar ekspluatatsiyasi Reja: Orayopmalar va orayopma elementlarining ekspluatatsiyasi. Orayopmalar konstruksiyasi. Ayrim orayopmalarning tuzilish xususiyatlari hamda ularning defektlarining kelib chiqish sabablari va bartaraf etish usullari. Orayopmalar binoni balandligi bo'yicha ajratib turadi va binoda joylashgan odamlar va jihozlardan tushuvchi yuklarni qabul qiladi hamda binoning umumiy barqarorligini ta'minlab beruvchi gorizontal bikrlik pardasi rolini o'ynaydi. Orayopmalar konstruksiyasi bo'yicha balkali (1-rasm) mayda unsurlardan yig'ilgan va yirik o'lchamli (2-rasm) bo'lishi mumkin. Kessonli orayopmalar tomonlar nisbati 2 dan kamroq bo'lgan to'r hosil qiluvchi ikki yo'nalish bo'ylab joylashgan plita va balkalardan iborat orayopmalarga aytiladi (3-rasm). 3-rasm. Kesson orayopmalar sxemasi. A- faqat kolonnalarda joylashgan balkalardan iborat sxema; B- bosh va ikkinchi darajali balkali sxema; V- kesishuvchi ortogonal joylashgan balkali sxema; G- kesishuvchi diagonal joylashgan balkali sxema. Noyob binolar qurilishida hamda eski binolarni rekonstruksiyalashda yaxlitquyma temirbeton orayopmalar ishlatiladi. Yog'och hamda metall balkalarga yog'och to'shamali orayopmalar me'yoriy ekspluatatsiya sharoitiga ko'proq moyil bo'lib, umrboqiyligi esa kamroq hisoblanadi. Orayopma ichiga namlikni kirishi, toshdevorga mahkamlangan yog'och va metall balkalarining uchlaridagi gidroizolyatsiyaning buzulishi unsurlarning tez chirishga va metall balkalarning zanglashiga olib keladi. Gidroizolyatsiya ashyolari malum bir xizmat muddatini o'tab bo'lganidan so'ng o'zining muhofaza xossalarini yo'qotishlari munosabati bilan, galdagi rejaviy-ogohlantiruv remontlarining vazifasi barcha orayopma unsurlarining ekspluatatsiyaviy xossalarini tiklash hisoblanadi. Yirik o'lchamli unsurlardan iborat yig'ma orayopmalar, hamda temirbeton yaxlitquyma orayopmalar binoning asosiy yuk ko'taruvchi unsurlarning umrboqiyligiga mos xizmat muddatiga ega. Bu orayopmalar namlik va boshqa omillar ta'siriga chidamliroq hisoblanadi, ammo tajavvuzkor muhitning, namlik rejimining tez-tez damodam o'zgarib turishi betonni tez buzulishga, uning ichida darzlar hosil bo'lishiga, himoya qatlami zichligining buzulishiga, armaturaning zanglashini tezlashuvchiga olib keladi. Betonda darz hosil bo'lishi himoya qatlamining qalinligi oz bo'lgan qovurg'ali prokat unsurlardan iborat yirik o'lchamli temirbeton orayopmalar uchun ayniqsa xavfli. Galdagi ko'riklarda orayopmalarini osilib qolganligiga va titrovchanligiga ahamiyat berish lozim va mavjud nuqsonlarning sababini aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish kerak. Odatda yuqorida ko'rsatib o'tilgan nuqsonlarga ega bo'lgan orayopmalarni tekshirish uchun ixtisoslashgan loyiha-tadqiqot tashkilotlarini jalb etish lozim. Olingan natijalar, laboratoriya tahlillari va tekshiruv hisoblari asosida ular orayopmaning ekspluatatsiyaviy xossalarini tiklash bo'yicha tavsiyalar berishi lozim. Orayopmalarni ekspluatatsiya qilishda xonalarning harorat-namlik rejimini ta'minlash, sanitar-gigiyenik tizimning, ayniqsa uning orayopmalar bilan tegib turadigan unsurlarini sozligi, barcha birikmalar. Pol va boshqa unsurlarning gidroizolyatsiyasini ta'minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Sanitar uzellar va chordoq xonalarning orayopmalari ko'proq buzulish hollariga duchor bo'ladi. Sanitar uzellarning orayopmalari issiq va sovuq suv ta'minoti tizimidan suv oqib ketishi, hamda bug'larning suvlanishidan suvga bo'qishi mumkin. Ko'p xollarda chordoq xonalarida isitish tizimining yuqori quyuv quvur o'tkazgichlari, havo yig'gichlar va boshqa muhandislik qurilmalari joylashadi, ularning nosozligi oqibatida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 171.66 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 171.66 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga