Organik bog'lovchi moddalar va ular asosida tayyorlanadigan materiallar

Organik bog'lovchi moddalar va ular asosida tayyorlanadigan materiallar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Organik bog'lovchi moddalar va ular asosida tayyorlanadigan materiallar - rasmi

Material tavsifi

Organik bog'lovchi moddalar hamda ular asosida tayyorlanadigan materiallar Reja: 1. Bitumli bog'lovchilar. 2. Katronli bog'lovchilar. 3. Asfalg't va katron qorishmalari va betonlari. 4. Tombop o'ramli materiallar. 5. Gidroizolyatsiya materiallari. Organik bog'lovchi moddalar guruhi bitumli va katronli bog'lovchilardan iborat bo'lib, yuqori molekulali uglevodlardan va ularning nometall birikmalaridan tashkil topgan. Ushbu bog'lovchilar qizdirilganida yumshaydi (suyuqlanadi) va sovitilganda o'zining boshlang'ich qovushqoqligini tiklaydi. Bitumli bog'lovchilar Bitumli bog'lovchilar - uglevodorodlarning oltiggugurt, kislorod, azot bilan birikmalaridir. Dastlabki xom ashyoga qarab ular tabiiy va sun'iy neft bitumlariga bo'linadi. Tabiiy bitumlar - kora yoki tuq-jigar rangdagi tashlaq moddalar yoki qovushqoq suyuqlik bo'lib, tabiatda sof ko'rinishda yoki cho'kindi tog jinslarini (ohaktoshlar, qumtoshlar) shimdirgan holatda uchraydi. Bundan ko'p ming yillar muqaddam neftg' yer qobig'ining ustki qatlamlariga ko'tarilib, tog' jinslarini to'yintirgan, so'ngra esa bublanuvchi moddalar asta-sekin bug'lanib ketishi natijasida tabiiy bitumga aylangan. Tarkibida 5 dan 20% gacha tabiiy bitum bo'lgan tog jinslari asfalt bitumlari deb ataladi. Sof bitum olish uchun maydalangan asfalg't - tog' jinsi qaynoq suv yoki organik erituvchilar bilan ishlab olinadi. Qizdirilganda tabiiy bitum sekin-asta yumshaydi, sovitilganda esa qotadi. Suvda erimaydi, lekin uglerod sulfid, benzol,xloroform, skipidar va boshqa organik erituvchilarda oson eriydi. Qurilishda tabiiy bitum tanqis va narxi yuqori bo'lganligi tufayli asosan bitum laklarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Mayda kukun ko'rinishidagi asfalg't jinslaridan asfalt mastika va asfalt betonlarini olish uchun foydalaniladi. Neft bitumlari neft va uning smolali qoldiqlarini qayta ishlash mahsuloti hisoblanadi. Olish usuliga qarab bitumlar qodiq oksidlangan va kreking neft bitumlariga bo'linadi. Qoldiq bitumlari (gudron) neftdan haydash yo'li bilan benzin, kerosin va moylarning bir qismini ajratib olishdan keyin hosil bo'ladi. Normal temperaturada ular qattiq moddadan iborat. Oksidlangan bitumlar neft qoldiqlari orqali havo puflab o'tkazilib olinadi, bunda ular kislorod ta'siri ostida oksidlanadi va zichlanadi. Kreking bitumlari esa neft va neft maydalarining yuqori temperaturada (krekinglashda) parchalanish mahsulotidir. Neft bitumlarining rangi kora yoki tuq-qungir bo'ladi. Qovushqoqligiga qarab ular qattiq, yarim qattiq suyuq bitumlarga bo'linadi. Qattiq va yarim qattiq neft bitumlari qurilish, tombop yoki yo'l bitumlariga bo'linadi. Qattiq yoki yarim qattiq neft bitumlari yo'llarga qoplash, o'ramli gidroizolyatsion va tombop materiallarni, bitum mastikalari, laklari va boshqalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Qurilishda neft bitumlaridan foydalanilganda bitum markasi hamda ayni joyning iqlim sharoitlari va bitumning ishlatilish sohasiga qarab bitum aralashmasi tanlanadi. Bitumlarning xossalari. Neft bitumlarining sifatini va markalarini aniqlaydigan asosiy xossalari-qovushqoqligi, yumshash va o't olish temperaturasi, cho'ziluvchanligidir. Qovushqoqligi bitumga kuch ostida ignaning kirish chuqurligi bo'yicha penetrometrda o'lchanadi. Bitumga ignaning kirish chuqurligi qancha katta bo'lsa, uning qovushqoqligi shunchalik kichik bo'ladi. Bitumning yumshash temperaturasi Halqa va shar asbobida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.25 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.25 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga