O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishi

O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishi Reja: 1.O'zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi. 2.O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari. O'zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi O'zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi: aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini O'zbekiston Respublikasi hududini ijtimoiyiqtisodiy taraqqiy ettirish istiqbollariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalarini; mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish choratadbirlarini; aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlarni; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni; Shaharsozlik jihatidanrejalashtirishning biriktirma tarhlari Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari: hududning zonalashtirilishini; transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish choratadbirlarini; tabiatdan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini; hududni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan ta'minlashni; hududni rivojlantirishga doir boshqa yechimlarni belgilaydi. Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlarini ishlab chiqish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari: hududning zonalashtirilishini; shaharsozlik vositalari orqali O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta'siridan muhofaza qilish, ekologik holatni yaxshilash, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash choratadbirlarini; tegishli hududni rivojlantirish bo'yicha boshqa yechimlarni belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida: energiya, gaz ta'minotini, aloqani, irrigatsiyani, suv ta'minotini va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha; havo, temir yo'l, avtomobil, daryo transporti, quvur orqali yetkazib berish transporti va boshqa transport turlarini rivojlantirish bo'yicha; hududni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya etish bo'yicha; atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha; iqtisodiyot tarmoqlari ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo'yicha; hududni rivojlantirishning boshqa masalalari bo'yicha asosiy ko'rsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini ishlab chiqish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tumanni (tumanlar guruhlarini)rejalashtirish loyihalari Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari: tumanni (tumanlar guruhlarini) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni istiqbolini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini; hududning zonalashtirilishini va rejali tuzilishini; tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta'siridan muhofaza qilish chora-tadbirlarini; aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yo'nalishlarini; aholi punktlarini rivojlantirish uchun belgilangan zaxira hududni; yakka tartibda uy-joy qurish, bog'dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarini joylashtirish uchun belgilangan hududni; aholi dam oladigan joylarni tashkil etish uchun belgilangan hududni; aholi punktlari va shaharlarning shahar atrofi zonalari chegaralarini; tuman (tumanlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.21 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.21 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga