Qurilish konstruksiyalarining namlanishi va himoyalash usullari Reja: Konstruksiyalarning namlanish turlari va ularning oqibatlari. Xonalarning nisbiy havo namligi bo'yicha klassifikatsiyasi. Konstruksiyalarning namlanish turlari. Binolarning vaqtidan oldin emirilishi va buning oldini olish uchun ogohlantirish usullari. Qurilish konstruksiyalarini emirilishiga olib boruvchi eng ko'p tarqalgan va sezilarli ta'sir qiluvchi omil- namlanishdir. Ekspluatatsiya qilinayotgan davrda binolarning birinchi qavat devorlari ko'proq namlanadi. Buni asosan grunt suvining ko'tarilishi, gidroizolyatsiya qatlamining shikastlanishi keltirib chiqaradi. Namlanish konstruksiyalarda fizik va ximiyaviy jarayonlarni rivojlanishiga olib kelib, shu bilan bir qatorda xonalardagi temperatura namlik rejimini buzilishiga olib keladi. Konstruksiyalarning namligini boshqa sabablar ham, xususan, devorlarning qalinligi etarli bo'lmay qolgan, devor ashyosining haqiqiy zichligi hisobiy qiymatdan oshib ketgan, kun davomida havo haroratining keskin o'zgarishi ro'y bergan, havo namligi yuqori bo'lgan hollar keltirib chiqarishi mumkin. Xonalarda havo namligining yuqori bo'lishi turli mikroorganizmlarning rivojlanishiga sharoit yaratadi. Xonalardagi namlik tufayli vujudga keluvchi qo'ziqorin va mog'orlar devor va qurilmalarni tez shikastlanishiga va sanitar gigiyenik sharoitni buzulishiga olib boruvchi noxush hidlar tarqaladi. Bu yerda mavjud bo'lgan metall konstruksiya va buyumlarda zanglash ro'y beradi. Namlik - harorat rejimi me'yoriy bo'lgan binolarda quruq g'isht devorlarning 2% ga yaqin og'irliq hisobidagi namlikka ega bo'lishlari mumkin. Agar bu ko'rsatkich 6% va undan ortiq bo'lsa (hammomlar, ayrim sanoat binolari) bunday xonalar odamlarnig uzoq vaqt bo'lishi uchun yaroqsiz hisoblanadi. 3 -jadval Havoning nisbiy namligi bo'yicha xonalarning turkumlari To'siq konstruksiyalar namlanishining 4 turiga duchor bo'ladi. Qurilish namligi. Bu bino qurilayotgan vaqtda konstruksiyaga tushgan g'isht terilayotgan vaqtda g'isht og'irligining 10% ga yaqinini tashkil etuvchi 1m3 qorishmaga qo'shiladigan namlikdir. Atmosfera namligi. Konstruksiyalarda bu namlik suv tushish tizimlarining buzulishi, yani suv o'tkazuvchi quvurlarning shikastlanishi oqibatida qor, yomg'ir yog'ishi natijasida hosil bo'ladi va uning konstruksiyaga ta'sir etish davri qisqa bo'lib, miqdori 2-3% dan oshmaydi. Kondensatsiya namligi. Bu namlik asosan bino ichida o'tadigan jarayonlar natijasida ro'y beruvchi hodisadir. Past temperaturada devorning ichki yuzasiga yoki konstruksiya ichiga havodan namlik - kondensat o'tiradi. Konstruksiyaning bunday namlikka to'yinishi, uning zichligiga, xususan devor tashqi va ichki suvoq qatlamlarining zichligiga va devor ashyosining havodagi namlikni (gigroskopik namlik) so'rib olish qobilitiga bog'liq. Konstruksiyaga grunt namligining kirishi unga gidroizolyatsiya qatlamini shikastlanishi natijasida kapillyar yoki osmatik kuchlar ta'siri ostida suvning gruntdan oqib o'tishiga aytiladi. Namlanishning ko'proq tarqalgan va jiddiyroq oqibatlarga olib boruvchi turi devor va yopmalarning muzlashidir. Devor va yopmalarni isitish, ularni quritish tugallangandan so'ng boshlanishi lozim. Binolarda bo'ladigan namlanish 2 sababga bog'liq: 1. Loyihada yoki qurilish davrida yo'l qo'yilgan xatolar (masalan, devorlar yupqa va sovuq bo'lsa, devor va poydevorlar orasida gidroizolyatsiya bo'lmasa va boshqalar) natijasida ro'y beradi. ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.36 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.36 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc