Pardozbop tog' jinslari Reja: O'zbekiston mahalliy pardozbop tabiiy tosh ashyolari Tabiiy tog' jinslarini tarkib topishi Rangli tog' jinslarni hosil qiluvchi minerallar O'zbekiston mahalliy pardozbop tabiiy tosh ashyolari hozirgi iqtisodiy yo'nalishlarni takomillashida Respublikada mahalliy tabiiy tosh ashyolarini ishlab chiqarish va ulardan pardozbop rangli ashyolar tayyorlash texnologiyalarini rivojlantirishda yangicha usul bilan yondashish va boshqarish tizimini qayta ko'rib chiqish talab etilmoqda. Jumladan, Yevropastandartlari talabiga javob beruvchi rangli tabiiy tosh buyumlarini (marmar va granit buyumlari-zinapoya, tutqich, vaza, favvora, panjara va x.k.) ishlab chiqarish sanoatini Respublika sharoitidan kelib chiqqan holda, bozor siyosatida qurilish ashyolarini ayriboshlash marketingni takomillashtirish, xorijiy davlatlarni bizni mahsulotlarimizni sotib olishga qiziqtirish, ishlab chiqarilayotgan ashyo va buyum xillarini ko'paytirish, marmar granit va boshqa tabiiy toshlardan milliy, jozibador va nozik buyumlar tayyorlash kabi muammolarni xal etish uchun zamonaviy ilg'or texnologiyalarini tender asosida jalb etilmoqda. O'zbekistonda 2010-yilni boshlariga kelib 1 mln. 500 ming m2dan ziyod qoplama pardozbop rangli tabiiy tosh ashyolari ishlab chiqarildi. hozirgi sharoitda Respublikamizda mavjud korxonalarning ish unumini ikki marta oshirish imkoniyati bor. O'zbekiston Respublikasi har xil rangli tabiiy tosh ashyolarini chiqarish uchun etarli zaxiralarga ega. hozirgi kunga kelib har xil muassasalar vositasida Respublikada 33 ta marmar konlari, 18 ta granit va gabbro, 1 ta travertin va oxaktosh, 2 ta tuf va pardozbop qumtosh konlar topilgan va ularning xossalari har tomonlama o'rganilib ishlatilmoqda. Respublikamiz konlarida 80 mln. m3dan ziyod qoplamabop tabiiy tosh zaxiralari bor. Ishlab chiqarishga tayyor bo'lgan tabiiy tosh ashyolari sanoatining ish unumi, jami - 44,7 mln. m3ga teng. Shulardan 25,2 min. m3 marmar, 17,3 mln. m3 granit va gabbro, 2,2 mln. m3 qumtosh zaxiralarini tashkil etadi. O'zbekistonda qurilish ashyolari ishlab chiqarish uchun yaroqli barcha xildagi mineral hom ashyolar mavjud. Bularga qum, tuproq, shag'al, oxaktosh, gips, karbonat jinslari, asbest, bo'r, marmar, talk, vermukult, perlitlarni kiritish mumkin. Respublikamizdagi cho'kindi tog' jinslaridan bir qator qurilish ashyolari gips, dolomit, oxaktosh, trepel, diatomit, ko'mir, sog'-tuproq va tosh buyumlari va ular asosida harturli tabiiy va sintetik rangli pigmentlar qo'shib rang-barang arxitektura kompozitsiyalar uchun nozik panno va buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday hom ashyolar Respublikamizdagi Qashqadaryo viloyatining dehqonobod konidan qazib olinmoqda. Bunday cho'kindi tog'jins zaxiralari pardozbop plitkalar olish va tsement ishlab chiqaruvchi zavodlarni 100 yilgacha hom ashyo sifatida ta'minlay oladi. Kuydirilganda ko'pchish xossasiga ega bo'lgan, shuningdek tabiiy holatdaga tomga yopiladigan rangli plitkalar, deraza taxtachalari, zinapoyalar sifatida ko'p ishlatiladigan loyli slanets toshlari O'zbekistonning Nurota tog'larida ko'p tarqalgan. Sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan loyli slanets konlari har tomonlama tekshirilgan, hozir Respublikada jigarrang yengil to'ldirgich-keramzit olishda loyli slanetslar ko'plab ishlatilmoqda. Yer yuzasiga ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc