qurilish materiallarining turlari va asosiy xossalari Reja: 1. Qurilish materiallarining ahamiyati. 2. Qurilish materiallarining turlari. 3. Qurilish materiallarining asosiy xossalari. Suv xo'jaligi qurilishida qurilish materiallarining ahamiyati Qurilish materiallari sanoati xalq xo'jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. yuqori darajada rivojlangan uy joy, sanoat, suv xo'jaligi, madaniy-maishiy, transport qurilishi uchun ko'p miqdorda qurilish materiallari kerak bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish materiallari sanoati oldida ham muhim vaziflar turibdi. Birinchi navbatda samarali qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish zarur. Qurilish materiallari ishlab chiqarishda ikkilamchi xom ashyolar, boshqa tarmoqlarning chiqindilaridan keng foydalanish, qurilish materiallarining turlarini ko'paytirish, sifatini oshirish kerak bo'ladi. Qurilish materiallarining xilma-xil xossalarini, ularning turli muhandislik koenstruksiyalarida ishlash sharoitini bilgan mutaxassislargina qurilish materiallarini samarali ishlatishlari mumkin. Shuning uchun xam Qurilish materiallari kursi Gidroinjeneriya yo'nalishi bo'yicha texnik-bakalavrlar tayyorlash tizimida umum-kasb fanlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu kursdan olingan bilimlar qator mutaxassislik fanlarini o'zlashtirishga yordam beradi (muhandislik konstruksiyalari, zamin va poydevorlar, gidrotexnik inshootlar, materiallar qarshiligi va boshqalar). Qurilish materiallarining turlari Binolar va inshootlar vazifasi hamda ulardan foydalanish sharoitlaridagi farqlar tufayli qurilish materiallariga qo'yiladigan talablar turli-tuman, xillari esa juda keng bo'ladi. Qurilish materiallari kelib chiqishiga karab tabiiy va sun'iy bo'ladi. Qurilish materiallarini o'rganishi osonlashtirish uchun, ularni ishlab chiqarish texnologiyasi va xom ashyo turiga ko'ra guruhlarga ajratish qabul qilingan. Shunday qilib, ular quyidagi guruhlarga bo'linadi: - tabiiy tosh materiallari; - keramik materiallar; - bog'lovchi moddalar; - metallar; - yog'och materiallar; - polimer materiallar; - betonlar va temir-beton; - kuydirilmasdan olinadigan suhniy tosh materiallar; - pardozlash materiallari; - suv o'tkazmaydigan materiallar; - issiq-sovuqni o'tkazmaydigan materiallar. Ko'pchilik qurilish materiallari katta hajmga va o'rtacha zichlikga ega. Bu esa zavoddan yoki karg'yerdan qurilish maydoniga kel tirish xarajatlarni oshishiga sabab bo'ladi. Ayrim araon qurilish materiallarining transport xarajatlari ularning narxidan xam oshib ketishi mumkin. Shuning uchun qurilish xarajatlarini kamaytirish maqsadida quruvchilar iloji boricha shunday materiallarni ishlatishga harakat qilishlari kerakki, ular qurilish bo'lishi kerak. Bunday materiallar mahalliy materiallar deyiladi va ularga birinchi navbatda qum, shag'altosh, graviy, ohak, tabiiy toshlar, tisht va boshqalar kiradi. Qurilish materiallarining asosiy xossalari Qurilish materiallarining asosiy xossalarini 3 guruhga bo'lish mumkin: 1. Fizik xossalari (haqiqiy va o'rtacha zichligi hamda g'ovakligi). II. Mexanik xossalari (mustahkamligi, qattiqligi, ishqalanishga qarshili-gi, plastiklik va mo'rtlik). Sh. Suv va sovuqqa ta'siri bilan bog'lik xossalari (namlik, suv shimuvchanlik va gigroskopiklik, suv o'tkazuvchanlik, sovuqqa chidamlilik). 1. Qurilish materiallarining fizik xossalari. haqiqiy zichlik. Material massasining mutloq zich (bushliksiz va govaksiz) holatdagi xajmiga bo'lgan nisbati uning haqiqiy zichligi deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi: = m V bunda: m - materialning quritg'ilgan holatdagi massasi, ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.7 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.7 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: doc