Qurilishda loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish tartibi va tasdiqlanishi

Qurilishda loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish tartibi va tasdiqlanishi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qurilishda loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish tartibi va tasdiqlanishi - rasmi

Material tavsifi

Qurilishda loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish tartibi va tasdiqlanishi Reja: Qurilishda loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish tartibi. Qurilishda loyihalash hujjatlarini tasdiqlash. Qurilishda loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish tartibi Mazkur ShNQ korxonalarni qurish, amaldagi korxonalarni kengaytirish, qayta tiklash va texnik yangilash (keyingi o'rinlarda - kapital qurilish deb yuritiladi) loyiha hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqilishi, maqullanishi va tasdiqlanishiga talablarni (majburiy va tavsiya etiladigan) belgilaydi va O'zbekiston Respublikasi hududida har qanday sarmoya hisobiga quriladigan obyektlarni loyihalashtirishda majburiy hisoblanadi. Ushbu ShNQ buyurtmachilar (sarmoyachilar), davlat boshqaruvi va nazorati idoralari, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, boshqa yuridik (shuningdek chet ellik)-sarmoyachilik jarayoni ishtirokchilarining foydalanishlari uchun mo'ljallangandir. Malum bir qurilish maydonchasi uchun mo'ljallanmagan (bir turga mansub, ko'p marta qo'llaniladigan) loyiha hujjatlarining ishlab chiqilishi, maqullanishi va tasdiqlanishi alohida me'yoriy hujjatlarga binoan amalga oshiriladi. Loyiha hujjatini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o'tkazish, tasdiqlash va tanlov asosida pudratchini aniqlash, unga o'zgartirish va ko'shimchalar kiritish belgilangan tartibda buyurtmachining tashabbusi bilan uning hisobidan amalga oshiriladi. Loyiha hujjatlari faqat yuridik shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar asosida bajarilishi mumkin. Zarur hollarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari, Vazirliklar, idoralar O'zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo'mitasi bilan kelishilgan holda loyihalashning hududiy va sohalik xususiyatlarini inobatga oladigan hududiy va sohalik me'yoriy hujjatlarini ishlab chiqarishlari va tasdiqlashlari ham mumkin. Qurilish obyektini loyihalashtirishga sarmoyachining qarori asos sifatida xizmat qiladi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanda, O'zbekiston Respublikasini qonun va normativ aktlari, amaldagi ShNQ, hamda asosiy fondlarni yaratish va takror ishlab chiqarish bo'yicha sarmoyadorlik faoliyatni cheklovchi boshqa direktiv hujjatlari ko'rsatmalariga amalqilish lozim. Mazkur ShNQ da quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan: loyihalovchi - loyihaviy va izlanish ishlarni bajarish uchun tanlov asosida ajratib olingan tashkilot; investitsiya loyihasi (loyiha) - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko'rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o'zaro bog'liq tadbirlar va ishlar kompleksi; dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik- iqtisodiy hisoblash (keyingi o'rinlarda DTIA yoki DTIH deb ataladi) - variantlarni ko'rib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni, umuman loyihaning cheklangan qiymatini, shu jumladan, texnologik asbob-uskunalar qiymatini asoslovchi hujjat. yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi o'rinlarda TIA (TIX) deb ataladi) investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilovchi loyiha oldi hujjati; TIATIH - cheklangan qiymat va ish hujjatlariga ega bo'lgan asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar bilan tasdiqlanadigan qismdan iborat hujjat, muhandislik izlanishlari va korxona, inshootni joylanishi, uning loyihaviy quvvati va boshqa ko'rsatkichlarni variantli ishlanishi asosida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.06 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.06 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga