Portlandtsementning maxsus turlari Reja: 1. Tez qotuvchan portlandtsement. 2. Plastifikatsiyalangan va gidrofob portlandtsement. 3. Sulfatga chidamli portlandtsement. 4. Oq rangli tsementlar. 5. Tomponaj portlandtsement. 6. Putstsolon portlandtsement. 7. Toqolli portlandtsement. Tsementning ko'p turlari malum. Bazi birlari juda tez, bazilari sekin qotadi. Suv inshootlari uchun bir tsement ishlatilsa, yo'l qurilish ishlariga boshqa turi va binokorlik qorishmalari uchun uchinchi bir turi qo'llaniladi. Tsement qancha yaxshi tuyilsa, sifati shuncha yaxshi bo'ladi. Chunki, zarrachalarning umumiy sirti qancha katta bo'lsa, modda zarrachalari o'rtasidagi fizik-kimyoviy jarayonlar shuncha to'la va tez o'tadi. Portlandtsement gidravlik bog'lovchi moddalarning bir turidir. Bu botlovchi moddalar qatoriga yana glinozemli, putstsolan, toshqolli, mikroto'ldirgichli, kengayuvchi tsement kabi gidravlik bog'lovchilar kiradi. Bu bog'lovchi moddalar yana bir qancha ko'rinishlarga ham ega. Misol uchun portlandtsement tarkibiga ko'ra: odatdagi alitli, belitli, alyuminatli, alyumoferritli, ferritli; xossasi va ishlatilishiga ko'ra: odatdagi tez qotuvchan, maxsus tez qotuvchan, plastifitsirlangan, gidrofobli, sulfatli suvlarga chidamli, o'rtacha ekzotermiyali, tamponajli, oq rangli xillarga bo'linadi. Tez qotuvchan portlandtsement. Sanoatning tez rivojlanishi tufayli qurilish talabini to'la qondirish uchun zavodlar oldiga tayyor beton elementlarini ko'plab ishlab chiqarish vazifasi qo'yiladi. Bu esa o'z navbatida portlandtsementni juda mayda qilyb tuyish va tarkibidagi faol minerallarni ko'paytirish yo'li bilan olinadi, shuningdek, portlandtsementdan 1-3 kun ichida mustahkamlanishi bilan farq qiladi. Bunday tsement ishlatilganda yig'ma konstruksiyalar ishlab chiqarishning texnologik jarayoni ancha qisqaradi va korxonaning ishlab chiqarish unumi o'sadi. Bir-ikki kun ichida ochiq joyda mustahkamligi etarli darajada ortadigan bog'lovchi modda tez qotuvchan tsement deyiladi. Uning bir kundan keyingi siqilishga mustahkamligi 20 MPa bo'lsa, uch kundan keyingisi 30 MPa gacha ko'tariladi. Bunday tsement konstruksiya yoki buyumlarni tez tayyorlash lozim bo'lganda, shuningdek, bug'lash uchun sharoit bo'lmagan joylarda ishlatiladi. Tez qotuvchan tsementni olish uchun tarkibida 50-60 %gacha uch kaltsiyli silikat (S3S), 8-14 %gacha uch kaltsiyli alyuminat (S5A) bilan to'rt kaltsiyli alyumoferit (S3AG') hamda 8 %gacha qurilish gipsi qo'shilgan tsement klinker ishlatiladi. Qo'shiladigan qurilish gipsi optimal miqdordan oshmasligi kerak, aks holda buyum yoki konstruksiyada darzlar hosil bo'lishi mumkin. Tsementning tez qotuvchanligi, birinchidan, uning mineralogik tarkibiga bog'liq bo'lsa, ikkinchidan klinkerning maydalanish darajasiga bog'liq. Klinker qanchalik mayda qilib tuyilsa, olingan tsement shuncha tez qotuvchan bo'ladi. Shu sababli tez qotuvchan tsement olishda uning maydalik darajasini ifodalovchi solishtirma yuzasini 350-450 m2kg. gacha yetkazish kerak (portlandtsementning solishtirma yuzasi 250-300 m2kg. ga teng). Tsement zarrachasi qanchalik kichik bo'lsa, uning erish va gidratatsiyalanish jarayoni shunchalik tezlashadi. Plastifikatsiyalangan va gidrofob portlandtsementlar klinker dementini plastiklaydigan yoki gidrofob (suvini o'zidan qochiruvchi) qo'shilma bilan birgalikda mayda qilib tuyishdan hosil bo'ladigan gidravlik bog'lovchi moddalardir. Plastiklaydigan va gidrofob qo'shilmalar tsement og'irligining (quruq moddaga ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.11 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.11 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc