Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasidagi asosiy xollar va tushunchalar

Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasidagi asosiy xollar va tushunchalar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasidagi asosiy xollar va tushunchalar - rasmi

Material tavsifi

Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasidagi asosiy xollar va tushunchalar Reja: Qurilish ishlab chiqarishi va qurilish jarayonlari Qurilish jarayonlari mehnat resurslari Texnikaviy va ta'rif me'yorlash Qurilish ishlab chiqarishi va qurilish jarayonlari Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi - qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini qayta ishlash jarayonlari yig'indisi natijasida tayyor qurilish mahsulotlari, bino va inshootlar barpo bo'lishini ta'minlashdir. Qurilish jarayoni deb qurilish maydonida bajariladigan ishlab chiqarish jarayonlari natijasida tayyor mahsulot, bino va inshootlar, ayrim xollarda qayta tiklash, ta'mirlash, buzilgan va siljitishdek oxirgi maqsadni ko'zlagan jarayonga aytiladi. Qurilish jarayonida ishchilar texnik vositalarda foydalanib materiallardan tayyor qurilish maxsuloni barpo qiladi. Qurilish jarayoni o'zining ko'p faktorligi va o'ziga xosligiga quyidagilar kiradi: - qurilish mahsulotlarining o'z joyida qolishi, yani qurilish jarayonini bajarishda ishchilar va texnik vositalar harakatida, barpo qilingan bino va inshoot o'z joyida qoladi; - qurilish mahsulotining turli-tumanliligi, yani barpo qilinayotgan bino va inshootlar o'zining ishlab chiqarish va foydalanish xususiyati, shakli, tashqi ko'rinishi, o'lchami, yer ustiga joylashashi bo'yicha bir-biridan farq qiladi; - qo'llaniladigan materiallarning turli-tumanliligi yani qurilish mahsuloti ishlab chiqishda ko'plab turli-tuman material, yarim fabrikat, konstruksiyalarning o'zaro texnologik ta'siridan qurilish mahsuloti hosil bo'ladi; - tibbiy iqtim sharoiti bo'yicha quriladigan bino va inshootlar turli geologik, gidrogeologik va iqtimiy sharoitda olib borilishi shu sharoitlarga mos usulda texnologik jarayonlar tanlashga to'g'ri keladi. Qurilish ishlab chiqarishida jarayonlar ikki: qurilish maydonidagi hamda qurilish maydoni tashqaridagi guruhlariga bo'linadi. Ularning ar biri o'z vazifasini bajargan olda ichki sinflarga ega. Qurilish jarayonlari texnologik belgilari bilan quyidagi sinflarga bo'linadi: taminlovchi jarayon - bu jarayonda qurilish uchun zarur materiallar, yarim fabrikat, konstruksiya va x.k.lar yetkazib beriladi. Bu ishlar mutaxasislashagan korxonalar tomonidan amalga oshirilib, ularga yig'ma temirbeton ishlab chiqaruvchi korxonalar, beton-qorishma zavodlari va x.k.lar kiradi. transport jarayoni - bu jarayonda qurilish olib borish uchun kerakli materiallar, texnik jihozlarni tashib kelish ko'zda tutilgan. Bu jarayon umumqurilish transporti (mahsulot ishlovchi korxonadan to qurilish maydonigacha yoki bevosita o'rnatish joyigacha), amda qurilish maydoni ichida tashishga mo'ljallangan transpotlardan iboratdir. Transport jarayoni yuklash, tushirish va taxlash jarayonilari bilan birgalikda olib boriladi: tayyorgarlik jarayoni - yig'ish va o'rnatish ishlarini engillashtiradi va samarali olib borishni ta'minlaydi, bunga yig'ma konstruksiyalarni yiriklashtirish, o'rnatiladigan konstruksiyalarni ilib ko'tarish, o'rnatilgandan keyin loyiha holatiga keltirish va vaqtincha ushlab turuvchi moslamalarni o'rnatish ishlari kiradi. montaj va qo'yish jarayoni - bunda bajariladigan ish natijasi mahsulot shakli o'zgarib, yangi bir konstruksiya, bino yoki inshoot barpo bo'ladi. Texnologik jihatdan bir turli, tashkiliy jixotdan bo'linmaydigan qurilish jarayonining bir bo'lagiga ishchi operatsiya deyiladi. Uni bajarishda ishchilar tarkibi va ish quroli o'zgarmaydi. Har bir ishchi operatsiya o'z aro bog'langan bir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.52 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.52 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga