Oyna solish ishlari vazifalari Reja: Oynak solish ishlari uchun ishlatiladigan ashyolar Germetiklar Oynaklarni qirqish Oynak va oynak ashyolarini o'rnatish Oynak solish ishlarida xavfsizlik texnikasi tadbirlari Oyna solish ishlari vazifalari Turar joy sanoat, qishloq xo'jaligi va boshqa turdagi bino va inshootlar tabiiy yorug'lik bilan yoritilgan bo'lishi, shuningdek imkon boicha sunoiy yoritish jihozlari orqali yoritish kam bo'lishi maqsadga muvofiq. Bunda yana shuni hisobga olish zarurki, xonaga yoz sharoitida yorug'likni keragidan ko'p va uzoq tushib turish xonadagi bo'yoqlarni nursizlanishi, xonani o'ta isib ketishiga olib kelishi, qishda esa derazalarni ko'pligidan sovuqni xonaga kirib xonani sovub ketish xollari sanitariya qoidalariga zid kelishi mumkin. Shuning uchun derazalarni shunday o'rnatish kerakki, uni yordamida xona maksimal yoritilishi, kam issiqlik yo'qotishi va yaxshi shamollashi zarur. Yana shuni taokidlash zarurki, yorug'likni tushishini to'g'ri tashkil qilish binoda ish joyini yaxshi yoritishi va ish bajarish uchun qulay sharoit yaratishi zarur. Binoning ishlatilish maqsadi, rayonning iqlim sharoitidan kelib chiqib derazalar deraza oynasi bilan bir, ikki, uch qavat shuningdek, shisha paekti, shisha bloki va profili shishalar bilan qoplanishi mumkin. Deraza oynasi o'rnatiladigan romlar yog'ochdan, metalldan, temirbetondan va plastmassadan bo'lishi mumkin. Keyingi paytlarda yog'och-alyuminiyli romlar qo'llanilmoqda. Romlar ochiladigan va ochilmaydigan bo'lishi mumkin. Ular shuningdek bir qavat yoki ikki qavati birlashtirilgan turlari bo'lishi mumkin. Romlar quruq ashyodan tayyorlangan bo'lishi, bir xil satxda bo'lishi zarur, bu esa deraza oynasini tekis yopishishga, shuningdek chokni bekituvchi zamazkani sarfini kamaytirishga olib keladi. Tayyor romlar quritilgan, alif surtilgan va ayrim holda grunt qavat bo'yog'i berilgan bo'lishi zarur. Ular yopiq omborlarda saqlanadi, agar uni imkoni bo'lmasa ochiq omborda maxsus taglik ustiga o'rnatib, nam o'tkazmaydigan ashyo bilan to'liq o'rab qo'yilishi zarur. Oynak solish ishlari uchun ishlatiladigan ashyolar Oynaklar bo'linadi: tabiiy (magma, obsidian) va sunoiy (organik - orgsteklo; noorgaanik - SiO2). Oynak ashyolarning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: zichligi uning massasini hajmiga nisbati u 2,27,5 gsm3 oralig'ida bo'ladi; mustahkamligi: siqilishga mustahkamlik chegarasi 500 200 MPa, cho'zilishga esa 35100 MPa; qattiqligi, MOOS shkalasi bo'yicha 7 ga teng, ayirmasi 56 oralig'ida; issiqlik o'tkazuvchanligi, 0,00170,032 kal (sm,s, grad) deraza oynasi uchun bu ko'rsatkich 0,0023 kal(sm,s, grad); issiqdan cho'ziluvchanligi, juda oz 8010-7 S; issiqqa chidamliligi, deraza oynasi 80-900 S, ayrim oynalar xatto 100 ga ham chidaydi. Yorug'lik o'tkazuvchanligi, deraza oynasining ko'rsatkichi o'rtacha 88 % ni tashkil etadi. Qurilish uchun quyidagi deraza oyna ashyolari ishlab chiqiladi: Taxtasimon, deraza, gulli, armaturalangan va donasimon. Taxtasimon deraza oynalari GOST 11-78 bo'yicha ishlab chiqilib, ularni xususiyatlari va o'lchamlari quyidagi jadvalda keltirilgan: 5.6.4.jadval Yuqoridagilardan tashqari GOST 11214 - 78 bo'yicha buyurtma bilan eshik va derazalar ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
113.71 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
113.71 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx