Qurilish mashinalar to'g'risida umumiy ma'lumot Reja: 1. Qurilish mashinalariga qo'yiladigan asosiy talablar 2. Qurilish mashinalari va jihozlari tasnifii 3. Qurilish mashinalarining tuzilishi 4. Qurilish mashinalarining kuch qurilmalari 5. Qurilish mashinalarining ish unumdorligi Qurilish mashinalariga qo'yiladigan asosiy talablar Qurilish mashinalarining asosiy vazifasi qurilishdagi ishlarni yuqori darajada mexanizatsiyalash va qo'l mehnatini kamaytirishdan iborat. Ish unumdorligi qurilish mashinalarining asosiy ko'rsatkichi bo'lib, bajarilgan ishning xajmi vaqtga nisbati bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham ish unumdorligini oshirish, bajarilgan ishning sifatini yaxshilash, tannarxini kamaytirish qurilish mashinalariga qo'yiladigan asosiy talablardan hisoblanadi. Mashinalarning ish unumdorligini oshirish uchun birinchi navbatda, ish vaqtida dvigatelp quvvatidan to'liq foydalanish, mexanizmlarning ishonchliligini oshirish va universallashtirish hamda avtomatlashtirish, foydali ish koeffitsiyentini oshirish va shu kabilar talab qilinadi. Mashinalarni bir yerdan ikkinchi yerga ko'chirish qulay bo'lishi ham ularni ish unumdorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. 'ar qanday mashina ish jarayonida mehnat muhofazasi qoidalariga to'liq javob berishi kerak. Ulardagi to'xtatish va signal qurilmalari yuqori darajada sifatli bo'lishi, ag'darilishga va surilishiga qarshi ustivorligi ta'minlanganligi talab qilinadi. Mashinada ish bajaruvchi-operator ish bajariladigan maydonni va yon-atrofini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Mashina konstruksiyasi gigiyenik talablarga to'liq javob berib, operatorni toliqtirmaydigan, boshqarish qismlari esa qulay joylashgan bo'lishi kerak. Mashina kabinalari germetik berk bo'lib, chang va shovqindan saqlangan, undagi zaharli gazlar miqdori, shovqin va tebranish ruxsat etilgan darajada bo'lishi ta'minlanadi. Shovqin va tebranishlar miqdoriy chegaralari maxsus hujjatlar orqali qonunlashtirilgan bo'lishi kerak. Qurilish mashinalari va jihozlari tasnifii Qurilish mashinalari bevosita ish bajaruvchi mashinalar bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ularni texnologik jarayonga muvofiq turlarga ajratish mumkin. Qurilish maydonida ish bajaruvchi mashinalar quyidagilarga bo'linadi: yuk tashish mashinalari; yuklash va tushirish mashinalari; yuk ko'tarish mashinalari; yer ishlari uchun mashinalar; qoziq qoqish uchun qurilmalar; maydalash-saralash mashinalari; beton aralashmalari va qorishmalari tayyorlash va transportirovka qilish mashinalari; pardozlash ishlari uchun mashinalar; qurilish uchun mexanizatsiyalashgan asboblar. Zamonaviy qurilish mashinalari besh asosiy qismdan iborat (24-rasm). Bu qismlar ham o'z navbatida uzellar va detallardan tashkil topgan. Mashinalar chizmalarda konstruktiv, kinematik, gidro va elektr sxemalari ko'rinishida berilishi mumkin. Konstruktiv sxemada mashinalar konstruksiyasining prinsipial tuzilishi ko'rsatilsa, kinematik sxemada esa mexanik yuritma elementlarining o'zaro bog'langanligi ko'rsatiladi. Gidro va elektr sxemalar mashinalardagi gidravlik va elektrik yuritmalarning o'zaro bog'lanishini ko'rsatadi. Ular maxsus belgilar bilan belgilanadi. Qurilish mashinalarining ish jihozlaridan tashqari ko'p qismlari umumiy bo'lib, tuzilish jihatidan bir-biriga o'xshaydi. 24-rasm. Qurilish mashinalarining tarkibiy sxemasi 1-kuch qurilmasi; 2- transmissiya; 3- ishchi jihozlari; 4- yurish jihozlari; 5- boshqarish qismlari. Qurilish mashinalarining tuzilishi Bajaradigan vazifasiga ko'ra har qaysi mashinada guruh elementlar (detallar) bo'-lib, ular mashinalarning umumiy tuzilish sxemasini va quvvat manbalari, uzatish me-xanizmlari, ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
112.11 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
112.11 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx