Pardozbop plastmassa qurilish ashyolari Reja: Termoplastik chiziqli polimerlar Termoreaktiv fazoviy polimerlar Plastmassalarning asosiy xossalari Plastmassalarning arxitekturadagi o'rni Plastmassalar deb, siyrak molekulali suyuq smola yoki sintetik kukunlarning maxsus texnologik usulda ishlab olingan zich molekulali qattiq va egiluvchan ashyolarga aytiladi. Bu ashyolarning eng muhim xossalaridan biri, ulardan oddiy va yuqori haroratda xohlagan shakldagi rangli pardozbop buyumlar ishlash mumkinligidir. Plastmassadan to'ldirg'ichsiz va har xil to'ldirg'ich qo'shib ishlangan qoplama va bezakli buyumlar, juda zich buyumlar, ko'p kovakli (yacheykali) yoki tolali yengil ashyolar, temir va oynasimon plastiklar, sirti chiroyli qilib ishlangan qoplamabop o'rama ashyolar, havo o'tkazmaydigan to'qimalar, shuningdek, emulsiya, elim, mastika (bo'tqa) va har xil tolalar juda ko'plab ishlab chiqariladi. Plastmassalarning bunchalik keng tarqalganligiga sabab shuki, ular tabiiy ashyolarga ko'ra yuqori sifatli, ko'p rang-barangligi hamda qurilish uchun juda qimmatli xossalarga ega.Shunday xosslardan biri uning yuqori mustahkamligi va hajmiy zichligining kichikligidir. Shu bilan birga zararli muhitga chidamliligi, issiqni kam o'tkazishi, elektr tokini o'tkazmasligi va tashqi ko'rinishini chiroyliligidir. Siyrak va zich molekulali birikmalar o'rtasidagi moddalarni oligomerlar deb ataladi. O'tgan asrning boshlarida oddiy kimyoviy tarkibdagi siyrak molekulali modda- monomerlarni sun'iy qayta ishlab sintez yo'li bilan zich molekulali polimerlar olindi. Sintetik polimerlarni olish texnologiyasiga ko'ra, ular termoplastik va termoreaktiv turlarga bo'linadi. Termoplastik chiziqli polimerlar Polixlorvinillar (PXV) yaltiroq, rangi sariq-kulrangdan to jigar ranggacha bo'ladi. U quyidagi usulda olinadi. Metandan iborat tabiiy gaz 1500-1600o S da qizdirilib, atsetilen gazi olinadi. Atsetilen bilan xlorid kislota o'zaro birikib, vinilxlorid suyuqligi va uning polimerizatsiyalanishi (qotishi) natijasida oq va yengil unga o'xshash modda hosil bo'ladi. Bu vinilxloriddir. U ko'pligi, arzonligi va har tomonlama ishlatilishi bilan boshqa polimerlardan farq qiladi. PXV kislota, ishqor, spirt va moylar ta'siriga chidamli. Ular issiq holatda cho'ziluvchan bo'lganligi uchun har xil rangdagi gulli yupqa pardalar ishlab chiqarishga imkon beradi. PXV smolalari egiluvchan, suvga chidamli. Jumladan, yupqa o'rama pardalar, shuningdek ko'p kovakli issiqlikni saqlovchi pardozbop ashyolar, plintus, tarnov, qo'l ushlagichlar va shunga o'xshashlarni olishda ishlatiladi. Polipropilen (PP) - temir kotalizatorlar qo'shilgan propilenni polimerizatsiyalab olingan oq rangli unsimon polimer. Zichligi 0,4-0,5 gsm3. Polipropilenni ataktik xilini erish harorati 80-85oS. izotaktik PP esa 165-170oS da eriydi, uning zichligi 0,9-0,95 gsm3 ga teng. Barcha zararli moddalar ta'siriga chidamli. Undan har turli pardalar, qoplar, quvurlar, santexnika qismlari ishlanadi. Ko'pirtiruvchi qo'shib issiqlikni muhofazalovchi ko'pik PP buyumlari olish mumkin. Polivinilatsetat (PVA) smolalari rangsiz, elastik va moddalar bilan juda yaxshi yopishuvchan bo'ladi. Har xil rangli pigmentlar qo'shilgan emulsiyali bo'yoqlar, har xil elimlar, yopishtiruvchi mastikalar, bezakli tsementbeton qorishmalar uchun qo'shilma sifatida ishlatiladi. Polietilen smolalar - etilen gazini har xil bosimda va ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.39 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.39 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc