Qurilishni loyiha oldi hujjatlar bilan ta'minlash Reja: Maydonni tanlash. Geodeziya ishlari. APZ va injenerlik kommunikatsiyalar. Maydonni tanlash Qurilish uchun maydoncha (trassa) quyidagilarga muvofiq holda ushbu maqsadlar uchun bajarilgan ko'p qamrovli muhandislik izlanuvlari ma'lumotlari asosida tanlanadi: Shaharsozlik kodeksi, yer, suv, o'rmon va boshqa qonunchiliklarga; Hududiy rejalashtirish loyihalari, shahar, qo'rg'on, qishloq aholi joylari bosh rejalari va sanoat sohalarini joylashtirish va rivojlantirish chizmalariga, tegishli kommunikatsiyalar va temir yul va avtomobil yo'llari tarmoqlarini, neft, gaz o'tkazish quvurlari, energiya tizimlari, va aloqa tarmoqlarini rivojlantirish chizmalariga; Nodir obyektlar qurilishi uchun maydoncha (trassa) tanlashni ham muhandislik izlanuvlari ma'lumotlari asosida qurilish hududining geologik-tarkibiy va tektonik xususiyatlarini inobatga olgan tarzda amalga oshirish zarur. Bino, korxona va inshoot qurilishi uchun maydoncha (trassa), yer paykalining zaruriy o'lchamlari, yon-atrofdagi tabiiy muhitni muhofazalash va unib-o'sishini ta'minlashga, yong'indan-portlashdan saqlanishga qaratilgan mo'ljaldagi tadbirlar tegishli me'yoriy hujjatlar talablariga javob berishi lozim. Qurilish uchun maydoncha (trassa) tanlash, barcha zarur ma'lumotlarni tayyorlash, bu yo'sindagi qaror uchun zarur bo'lgan barcha maqullatishlarning to'laligi, bunda ko'zlangan qarorlar uchun javobgarlik loyiha buyurtmachisining zimmasidadir. Buyurtmachi, loyihachi tashkilot-bosh loyihachi, zarur hollarda esa, ixtisoslashgan loyiha va izlanuv tashkilotlari ishtirokida quyidagilarni amalga oshiradi: Manfaatdor tashkilotlardan loyihalashtirilayotgan obyektning ta'minot manbalari, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalariga ulashning avvalgi shartlarini, ekologik shartlar va talablarni olishni; muhandislik tekshiruvlarini, zarurat hollarda esa, muhandislik izlanuvlarini o'tkazishni; TIA ma'lumotlariga asoslangan holda maydonlar (trassalar) tanlanganda hisobga olinmagan qo'shimcha materiallar va asoslangan hisoblar ishlab chiqishni; obyekt joylashuvi variantlarini texnik-iqtisodiy solishtirish va eng munosibini tanlashni. Ekologik shartlar va talablarni olish uchun dastlabki ma'lumotlar «Atrof muhitga o'tkaziladigan ta'sir to'g'risidagi bayonot»(MUTB) loyihasida rasmiylashtiriladi. Buyurtmachi bilan manfaatdor tashkilotlar, davlat nazorati idoralari o'rtalarida kelishmovchiliklar yuz berganda, yoki ular amaldagi qonunchilik hollariga zid ravishdagi qo'shimcha talablar qo'yganlarida, munozara bo'yicha qaror belgilangan tartibda qabul qilinadi. Loyiha buyurtmachisi bosh loyihachi ishtirokida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha olingan xulosalar asosida mo'ljaldagi yechimlarni muvofiq idora va tashkilotlarga maqullatadi: -obyektda yongindan saqlanish xizmatini tashkil qilish bo'yicha chora-tadbirlar; -qurilish uchun maydonchaning (trassaning) joylashuvi va o'lchamlari; mahalliy mehnat va moddiy zahiralardan, shu jumladan asosiy mahalliy qurilish materiallari bilan konstruksiyalardan foydalanish imkoniyatlarini; -ishlab chiqarish va xo'jalik kooperatsiyasi bo'yicha; -yangi maydoncha orti muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari shoxobchalarini yotqizish bo'yicha; -obyektlarni mavjud muhandislik tarmoqlari, elektr ta'minoti, aloqa, gaz ta'minoti, issiqlik ta'minoti, suv ta'minoti manbalariga va oqova suv tashlanadigan joylarga ulanish joylari bo'yicha; -atrof muhit muhofazasiga doir tadbirlar bo'yicha; -zarur hollarda quyidagilar bo'yicha ham kelishib olinadi; -tarixiy va madaniy yodgorliklarning saqlanishini taminlovchi tadbirlar bo'yicha: -loyihalashtirilayotgan obyekt temir yo'llarini umumiy temir yul tarmoqlariga ulanadigan joylari va shartlari, loyihalashtirilayotgan obyektga daryo inshootlarida xizmat ko'rsatish shartlari bo'yicha; -qurilish ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.17 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.17 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: doc