Qoziqli poydevorlarini qurish texnologiyasi Reja: Qoziq va shpunt qatorlar turlari, ularni qullanilishi. Qoziqlarning konstruksiyalari Qoziqli poydevorlarini qurish texnologiyasi Qoziq poydevorlar - bu turli ashyolardan (yog'och, temir-beton yoki metaldan) tayyorlangan va turli usullar bilan qoqiladigan yoki botiralidan qurilish konstrksiyasidir. Qog'iq poydevorlar qachonki poydevor asosi yumshoq katta qalinlikdagi kuchsiz, yaoni yuk ko'tarish qobiliyati kam bo'lgan gruntlarda qo'llaniladi. Shpunt qoziqlari yoppa qator qoqilib, ular grunt suvlarini sizib katlavan yoki xandiqlarga oqib tushish yo'lini to'sishda ishlatiladi. Qoziq poydevorlarni qo'llash yer ishlarini 70-90% ga beton sarfini esa 15-35% ga mehnat sarfini 1,2…1,8 barobar muddatini esa 1,5…2 barobarga kamaytiradi. Qoziq poydevorlarinig vazifasi shundan iboratki, bino yoki inshootlardan tushayotgan yukni qoziq poydevorlar ustki qismidan o'zaro birlashtirib turuvchi qism (rostverka) orqali qoziq poydevor orqali yerga o'tkazishdir. Qoziq poydevorlarni gruntda joylashish bo'yicha yakka, qator tarzida (shpunt), bir nechtasi bir joyga to'plangan holda va qoziq poydevor maydonlari ko'rinishida bo'lishi mumkin. hozirgi kunda qoziq poydevorlarning 500 yaqin turi mavjud bo'lib, ulardan ko'pchiligining foydalanish doirasi juda tor. Biror bir qoziq poydevor yo'qki, u barcha gruntlar va sharoitlarda ishlay olsin, yoki boshqacha qilib aytganda barcha talablarga javob bersin. hozirgi kunda qurilishda amalda qo'llanilib kelinayotgan qoziq poydevorlar quyidagi guruhrlarga bo'linadi: - yig'ma qoziq poydevorlar, zavod sharoitida tayyorlab olingan va turli usullar bilan gruntlarga qoqiladi yoki botiriladi. - quyma qoziq poydevorlar, bevosita gruntni o'zi ichiga turli usullar bilan quduq hosil qilinib, quyib tayyorlanadi. - aralash qoziq poydevorlar, yuqoridagi birinchi va ikkinchi turlar aralashgan holda maxsus usullarda gruntaga joylanadi. Yig'ma elementlardan tashkil topgan qoziq poydevorlar quyidagi (rasm 7.1.1) da keltirilgan. Yuqoridagi turli tuman murakkab shakillarning bo'lishi gruntlarning va yuklarning o'ziga xosliligidan kelib chiqqan. Tayyor yig'ma qoziq poydevorlar urib yoki burab kiritiladi. Urib kiritiladigan temir-beton, yog'och va metal qoziq poydevorlar gruntga bolg'a yordamida urib titratib botirish, bosib kiritish orqali joylanadi. Ventsimon uchlik bilan jihozlangan qoziq poydevorlar maxsus avtomashinalar (Maz-529; Kraz-214) bazalariga o'rnatilgan kabestan yordamida burash orqali kiritiladi. Urib kiritiladigan temir-beton qoziq poydevorlar quyidagi turlarga bo'linadi: Rasm 7.1.1. Yig'ma qoziq poydevorlar turlari 1-prizmatik; 2. yig'ilgan; 3. ichi bo'sh; 4. tag qismi yo'g'onlashtirilgan; 5. o'rta qismi yo'g'onlashtirilgan: 6. tepa qismi yo'g'onlashtirilgan; 7. piramidasimon; 8 - rombisimon; 9. piraimda-prizmatik; 10. bipiramida; 11. piramidasimon yo'g'onlashtirilgan; 12. uriladigan blokli; 13. yassi prfilli; 14. berk bo'shliqli; 15. kemtikli; 16. qalpoqli; 17. parrakli; 18. ko'p yarusli kengaytirilgan; 19. quvursimon ostik qismi ochiq; 20. quvursimon ostik qismi uchli berk; 21. ustki qismi berk; 22. konussimon; 23. tayanch qismi kengaytrilgan; 24. ayrisimon; 25. uch ayrili; 26. usti qismi kengaytirilgan; 27. ventsimon. Ko'ndalang kesim shakli bo'yicha: teng ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
139 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
139 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx