Organik bog'lovchi moddalar Reja: Organik bog'lovchilarning tasnifi. Neft bitumlari. Suyuq bitum. Slanets bitumlari va qatron bog'lovchilarini olish hamda ularning ishlatilishi. Bitum xossalari Organik bog'lovchi moddalar nafaqat yo'l qurilishida, balki sanoat korxona maydonlari, yo'lka qurilishlarida, tombop va gidroizolyatsiya ashyolari ishlab chiqarishda hamda radioaktiv nurlardan saqlanishda keng ishlatiladi. Respublikamizda ishlatilayotgan bitumlarni 60-70 % yo'l qurilishiga, 20-24 % umumiy qurilishga, 5-7 % tom yopish ishlariga, 1-2 % maxsus ishlarga sarflanadi. Organik bog'lovchilarnint afzalligi ular tosh ashyolar bilan yaxshi yopishadi, ularning sirtida nam va zararli muhitlarga chidamli parda hosil qiladi, xohlagan quyukliqtsa tayyorlab ashyoning yuzasiga surtish yoki shimdirish mumkin, bog'lovchi sifatida mayda va yirik to'ldirgichlarni o'zarsg yopishtiradi, shu bilan birga yaxlit, zararli muhitga chidamli buyum hosil qiladi. Xossalari, kimyoviy tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasiga ko'ra organik bog'lovchi moddalarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: - tabiiy, neftli, slanets bitum bog'lovchilari; ular naften, aromatik va metan qatorli uglevodorodlardan tashkil topgan bo'lib, kislorod, oltingugurt va azotli moddalarning birikishidan hosil bo'lgan; - toshko'mir, torf, yog'och qatronli bog'lovchilar; asosan, aromatik uglevodorodlardan tashkil topgan; Xom ashyoning xiliga qo'ra bitum va qatronlar quyidagi guruhlarga bo'linadi: asfaltli tog' jinslari (asfaltli ohaktosh, qumtosh, qumlar va boshqalar) tarkibidagi tabiiy bitum, neft va ularning smola qismlarini qayta ishlab olinadigan neft bitumlari; yonuvchan bitumli slanetslarni haydashdan (tarkibiy qismlarga ajratish) hosil bo'lgan moddani qayta ishlab olinadigan slanets bitumlari; toshko'mirni quruq holda haydab olinadigan toshko'mir qatroni; torfni quruq holda haydab olinadigan torf qatroni va yog'ochni quruq holda haydab olinadigan yog'och qatroni. Organik bog'lovchilarni asosiy xossalariga va tarkibiga ko'ra quyidagi sinflarga bo'lish mumkin: - qattiq bitum va qatronlar 20-25°S haroratda quyuq, 120- 180°S da esa suyuq holatga aylanadi; - qayishqoq bitum va qatronlar yuqoridagi haroratlarda qayishqoq va oquvchan holatga aylanadi; - suyuq bitum va qatronlar 20-25°S haroratda to'kiluvchan, tarkibida esa uchuvchan siyrak molekulali uglevodorodlar mavjud bo'lib, uni 15-120°S haroratda ishlatish mumkin. Uchuvchan uglevodorodning bug'lanib ketishi hisobiga vaqt o'tishi bilan quyuq bitum va qatron xossalariga ega bo'ladi. - bitumli suv bitum yoki qatron zarrachalarini o'zaro yopishmagan holda suvda so'zib yurishini ta'minlash uchun emulgator qo'shilmasi bilan jadal qorishtirib olingan bog'lovchidir. Oddiy haroratda bitumli suv to'kiluvchan holatda bo'ladi. Uni qum va yirik to'ldirgichlar bilan qorishtirib saqlaganda undagi suv bug'lanib bitum zarrachalari o'zaro yaqinlashadi va qorishma yoki asfalt-beton holatiga aylanadi. Io'lbop neft bitumlarini olishning asosan ikki usuli mavjud: - tiniq neft mahsulotlari olingandan keyin qolgan ikkilamchi mahsulotni qayta ishlab, yani oksidlab olish; - neftni qayta ishlaganda qolgan ikkilamchi mahsulot (qoldiqbitum). Shu bilan birga, yo'l qurilishbop bitumni xohlagan xossada ishlab chiqarish uchun har xil quyuqlikdagi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.48 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.48 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc