Qurilish mexanikasi - rasmi

Material tavsifi

Qurilish mexanikasi Reja: 1.Qurilish mexanikasi fanining mohiyati va uslublari. 2. Qurilish mexanikasining qisqacha rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan o'zviy bog'liqligi. 3. Inshootlar va ularning hisoblash sxemasi. 4. Tashqi yuklar va ularning klassifikatsiyasi. 5. Tayanch va ularning klassifikatsiyasi. Qurilish mexanikasi fanining mohiyati va uslublari. Inshootlarni loyihalash jarayonida uning barcha elementlarining o'lchamlarining aniqlash kerak bo'ladi. Shu maqsadda, biror tashqi yuk ta'siridan hosil bo'ladigan kesimlardagi ichki kuchlarni aniqlash uchun, hisoblash zarur bo'ladi. Aniqlangan ichki kuchlar (M,Q) inshootlar xoxlagan qismining kuchlanish holatini va u orqali barcha element va tugunlarining mustahkamligi to'g'risida xulosa chiqarish imkonini beradi (ma'lumot beradi). Mustahkamlik, bikirlik, ustuvorlik masalalasi meteriallar qarshiligi kursida asosan inshootlarning alohida elementlari uchun echiladi. Qurilish mexanikasida esa bunday masalalar bir butun inshootlar uchun qaraladi. Shunday qilib, qurilish mexanikasi - konstruksiya (tuzilma) va inshootlarning statik va dinamik yuklar ta'siridan mustahkamligi, bikirligi va ustuvorligini hisoblash prinsiplari hamda uslublari to'g'risidagi fandir. Qurilish mexanikasi inshootlar statikasi, dinamikasi va ustuvorlik nazariyasi bo'limlariga ajraladi. Tashqi kuchlar ta'siridan inshoot kesimlarida hosil bo'ladigan ichki zo'riqish kuchlari bilan deformatsiyalar orasidagi bog'lanishlar malum bo'lgandagina inshootlarni yangi ratsional (qulay, xavfsiz va tejamli) shakllarini aniqlash mumkin. Demak, qurilish mexanikasining yana bir vazifasi - inshootlarning ichki zo'riqishlari va ulardagi kuchishlarini aniqlashning ratsional usullarni yaratishdan, mustahkamlikka, bikirlikka, va ustuvorlikka hisoblash uslublarini, undan tashqari inshootlarning ratsional va iqtisodiy qulay shakllarini yaratishdan iborat. Qurilish mexanikasida nazariy mexanika va materiallar qarshiligi, matematika va fizika metodlari keng ko'llanadi. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi XIX asrning boshlariga kelib sanoat, temir yo'l transporti va gidrotexnika inshootlarining rivojlanishi quruvchilar oldiga yangi injenerlik masalalarini qo'ydi. Bu davrda temirdan tayyorlangan temir yo'l ko'priklari katta oraliqli (proletli) fermalar qurilishi keng tarqaldi. Rus mexanigi I. P. Kulibin (1735 - 1813) bu sohada o'zining bir qancha ixtirolarini elon qildi. U 1776 yilda Neva daryosiga mo'ljallangan, prolyoti 300 metrli arka tipidagi yog'och ko'prikni hisoblash nazariyasini yaratdi. Arka modelini (10 marta kichraytirilgan) 3500 pudli yuk bilan tekshirib sinab qo'rdi. Rus ko'prikshunos injeneri D. I. Juravskiy (1821 - 1891) o'z nazariyalari va eksperimental ishlari bilan qurilish mexanikasining rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. U 1855 yilda tashqi kuchlar ta'sirida ferma elementlarida hosil bo'ladigan zo'riqishlarning o'zgarish qonunini aniqladi va ferma modelida tekshirib ko'rdi. Birinchi bo'lib balkalarni mustahkamligini faqat normal kuchlanishlariga emas balki urunma kuchlanishlariga ham bog'liqligini, ularni aniqlash nazariyasini yaratadi. XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida konstruksiyalarning murakkablashuvi mos holda ularning hisoblash sxemalarini murakablashuviga sabab bo'ldi. Bu sohada malum bo'lgan grafik metod ko'p masalalarni yechish imkonini bera olmas edi. Bunday sistemalarni hisoblash uchun yangi analitik metodlar yaratila ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 88.74 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 88.74 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga