Qurilish ashyolarining tuzilishi va tasnifi

Qurilish ashyolarining tuzilishi va tasnifi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qurilish ashyolarining tuzilishi va tasnifi - rasmi

Material tavsifi

Qurilish ashyolarining tuzilishi va tasnifi Reja: Qurilish ashyolarini ishlab chiqarish texnologiyasini Qurilish ashyolari tarkibini ilmiy asoslash usullari Qurilish ashyolarining fizik xossalari Pardozbop qurilish ashyolarining xossalari va tuzilishini bir xil muhit ta'sirida o'zgarishi umumiy qonuniyatga mos keladi. Masalan, zichligi bir xil bo'lgan barcha ashyolarga ta'sir etuvchi zararli muhit ularni bir tizimda to'la buza olmaydi. Agar shu ashyolar g'ovak bo'lsa, ularning buzilish jarayoni bir-biridan farq qiladi. Qurilish ashyolarining tuzilishi bu - oddiy qattiq jinslar tarkibidagi tarqoq holatda joylashgan har xil yiriklikdagi zarrachalarning qanday tartibda bog'langanligidir. Qanday qurilish ashyosi bo'lishidan qati nazar, u tabiiy yoki sun'iy ravishda zarrachalarning biron bog'lovchi modda vositasida o'zaro birlashishidan hosil bo'ladi. Shuningdek, ashyoning tuzilishiga undagi zarrachalar orasidagi o'zaro masofa, mayda va yirik g'ovaklar, naychalar, o'ta mayda darzlar va boshqa nuqsonlar ham kiradi. Tuzilish ikki ko'rinishda ifodalanadi: mikro va makro tuzilish. Mikrotuzilish - qattiq, suyuq va gaz tarkibini tashkil etuvchi har xil o'lchamli atomlar, ionlar va molekulalarning o'zaro joylashish aloqadorligi, birikish tartibini ifodalovchi holatdagi ko'rinishidir. Atommolekulalar birlashmasi ashyoning makrotuzilishini bildiradi. Makromolekulalar, mitsell, kristallar va ularning atrofida o'sib chiqqan yangi modda bo'laklari, amorfli yirik zarrachalar o'zaro mahkam birlashgan holda joylashgan bo'ladi. Ashyo tarkibidagi bunday moddalarni bog'lab turuvchi murakkab ashyoviy tizim kompozitsiya ashyolari deb ataladi. Fazoda o'ta to'g'ri shaklda joylashgan mikrozarrachalar kristall panjarani ifodalaydi. Panjaradagi kristall ionlari, molekulalarini o'zaro birlashtirib turuvchi bog'lovchi moddalar ham tegishli ravishda moddalar panjarasiga ega. Kristallarni o'zaro ushlab turuvchi Van-der-Vals kuchi vodorodlar aloqadorligini taminlovchi panjaralardan iborat. Kristall panjaralardan tashkil topgan qattiq moddalar amorf ashyolar deyiladi. Masalan, shisha amorf ashyodir. Uning atomlari va molekulalari tartibsiz joylashgan, shu sababli shisha tuzilishini o'rganish juda murakkab. Amorf ashyolarning boshqalardan farqi, uni yuqori haroratda qizdirganda erish jarayoni juda sekin kechadi, yani suyuqholatga o'tmay qayishqoqquyuq bo'lib turaveradi. Bunday ashyolar barcha yo'nalishda sinalganda bir xil ko'rsatkichga ega bo'ladi. Demak, ular izotrop xususiyatga ega. Qurilish ashyolarining mikrotuzilishi va undagi o'zgarishlar optik elektron mikroskoplar yordamida o'rganilib defferentsialtermik, rentgenografik usullarda tekshiriladi va olingan ma'lumotlar tahlil qilinadi. Zarrachalarning o'zaro qanday birikkanliga va ular asosida hosil bshlgan qattiq jism koagulyatsiyali, kondesatsiyali va kristalli tuzilishda bo'ladi. Koagulyatsiyali tuzilishda jismni yaxlit holatda ushlab turuvchi zarrachalar o'zaro suyuq parda orqali aloqada bo'ladi. Shu sababli, zarrachalarni yopishtirib turuvchi kuch juda bo'sh, yani ular Van-der-Vals kuchlari vositasida bog'lab turadi. Kondensatsiyali tuzilishda jismdagi zarrachalar atom va ionlar darajasida kovalent aloqalar vositasida kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Reaksiyaning qanchalik kuchli bo'lishi, undagi atomning valentligiga va muhitiga bog'liq. Bu holda atom va ionlarni yopishtirib turuvchi kuch anchagina yuqori bo'ladi. Demak, jism ham malum miqdorda mustahkamlikka egadir. Kristalli tuzilishda esa ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 407.17 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 407.17 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga