Qurilishda pol ishlari Reja: Quyma pollar quyish Donali ashyolardan pol qoplamasini hosil qilish Uram ashyoli pollarni to'shash Yog'och va u asosida tayyorlangan ashyolardan pol to'shash Qurilishda pol ishlari Pol - bu foydalanishda turli yuklarni qabul qiluvchi binoning konstruktiv elementi. Pol bino turi, xonadan foydalanish maqsadiga ko'ra bir necha konstruktiv elementlardan tashkil topgan bo'ladi (rasm 5.8.1.) pol elementlari qurilishni turli davrlarida barpo qilinadi. Qoplama - foydalanish davomida bevosita taosirlanadigan (yukni qabul qiluvchi) polning eng yuqori qatlami. Oraqavat - qoplamani polning ostki elementlari bilan birlashtirib turuvchi qavat bo'lib, u qoplama uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bunday qavat vazifasini turli elimlar, mastikalar va tsement-qumli qorishma bajarishi mumkin. Tekislovchi qatlam -polimertsement yoki boshqacha tarkibdagi qorishmani 8….15 mm qalinlikda yoppa tekislab tsement qumli, keramzitobeton yoki beton yuzalarni silliqlash qo'llaniladigan qavat. To'shama qavat - poldan tushadigan yukni gruntga tarqatib beruvchi pol elementi. Bu qavat odatda shag'al, chaqiq tosh, asfalptbeton, beton va boshqa ashyodan bo'lishi mumkin. Issiqlik saqlovchi qavat - issiq - sovuqdan saqlovchi ashyo (shlak, keramzit v.h.k) tayyorlangan, polni issiqlik o'tkazuvchanligini kamaytirishni taominlovchi qavat; Tovushdan saqlovchi qavat - tovushni o'tishini yo'qotadi. Suvdan himoya qavat - pol elementlariga suv va boshqa suyuqliklar o'tishini oldini oladi. U yuqoridan tushadigan oqin suvni yoki pastdan o'tadigan grunt suvini to'sishi mumkin. Rasm 5.8.1. Pol konstruksiyalari sxemalari. a- bevosita grunt ustidagi pol; I-bo'shliqsiz; II - bo'shliqli; b- orayopma ustidagi pol; I-bo'shliqsiz; II- havo bo'shliqli; 1- yopma qoplamali pol; 2- xuddi shunday donali va taxta pollar; 3- bo'shliq; 4- suvdan himoya qatlam; 5- to'shama qatlam; 6- grunt suvidan himoyalash qatlami; 7- grunt asos; 8- tsement-qumli qatlam; 9- orayopma tovush va issiqdan saqlash qavati; 10- tovushdan saqlovchi oraqavat; 11- orayopma; 12- yog'och laga; 13- yog'och orataxtacha; 14- ikki qavat qoraqog'oz; 15- beton yoki g'isht ustuncha. Pollar odatda yopma ashyo bilan nomlanadi: Quyma pollar - beton, asfalptbeton; tsement - qumli, terrotsali, mozaikali, ksilolitli, metall tsementli, polimertsementbetonli; Щrama ashyoli pollar - linoleumli, relinli, sintetik qoplamali, polivinxlorid pardali; Yog'ochdan - taxta, parket, plitali; Donador ashyolardan - sopol, polimertsement, mozoikali plitkali va gilam mozaikasi. Quyma pollar quyish Quyma pol qoplamasini quyish - jamoat va maomuriy binolar kirish xonalari, savdo do'konlari, ovqatlanish shoxobchalari shuningdek, avtomobil yoki elektr kar harakatlanadigan sanoat binolari yordamchi xonalarida amalga oshiriladi. Beton va mozaikali qoplamalar - yirikligi 5…15 mm bo'lgan tog' jinslaridan yirik to'ldiruvchili, qum va tamg'asi M 400 bo'lgan portlandtsementdan tayyorlangan beton qorishmasidan iboratdir. Bunday beton qorishmasi qo'zg'oluvchanligi standart konus cho'qishini 10 sm gacha tashkil qilishi, tsement-qumli qoplama qoplanadigan bo'lsa standart konusni 25….30 mm ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
102.65 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
102.65 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: docx