O'zbekiston Respublikasining shaharsozlik kodeksi Reja: Shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlari Asosiy tushunchalar Shaharsozlik normalari va qoidalari Shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog'iston Respublikasida shaharsozlik sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. Asosiy tushunchalar Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: aholini joylashtirish tizimi - mavjud aholi punktlarini rivojlantirish hamda yangi aholi punktlarini barpo etish yo'li bilan aholini tegishli hududga tartibga solib boriladigan tarzda joylashtirishning shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadigan asosiy yo'nalishlari; aholi punktining bosh rejasi - yashash va faoliyat muhitini shakllantirishning kompleks sharoitlarini, aholi punktlari hududiy rivojlanishining asosiy yo'nalishlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati; aholi punktlariaro hududlar - aholi punktlari chegarasidan tashqaridagi ikki va undan ortiq aholi punkti o'rtasidagi hududlar; bino - funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo'lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo'ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to'sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi; zonalashtirish - hududni rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishdagi cheklashlarni belgilab olgan holda uning funksional maqsadga ko'ra bo'linishi; inshoot - har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo'lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o'tishga mo'ljallangan, tayanch, to'sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi; shahar va posyolka chizig'i - aholi punkti erlarining ularni yer fondining boshqa toifalaridan ajratib turadigan, shaharsozlik hujjatlarida belgilab qo'yilgan tashqi chegarasi; shaharsozlik - aholi punktlarini, aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnika, arxitektura-badiiy va sanitariya-gigiyenaga oid yechimlarining yig'indisini taminlovchi nazariyasi va amaliyoti; shaharsozlik reglamenti - shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalari va o'zga ko'chmas mulk obyektlaridan foydalanishning aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan ko'rsatkichlari va turlari yig'indisi; shaharsozlik faoliyati - davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, binoqorlik materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarning fuqarolar manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlari, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlari inobatga olingan holda loyihalashtirilishi, qurilishi va rekonstruksiyasi sohasidagi faoliyati; shaharsozlik hujjatlari - hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to'g'risidagi hamda ularni qurish haqidagi, belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatlar; O'zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi (sxemasi) - aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish, tabiatdan ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.26 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.26 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc