O'ta baland binolarni barpo etish Reja: Umumiy qoidalar Qo'llaniladigan montaj mexanizmlari Binolarni montaj qilish usullari Po'lat va aralash karkasli binolarni montaj qilish Montaj davrida karkasning turg'unligini ta'minlash Pardozlash ishlari UMUMIY QOIDALAR O'ta baland binolar (17 qavatdan baland) ko'p holatlarda ixcham, rejada o'lchamlari katta bo'lmagan, ko'p seksiyali bo'ladi. Bu turdagi binolarni, bino yoniga o'rnatiladigan, yuradigan va o'zini-o'zi ko'taradigan minorali kranlardan foydalanib o'stirish usuli bilan barpo etiladi. O'ta baland binolarning konstruktiv asosi po'latli, temir betonli yoki bikirlik yadrosi yoki tekis diafragmali bog'lamalarga ega aralash karkas bo'ladi. Bino karkasi temirbetonli yoki metalli bo'lib, ammo betonlangan bo'lsa, keyingi yarusni montaji pastki yarusdagi ustunlar tutashuv joylari berkitilgandan va tutashuv joyidagi beton markadagi 70% mustahkamlikka erishgandan keyingina mumkin. Ko'pchilik o'ta baland binolarda binoning tutashib turadigan qismlaridan gorizontal yuklarni qabul qiluvchi va butun binoni montaj va foydalanish jarayonida turg'unligini va fazoviy bikirligini ta'minlovchi bikirlik yadrosi bo'ladi. Ba'zi binolarda avval bikirlik yadrosi montaj qilinadi, misol uchun loyiha belgisigacha lift shaxtasi montaj qilinadi, so'ng binoning qolgan konstruktiv elementlari barpo etiladi (1-rasm). 1 -rasm. O'ta baland binolarning sxemalari: a - po'latli bikirlik yadrosi bilan; b - temir betonli karkas bilan; 1 - bikirlik yadrosi; 2 - karkasni montaj qilingan qismi; 3 - karkasni montaj qilinadigan qismi. Ko'p holatda bikirlik yadrosi monolit konstruksiyada bajariladi, odatda bikirlik yadrosini betonlash karkas montajidan 12 yarus ilgarilab bajariladi. Karkasni, bino yadrosi bilan ishonchli birlashishi uchun, bikirlik yadrosida shtrablar, bo'shliqlar armatura sterjenlari bilan va karkas to'sinlarini payvand yoki boltli birikmalar yordamida mahkamlash uchun qoldirib ketilishi kerak. Bu sermehnatli, ammo monolit yadro karkasni o'rnatilgan qismidan birdaniga gorizontal yuklarni qabul qila olish kafolatini beradi. Konstruktiv o'ziga xosligi va texnologik shartlari bo'yicha bikirlik yadrosini betonlash karkas montajidan orqada qolishi mumkin. Bu orqada qolish ruxsat etiladi, qachonki montaj qilingan konstruksiyalar shu zaxoti payvandlansa va betonlansa, va shu bilan tutashgan joylardagi beton qorishmasini mustahkamligini 70% erishishi ta'minlanadi. Montajni bikirlik yadrosini betonlashdan ilgarilab ketishi 8 qavatdan oshmasligi kerak, bunda asosiy shart karkas vaqtincha vertikal va qiya bog'lagichlar bilan maxkamlangan bo'lishi kerak. Odatda qavatlararo yopmalar yirik panelli elementlardan, ayrim hollarda yig'ma-monolit variantlarda bajarilishi mumkin. Qo'llaniladigan montaj mexanizmlari Tirkama kranlar ilgakini ko'tarish balandligi 100150 m gacha bo'ladi. Kran minorasini bino karkasiga maxkamlovchi, uchburchak va kvadrat qattiq disklar har 1525 m da o'rnatiladi. 150 m dan baland binolarda o'zini-o'zi ko'taradigan, barpo etilayotgan bino gabaritining tashqarisiga o'rnatiladigan kranlar qo'llaniladi. Bunday kranlar faqat vertikal bo'yicha joyinii o'zgartiradi, shuning uchun uning plandagi holati ularni harakat radiusi va binoni konfiguratsiyasi bilan aniqlanadi. Odatda o'zinio'zi ko'taradigan kranlarni soni, qurilayotgan butun ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.38 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.38 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc