Qolip ishlarini bajarish texnologiyasi Reja: Qolip ishlarini bajarish texnologiyasi Ustun qoliplarini o'rnatish Qobirg'ali plitalar qolipini o'rnatish Qoliplarni o'rnatish va ularni echib qayta o'rnatish. ish bajarish loyihalari asosida amalga oshiriladi. Yirik qoliplar, yani yiriklashtirib olingan qoliplar mexanizmlar yordamida o'rnatiladi. Yakka tartibda konstruksiyalar qolipi, massasi 50 kg gacha bo'lganda ular qo'lda o'rnatilish mumkin. Qolip o'rnaydigan asos etarli mustahkam, yuk ko'taruvchan va qolipni cho'kmasligini ta'minlashi zarur. Qolip o'rnatib bo'lingach u o'rnagan ustunlar, lesalar va qolipning o'zini mustahkamligi, loyihaga mosligi tekshirib ko'rilishi zarur. Beton qorishmasi quyishdan oldin beton qorishmasini qolipga yopishishini oldini oluvchi maxsus yog'lovchi modda surkalishi zarur. Qolipni echib olish beton etarli miqdorda mustahkamligini olgandan so'ng yoki loyihada belgilangan vaqtda amalga oshiriladi. Qolip echib olinayotganda konstruksiya yuzalari va burchaklarini qurilish va o'pirilish oldi olinishi zarur. Qolip ishlarini bajarish sxemasida yuk ko'taruvchi mexanizmlar ro'yxati, qoliplarni taxlash joyi va qoliplarni yig'ib yiriklashtirish o'rni ko'rsatilgan bo'lishi zarur. Ish joyini tashkil qilishdan maqsad ish bajarishga qulay sharoit yaratishdir. Qolip o'rnatish ishlarini, bajarishda ishchi zveno tarkibi qolip turi, va ularni ushlab turuvchi elementlarga qarab tanladi. Ularni qanday malakada ishchilar bajarishi quyidagi (8-jadval) da keltirilgan. Poydevorning bo'ylama va ko'ndalang o'qlarni holatini shovun yordamida belgilanadi. Qolip o'rnashidan oldin yog'och mayaklar qoqib olinib, laga shit holati yoki ushlab turuvchi element holati belgilab qo'yiladi. Agar qolip beton to'shama ustiga o'rnatiladigan bo'lsa, u holda belgilar bo'yoq yordamida beton yuzasiga tushiriladi. Pog'onali lentasimon poydevorlar qolipini o'rnatish. Xajmi 1,5-2 m 3 gacha bo'lgan pog'onali poydevor qoliplari yog'ochdan tayyorlanadi. Agar poydevor xajmi katta bo'lsa, ularni po'lat listlardan tayrlangan inventar shitli qoliplarni bevosita qo'yilaldigan joy yaqinida yig'ib o'rnatiladi. Tayyor bo'lgan blok kran yordamida o'rnatish joyiga uzatib beriladi. Poydevor bloklar qolipini o'rnatishdan oldin ularni markazi, o'qlar joyi, qolip chetlari o'rni belgilanib olinadi va mayak o'rnatiladi. Щqlar o'rni yuvilmaydigan bo'yoqda beton yuzaga belgilanadi. Qolipni o'rnatish ostki pog'ona shitini yig'ishdan boshlanadi. U to'liq yig'ilib, tirgak, tortqichlar va o'zaro biriktiruvchi elementlar bilan biriktirib olingandan so'ng uning ustiga ikkinchi pog'ona shitini o'rnatishga qulaylik yaratadigan ishchi to'shama to'shab olinib, ustiga ikkinchi pog'ona qolipi yig'iladi va x.k. qolgan pog'onalar xam xuddi shu tarzda yig'iladi. Bunda shitlarni yig'ishda ikki juft shit oraliq, yana ikki juft shit esa ularni ushlab turuvchi bo'lib xizmat qiladi. Ushlab turuvchi shit ichki qismida qoqilgan tirgak planka ichki shitlarini siljib ketsh oldini oladi. Shitning o'rta qismidan diametri 2 mm bo'lgan po'lat sim bilan boylanib, tortib qo'yiladi. Bu o'z navbatida shitni beton qorishmasi og'irligidan kerilib ketishidan saylaydi. Lentasimon poydevor qoliplari ikki xil variantda: ostki qismi kengaytirilib, ustki qismi kengaytirilgan va barcha kesimi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.47 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.47 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx