O'rta Osiyoning tabiiy iqlim sharoitlarida, mahalliy qurilish materiallarining ko'pga chidamliligi

O'rta Osiyoning tabiiy iqlim sharoitlarida, mahalliy qurilish materiallarining ko'pga chidamliligi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
O'rta Osiyoning tabiiy iqlim sharoitlarida, mahalliy qurilish materiallarining ko'pga chidamliligi - rasmi

Material tavsifi

O'rta osiyoning tabiiy iqlim sharoitlarida mahalliy qurilish materiallarining ko'pga chidamliligi Reja: Qurilish materiallariga butun majmuadagi omillarning ta'siri. Qurilish materiallarining uzoqqa chidamliligini o'rganish. O'rta osiyo shaharlari dala ekspeditsiya materiallari. Muayyan tabiiy-iqlim sharoitlarida qurilish materiallarining ko'pga chidashi hali-hanuz kam echilgan masalalar sirasiga kiradi. Har bir joy o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ular qurshovida turgan materiallar bir vaqtning o'zida hamda muntazam ravishda bir qator omillar ta'sirida sinovdan o'tadi. Materiallarning paydo bo'lishi, me'yordagidek amaliy ish ko'rsatishi va eskirishi davrida ularga o'tkaziladigan barcha ta'sirlar ikkita yo'l bilan hisobga olinadi: laboratoriya sharoitlarida yoki uzoq yashab turgan inshootlar, yani memoriy yodgorliklardagi materiallarni natura holida kuzatib borish orqali. Materiallarning tarkibi va ko'rsatkichlarini, shuningdek, uzoq muddat moboynida ular duchor bo'ladigan ta'sirlarning butun majmuasini bilgan holda har bir materialning qanchalik ko'pga chidashi haqida fikr-mulohaza yuritish mumkin bo'ladiki, bu narsa o'z navbatida shunga o'xshash zamonaviy materiallarning ko'pga chidashi xususida karomat qilishga imkon tug'diradi. O'rta Osiyoning murakkab va rang-barang tabiiy-iqlim sharoitlarida qurilish materiallari u yoki bu tarzda ularning ko'pga chidashiga ta'sir etuvchi ko'pdan-ko'p omillar sinovidan o'tadi. Yil mobaynida (60-700S ga qadar) va sutka mobaynida (250S gacha) havo haroratining keskin darajada ko'tarilibtushib turishi, haroratning tez-tez noldan o'tishi, inshootlarning sirtini kuchli ravishda (Q700S ga qadar) qizdiradigan yozgi harorat, havoning quruqligi, qum va namgarchilik olib keladigan katta tezlikdagi kuchli shamollar, erlarning yuqori darajada va deyarli yoppasiga sho'rlanishi hamda aksariyat hududlarning seysmik zonada bo'lganligi shular qatoriga kiradi. Mamlakat yodgorliklarida saqlanib qolgan qurilish materiallarining ko'pga chidashini amalga oshirilayotgan ishlarning obyekti hisoblanadi. Matriallarga tashqi ta'sirlar majmuasi aniqlanadi, ularning mana shunday ta'sirlarga qarshi turish qobiliyatlari belgilab olinadi, hamda materiallarning ko'p yoki kam darajada chidamliligi sabablari izohlanadi. Tadqiqotlarda asosiy o'rinni memoriy yodgorliklardagi materiallarni natura holida kuzatish, keyin esa tanlab olingan namunalarni laboratoriyada o'rganish egallaydi. Avvalo, material qanday komponentlardan, qanday mutanosiblikda va qaysi usulda tayyorlangannini aniqlash kerak bo'ladi, Yozma manbalar umuman bo'lmaganligi boisidan qurilish materiallarining keng assortimentini boshlang'ich tarkibini tiklash nihoyatda mushkul. Materiallar assortimenti, inshootning turli qismi, ularning alohida turlari holati tiklanadi, laboratoriya sharoitida tadqiq etish uchun namunalar tanlab olinadi. Bir vaqtning o'zida konlar, qo'llanishi mumkin bo'lgan xom-ashyo haqida ma'lumotlar to'planadi. Laboratoriyada materiallarning namunalari har tomonlama o'rganib chiqiladi: ularning mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi, suv shimuvchanligi va boshqa xususiyatlari, yani fizik-texnik ko'rsatkichlari aniqlanadi. Kimyoviy, spektografik tahlillar o'tkaziladi, tuzilishi va madanli tarkibi o'rganiladi. Tahlillarning natijalariga ko'ra tarkib hisob-kitob qilinadi. Tarkiblarning ega bo'lingan hisob-kitoblariga asosan namunalarning o'xshashlari vujudga keltiriladi, hamda tekshiriladi. Qadimiy va yangi materiallarni qiyosiy tadqiq qilish ular ishlatilgan uzoq vaqt mobaynida qanday o'zgarishlar ro'y berganligini aniqlab olishga imkon tug'diradi. Qadimiy materiallarning tarkibi va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.51 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.51 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga