Qurilish mashinalaridan foydalanish va ularni ta'mirlash

Qurilish mashinalaridan foydalanish va ularni ta'mirlash

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qurilish mashinalaridan foydalanish va ularni ta'mirlash - rasmi

Material tavsifi

Qurilish mashinalardan foydalanish va ta'mirlash Reja: 1.Mashinalarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash 2.Joriy ta'mirlash 3.Kapital ta'mirlash Mashinalarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash; Qurilishda ekskavatorlar, bulpdozerlar, skreperlar, yuklagichlar, o'zi yurar qurilish kranlari, maxsus transport mashinalari va mexanizatsiyalashgan qurilish-montaj uskunalaridan iborat katta mashinalar parkidan foydalaniladi. Qurilish va yo'l mashinasozligi sohasidagi texnika taraqqiyoti mashinalar quvvatini oshirish va tuzilishini takomillashtirish, ko'pgina mashinalarda hajmiy gidrouzatmalarni qo'llash, ularni boshqarishning avtomatlashtirish va gidrofikatsiyalash, elektron va mikroprotsessorlarni qo'llash, amalda qo'llanilayotgan bir kovshli ekskavatorlar bazasida manipulyatorlarni tashkil qilish kabi katta o'zgarishlarga olib keldi. Mavjud mashinalar parki va ularning texnik darajasi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini mexanizatsiyalash qurilishning intensiv rivojlanishiga, ishlab chiqarish unumdorligining oshishiga, mehnat va material resurslarini tejashga imkon beradi. Mashinalar tuzilishining murakkablashuvi va qurilish mashinalaridan foydalanishning o'sishi, mashinalar sifatini doimo yaxshilash yoki ularni uzoq vaqt kam mablag' sarflab yuqori unumdorlikda ishlatish bilan bog'liq. Bu vazifalar mashinalardan texnik va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishga oid bo'lgan tadbirlar yig'indisi bilan hal qilinadi. Mashinalardan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish deganda, mashinalar turini tanlash, ularni joylashtirish va kompleks mexanizatsiyalashning texnologik sxemalarini aniqlash tushuniladi. Texnik foydalanish - bu mashinalardan foydalanishda ularning sifatini ta'minlash, mashinalarni qabul qilish, topshirish, sinash, montaj va demontaj, transportirovka qilish, saqlash va saqlashga tayyorlash, texnik qarov va ta'mirlash, zaruriy materiallar va ehtiyot qismlar bilan ta'minlash va boshqa tadbirlardan iborat butun bir tuzilmadir. Yangi mashinalar ta'mirlash yoki tiklashdan keyin, shuningdek, mashinalar bir tashkilotdan boshqa tashkilotga o'tkazilganda maxsus tekshiruv orqali qabul qilinadi. Mashinalarni qabul qilayotganda quyidagilar tekshiriladi: mashinaning maxsus hujjatlari - pasporti, undan foydalanish bo'yicha tavsiyalar va texnik tushuntirish yozuvi, hujjatlashtirilgan kitoblari (Davlat nazorati organlari nazoratidagi mashinalar uchun), ularda mashinalarning ishlagan mashina-soati, o'tkazilgan texnik qarov va ta'mirlashlarning vaqti va turi, mashinalarning komplektligi, ehtiyot qismlar va asboblar, mashinalarning texnik holati yozilgan bo'ladi. Mashinalarning texnik holati ularning salt yurish, quruq va yuk bilan yurishda sinab ko'rish bilan aniqlanadi. Davlat nazorati talablari tadbiq qilinadigan mashinalar foydalanishga qabul qilish va topshirishda statik va dinamik sinash bilan birga to'la texnik qarovdan o'tkaziladi. Yangi va kapital ta'mirlashdan chiqarilgan mashinalar foydalanishga topshirilishidan oldin dastlabki sinov (obkatka) dan o'tkaziladi. Sinash vaqtida detallar malum darajada eyiladi. Sinash rejimi shu mashinani tayyorlagan zavod tomonidan aniqlanadi. Sinov dastlabki paytda salt yurish holida, keyin esa ta'sir etuvchi yukni asta-sekin ko'paytirib olib boriladi.Sinovning oxirgi bosqichida mashinadan 2025 soat mobaynida yengil rejimda foydalaniladi. Sinov tugagandan so'ng hamma mahkamlash, nazorat va sozlash ishlari olib boriladi, aniqlangan nosozliklar tuzatiladi, moy va boshqa suyuqliklar almashtiriladi. Mashinalarning foydalanishga topshirilishi haqida ularning pasportiga tegishli tartibda yozib qo'yiladi. Foydalanishda bo'lgan har bir mashina ish smenasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.95 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.95 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga