Organik bog'lovchi moddalar va ashyolar arxitekturada Reja: Bitum va bitum-mineral qorishmalarining eskirishi Asfalt-beton Avtomobil yo'llari yuzasining sifatli bo'lishini ta'minlash Rangli va oddiy avtomobil yo'llarining konstruktiv qatlamlarini qurishda nafaqat neftdan olinadigan bitumlar, balki uning o'rnini bosa oladigan quyidagi organik bog'lovchilarni ham ishlatsa bo'ladi: tabiiy va bitumli tog' jismlar - qattiq yonuvchan jinslar - ko'mir va slanetslar; sanoat ishlab chiqarishidan qoladigan ikkilamchi moddalar - koks kabi sanoat chiqindilari. Dunyoda qayta ishlanadigan neft mahsulotlarining 2-3% i bitumli bog'lovchilar ishlab chiqarishga sarflanadi. Respublikamiz neft sanoati bitumli bog'lovchilarga bo'lgan ehtiyojini to'la qondirmoqda. Ammo kelajakda yo'l qurilishida ishlatiladigan bitum o'rniga xossalari bo'yicha davlat standartlariga javob bera oladigan boshqa bog'lovchilarni izlash va ishlatish kerak bo'ladi. Organik bog'lovchi moddalar nafaqat yo'l qurilishida, balki sanoat korxona maydonlari, rangli yo'lkalar qurishda, rangli tombop va gidroizolyatsiya ashyolari ishlab chiqarishda hamda radioaktiv nurlardan saqlanishda keng ishlatiladi. Respublikamizda ishlatilayotgan bitumlarning 60-70% yo'l qurilishiga, 20-24% umumiy qurilishga, 5-7% tom yopish ishlariga, 1-2% maxsus ishlarga sarflanadi. Organik bog'lovchilarning afzalligi u tosh ashyolari bilan yaxshi yopishadi, ularning sirtida nam va zararli muhitlarga chidamli parda hosil qiladi, hohlagan quyuqlikda tayyorlab, ashyo yuzasiga surtish yoki shimdirish mumkin. Bog'lovchi sifatida mayda va yirik to'ldirgichlarni o'zaro yopishtiradi va yaxlit, zararli muhitga chidamli buyum hosil qiladi. Xossalari, kimyoviy tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasiga ko'ra organik bog'lovchilar moddalarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: -tabiiy, neftli va slanets bog'lovchilari; ular naften, aromatik va metan qatorli uglevodlardan tashkil topgan bo'lib, kislorod, oltingugurt va azotli moddalar birikishidan hosil bo'lgan; toshko'mir, torf, yog'och qatronli bog'lovchilar asosan aromatik uglevodlardan tashkil topgan. Hom ashyoning xiliga ko'ra bitum va qatronlar quyidagi guruhlarga bo'linadi: asfaltli tog' jinslari (asfaltli ohaktosh,qumtosh, qumlar va boshqalar) tarkibidagi tabiiy bitum, neft va ularning smola qismlarini qayta ishlab olinadigan neft bitumlari; yonuvchan bitumli slanetslarni qayta haydashdan (tarkibiy qismlarga ajratish) hosil bo'lgan moddalarni yana qayta ishlab olinadigan slanets bitumlari; tosh ko'mirni,yog'ochni quruq holda haydab olinadigan qatron, torf qatronlar. Organik bog'lovchilarni asosiy hossalari va tarkibiga ko'ra quyidagi sinflarga bo'lish mumkin: qattiq bitum va qatronlar 20-20oS haroratda quyuq, 180oS da esa suyuq holatga aylanadi; qayishqoq bitum va qatronlar yuqoridagi haroratlarda qayishqoq va oquvchan holatga aylanadi, suyuq bitum va qatronlar20-25oS haroratda to'kiluvchan bo'ladi. Ularni tarkibida esa uchuvchan siyrak molekulali uglevodorodlar mavjud; uni 15-120oS haroratda ishlatish mumkin. Uchuvchan uglevodorodning bug'lanib ketishi hisobiga vaqt o'tishi bilan quyuq bitum va qatron kabi xosslariga ega bo'ladi; bitumli suv-bitum yoki qatron zarrachalarini o'zaro yopishtirmagan holda suvda so'zib yurishini ta'minlash uchun emulgator qo'shilmasi bilan yuqori tezlikda qorishtirib olingan bog'lovchidir. Oddiy haroratda bitumli suv to'kiluvchan holatda bo'ladi. Uni ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
189.04 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
189.04 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc