Pollarning ekspluatatsiyasi Reja: Pollarning ekspluatatsiyasi. Pollarning turlari va konstruksiyasi. Pollarning defektlari va ularni kelib chiqishining asosiy sabablari. Pol defektlarini chetlashtirish usullari. Orayopmalarning yuqori qatlami bo'lgan pollar, binoning boshqa konstruksiyalaridan farqli tez eskiradi, unga doimiy parvarish talab etiladi va ko'proq remont qilishni talab etadi. Agar orayopmalarni umuman ko'rib chiqsak, ular asosan to'rt qatlamdan iborat: temir beton panellar, to'shama yoki to'shamali balkalarning yuk ko'tarish asoslari; pollarning libosi - orayopmaning ishchi, himoya va bezak vazifalarini o'tovchi yuqori qatlami; issiqlik va tovush izolyatsiya qatlamlari (yuqori va pastki orayopma uchun); bu vazifani yo temir beton orayopma panelining o'zi, yo qo'shimcha issiqlik va tovush izolyatsiya qatlami bajaradi; gidroizolyatsiya qatlamlari pollari gruntda bo'lganda ularni grunt namligidan himoyalash uchun, pollar orayopma ustida bo'lgan hollarda esa - ularni hojatxona va ho'l jarayonli xonalardagi namlikdan himoyalash uchun barpo etiladi. Orayopmalardagi sanab o'tilgan to'rt qatlamning ashyosi va konstruksiyasi bo'yicha juda ko'p variantlar mavjud; zotan ularning barchasi uchun mustahkamlik. Barqarorlik va umrboqiylik muhim hisoblanadi. Bu sifatlar pollarga turli ashyolar va konstruksiyalar orqali beriladi. Polning libosi donali ashyolardan: taxtali, parket taxtachasi, sintetik plitka yoki rulonli ashyo, yaxlit quyma beton, tsement, asfaltdan ham bo'lishi mumkin. Pol libosi qo'yiladigan qatlam libosning qatlamiga va uni mahkamlanishiga (elimlash, mixlash va boshqalarga bog'liq). Donador ashyolardan iborat eng keng tarqalgan pollar eng qimmat (bino narxining 10-14%) va sermehnatli bo'lib chiqdi. Orayopmalarning yuk ko'taruvchi asosi panel yoki to'shamalarni montaji kranlar yordamida tez amalga oshiriladi, biroq bu narsa butun orayopma tuzulmasi mehnat sarfining taxminan 10% ni tashkil etadi, 90% esa ashyolarni qo'l bilan yetkazish va har bir xonadagi gidroissiqlik va tovush izolyatsiyasi tuzulmali pol qatlamlariga to'g'ri keladi. Bino pollari ko'pgina mutaxassislarning diqqat markazida deyish mumkin. Ular pollarning arzon va kam mehnat sarfli konstrutsiyalarini yaratishga intilmoqdalar. Xonalarning ichki ko'rinishi ko'p jihatdan pollarning holatiga bog'liq, shu sababli turar-joy xonalari va jamoat binolarida qizil va mustahkam navli daraxt yog'ochlaridan iborat parket pollar, linoleum va rasmli sintetik plitkalar, mineral ashyolardan bo'lgan metlax plitkalaridan (vestibyullardan, zinapoyalar va hojatxonalarda) keng foydalaniladi. Pol konstruksiyalari Pol konstruksiyasi va uning holati, pol barpo etilgan asosga bog'liq. Shunday belgilarga ko'ra pollar, turar-joy, ma'muriy, jamoat va boshqa binolarga xos bo'lgan orayopmada pollar va bir qavatli ishlab- chiqarish binolariga xos bo'lgan gruntdagi pollarga ajratiladi. Temir beton konstruksiyali orayopmalar muhim ekspluatatsiyaviy talabni - konstruksiyalardan uzatiluvchi shovqindan izolyatsiya qilinishni qondirish lozim. Bu talabni bajarish uchun orayopmalarga qayishqoq ashyolardan qistirmalar qo'llash, orayopmaga turli zichlikdagi qatlamlar joylashtirish, xususan qum qatlami kiritish va boshqalar orqali erishiladi. Turar-joy va jamoat binolarida pollar chiroylik bo'libgina qolmay, issiq va silliq (biroq ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.4 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.4 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc