Pardozbop qurilish qorishmalari

Pardozbop qurilish qorishmalari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Pardozbop qurilish qorishmalari - rasmi

Material tavsifi

Pardozbop qurilish qorishmalari Reja: Qorishmaning asosiy xossalari Rangi qorishmalar Qorishmaga rang beruvchi pigmentlar Qurilish qorishmalarning turlari Umumiy tushunchalar Qurilish qorishmasi, bog'lovchi qurilish ashyolardan birontasini (tsement, ohak, gips va boshqalarni) suv, qum va har xil qo'shilmalar bilan qorishtirib tayyorlanadi. Qurilish qorishmalari suvoqchilikda, tosh, g'isht, bloklardan devorlar qurishda, devorbop bloklar, plitalar tayyorlashda ishlatiladi. Qurilish qorishmalarini tayyorlashda to'ldirgichlarning yirikligi 5 mm dan oshmasligi lozim. Qurilish qorishmalari (quruq holatidagi) zichligiga ko'ra oddiy - zichligi 1500 kgmz dan katta va yengil - zichligi 1500 kgm3 dan kichik bo'lgan xillarga bo'linadi. Oddiy qorishmalar uchun to'ldirgich sifatida zichligi katta bo'lgan (1500 kgm3 dan katta) daryo toshlaridan maydalab ishlagan qumlar, yengil xili uchun esa g'ovakli yengil qumlar (keramzit, agloporit, toshqol pemza) ishlatiladi. Qorishmadagi bog'lovchi moddalarning xiliga ko'ra oddiy qorishmalar - tsementli, ohakli, gipsli yoki murakkab qorishmali tsement-ohakli, tsement-tuproqli, ohak-gipsli kabi turlarga bo'linadi. Ishlatilishiga qarab qorishmalar devorbop, pardozbop va maxsus qorishmalarga bo'linadi. Qurilish qorishmalari uchun gidravlik bog'lovchi moddalar sifatida portlandtsement, toshqol-portlandtsement, putstsolan-portlandtsementlar ishlatiladi. Bunday bog'lovchilar bilan tayyorlangan qorishmalar suv, nam yoki boshqa zararli muhitdagi inshootlar qurishda ishlatiladi. Yirikligi 5 mm dan kichik qumlar, qorishmalar uchun samarali to'ldirgichdir. Tosh va g'isht terishda ishlatiladigan qurilish qorishmalari tarkibidagi bog'lovchi turlariga qarab tsementli, ohak-tsementli va ohakli qorishmalarga bo'linadi. Tsementli qorishmalar agressiv muhitlarda, asosan, bino va inshootlarning poydevor qismida, nam ta'siridagi devorlarni suvoshda yopma plitalar choklarini to'ldirishda va pol tekislashdi ishlatiladi. Ohak-tsementli qorishmalar yoyiluvchan, plastik, mustahkam bo'lganligi uchun bino va inshootlarning yer usti va yer osti qismlarida ishlatiladi. Ohakli qorishmalar yoyiluvchan, plastik, yuza bilan yaxshi yopishish va uzoqqa chidamli bo'lgani uchun g'isht va toshlarni terishda ishlatiladi. Qorishmaning asosiy xossalari Qorishmaning qulay joylanuvchanlik bilan yoyiluvchanlik kabi xossalari uni ishlatish uchun qulay bo'lishligini ta'minlashi kerak. Tayyorlangan qorishmaga standart konusning qancha chuqurlikka botishiga qarab, uning yoyiluvchanlik ko'rsatkichi topiladi. Standart konusning uchidagi burchagi 300 bo'lib, og'irligi 300 g dan oshmaydi. Konusning uchi qorishma sirtiga tekizilgan holda erkin cho'ktiriladi (11.1-rasm) va strelka uning qancha santimetrga botganligini ko'rsatadi. 11.1-rasm. Qorishma yoyiluvchanligini aniqlaydigan konus. 1-qo'zg'aluvchan tayoqcha; 2-konusning qorishmaga botishini ko'rsatuvchi chizg'ich; 3-shtativ; 4-konus; 5-qorishma solingan kesik konus. Qorishmaning ishlatilishiga qarab konusning botish chuqurligi 11.1-jadvalda yoritilgan. Qorishmaning yoyiluvchanligi 11.1-jadval Qorishmaning yoyiluvchanligi asosan undagi suv miqdoriga va to'ldirg'ichning suv shimuvchanligiga bog'liq bo'ladi. Qorishma joylangan asos g'ovak yoki obdon quruq holatda bo'lsa, u suvning bir qismini shimib oladi, nati jada qorishmadagi tsementning to'la gidratatsiyalanishi uchun suv etishmay qoladi. Agar asos namlangan bo'lsa, undagi suvning bir qismi shimilganda ham mustahkamligi kamaymaydi. Qorishmani qoniqarli yoyiluvchanlikda tayyorlash uchun unga sovun suvi, sulfit spirt bardasi va h.k. plastifikatorlardan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga