Qurilishda ishlatiladigan metallar Reja: 1. Metallar va ularning klassifikatsiyasi. 2. Po'lat turlari va xossalari. 3. Po'lat buyumlar. 4. Metallarni korroziya va olovdan himoyalash. Metallar va ularning klassifikatsiyasi Xalq xo'jaligining turli sohalarida, shu jumladan, qurilishda ham metallar keng ko'lamda ishlatiladi. Masalan, sanoat va fuqaro binolarining karkaslarini, ko'priklardan prolet qurilmalarni barpo etishda, gidrotexnik inshootlar uchun zatvorlar (suv darvozalari) yasashda po'lat prokatdan, temir-betonda esa po'lat armaturalardan foydalaniladi, po'lat va chuyan trubalar, tomga yopiladigan tunuka va boshqa metall buyumlar ham qullaniladi. Buning uchun metallarning qator muhim texnik xossalari qulaylik beradi. Metallarning bu xossalari ularning boshqa qurilish materiallaridan afzalliklarini ko'rsatadi. jumladan yuqori mustahkamlikka ega va bosim ostida plastik ishlov beriladi (prokat qilinadi, shtampovka qilinadi va boshqalar). Afzalliklari biron bir qatorda metallarning muhim kamchiliklari ham bor: nihoyatda zich, turli gaz va nam ta'sir qilganda kuchli zanglaydi, yuqori temperaturalarda esa shakli o'zgaradi. Metallar ikkita asosiy guruhga: qora va rangli metallarga bo'linadi. Qora metallar temirning uglerod bilan qotishmasidan iboratdir. Bundan tashqari ularning tarkibida malum miqdorda boshqa ximiyaviy elementlar (kremniy, marganets, oltingugurt, fosfor) ham bo'lishi mumkin. Qora metallarga xos bo'lgan xususiyatlar berish uchun ularning tarkibiga yaxshilovchi yoki legirlovchi qo'shimchalar (nikel, xrom, mis va boshqalar) kiritiladi. tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab qora metallar cho'yanlar va po'latlarga bo'linadi. Cho'yan-tarkibida 2-4,3% uglerod bo'lgan temir-uglerodli qotishmadir. Vazifasiga qarab cho'yanlar quyiluvchan, qayta ishlanadigan va maxsus cho'yanlarga bo'linadi. Quyiluvchan cho'yanlar turli qurilish buyumlarini quyish uchun qo'llaniladi. Qayta ishlanadigan cho'yanlardan esa po'lat va maxsus ishlarga mo'ljallangan cho'yan quymalarini ishlab chiqarishda qkshimcha sifatida foydalaniladi. Cho'yan tarkibida marganets, kremniy, fosfor, shuningdek legirlovchi qo'shimchalar - nikel, xrom, magniy va boshqalar bo'lishi tufayli cho'yan yuqori mexanik xossalarga esa bo'ladi va olovbardosh hamda zanglashga bardoshli bo'ladi. Po'lat - tarkibida uglerod miqdori 2% gacha bo'lgan temir bilan uglerodning bog'lanuvchan qotishmasidir. Olish usuliga qarab po'latlar, marten, konvertor va elektr po'latlarga bo'linadi. Qotishma tarkibiga kiradigan ximiyaviy elementlarga qarab po'latlar ximiyaviy tarkibi bo'yicha uglerodli va legirlangan bo'ladi. Uglerodli po'latlar temir bilan uglerod va marganets, kremniy, oltingugurt va fosfor aralashmalari qotishmalaridan iborat. Turli usullarda olingan uglerodli po'latning qotishiga ko'ra sokin, yarim sokin va qaynaydigan po'latlarga bo'lish qabul qilingan. Legirlangan deb, tarkibida legirlovchi qo'shimchalar (nikel, xrom, volfram, molibden, mis, alyuminiy va boshqalar) mavjud bo'lgan po'latga aytiladi. Tarkibiga kiritilgan legirlovchi qo'shilmalarga qarab po'lat xrommarganetsli, marganets-nikel-misli po'lat va hakozolar deb ataladi.Bundan tashqari, tarkibidagi jami ko'shilmalarga ko'ra po'latlar kam le girlangan (tarkibidagi legirlovchi qo'shilmalar miqdori 2,5% dan 10% gacha bo'lgan) va ko'p legirlangan (legirlovchi ko'shilmalar 10% dan ortik) po'latlarga bo'linadi. Vazifasiga ko'ra po'latlar quyidagi guruhlarga bo'linadi: konstruksion po'latlar, bular turli qurilish ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.24 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.24 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: doc