Qo'l mashinalari Reja: 1.Qo'l mashinalarining turlari; 2.Qo'l mashinalarga qo'yiladigan asosiy talablar; 3.Konstruksiyalarni yig'uvchi va detallarni qotirish uchun ishlatiladigan qo'l mashinalar Qo'l mashinalarining turlari Qo'l mashinalari qurilishda va xalq xo'jaligining boshqa sohalarida keng qo'llaniladi. Ayniqsa, qurilishdagi montaj va pardozlash ishlarida qo'l mashinalardan keng foydalaniladi. Qo'l mashinalari deb asosiy harakat (ishchi qism harakati) dvigatelp yordamida, yordamchi harakatlar (harakatni uzatish) va boshqaruv esa bajaruvchining qo'li yordamida bajariladigan mashinalarga aytiladi. Odatda, bu mashinalarning korpusiga dvigatelp o'rnatilgan bo'ladi va ularning og'irligini qisman yoki butunlay bajaruvchi ko'taradi. Qo'l mashinalarining xususiyatlaridan asosiysi shuki, bajaruvchining har bir harakati mashinani boshqarishga va qilinayotgan ishning oqibatiga ta'sir ko'rsatadi. Qo'l mashinalarining xillari juda ko'p bo'lib, bu esa ularni turlarga bo'lishda qiyinchilik tug'diradi. Sinflarga bo'lishning asosiy belgilariga harakat asosi, ishchi qism harakatining tasnifi va ish tartibi kiradi. Qo'shimcha belgilariga esa qo'llaniladigan joylar va ishi, uzatma turi va elektr tokidan saqlanishning usullari kiradi. harakatlanish qoidasiga ko'ra qo'l mashinalari uzluksiz va impulsli kuch bilan ishlovchi mashinalarga bo'linadi. Uzluksiz ishlovchi mashinalarga ishchi qismi to'xtovsiz aylanuvchi mashinalar kiradi (parmalovchi, silliqlovchi mashinalar, diskli arralar va x.z.). Bu mashinalar shu bilan xarakterlanadiki, ularda hosil qilinayotgan moment dvigatelning aylantiruvchi momenti bilan reduktor yoki tasmali uzatma uzatishlar sonining ko'paytmasiga teng. Ular bilan ishlayotganda bajaruvchi qo'li bilan qabul qilishi kerak bo'lgan reaktiv moment hosil bo'ladi, bu ularning asosiy kamchiliklaridan bo'lib, qo'l mashinalarning quvvatini oshirishga xalaqit beradi. Impulpsli kuch bilan ishlovchi mashinalarga, ishlov beruvchi obyektga uzatilgan energiyani uzlukli impulpsli tartibda etkazuvchi-zarbli (bolg'alar, perforatorlar, zarbali qaychilar) va zarbasiz - pichoqli qaychilar kiradi. Zarbali harakatlanuvchi mashinalar faqat zarbali ishlarda (bolg'alash, beton parchalash, zichlashtirish), zarbli-buriluvchi (perforatorlar) yoki zarbli-aylanuvchi (gayka burovchi) tartibida ishlashi mumkin. Ishchi qismining harakatlanish xarakteriga ko'ra qo'l mashinalari ishchi qismi aylanuvchi, qaytuvchi va murakkab harakat qiluvchi mashinalarga bo'linadi. Ishchi qismi aylanuvchi mashinalarga, ishchi qismi aylana bo'ylab harakatlanuvchi (diskli arralar, parmalovchi mashinalar, elektr iskana va x.z.) va ishchi qismi yopiq kontur bo'ylab harakatlanuvchi (zanjirli va tasmali arralar, parchinlovchilar, tasmali silliqlash mashinalari va x.z.) mashinalar kiradi. Ishchi qismi qaytuvchi mashinalarga ishchi qismi borib-qaytuvchi (qaychilar, egovlar), tebranuvchi (qo'zg'atuvchilar) va zarb bilan ta'sir qiluvchi mashinalar (zichlovchi mashinalar, bolg'alar, havo yordamida teshik ochuvchilar va x.z.) kiradi. Ishchi qismi murakkab harakat qiluvchi qo'l mashinalariga zarbli-buriluvchi va zarbli-aylanuvchi, shuningdek, ishchi qismi maxsus harakatlanuvchi mashinalar, qaysiki yuqorida tasniflangan mashinalarga o'xshamaydiganlari (maxsus silliqlovchi va jilov beruvchi mashinalar) kiradi. Ish rejimi bo'yicha qo'l mashinalari yengil, o'rta, og'ir va o'ta og'ir rejimda ishlovchi mashinalarga bo'linadi. Qo'l mashinalari reversivli va reversivsiz, bir tezlikli yoki ishchi qismi tezligini pog'onali o'zgartirish mumkin bo'lgan ko'p tezlikli bo'lishi mumkin. ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
145.65 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
145.65 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx