Rezervuarlarning turlari va ularning elementlari

Rezervuarlarning turlari va ularning elementlari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Rezervuarlarning turlari va ularning elementlari - rasmi

Material tavsifi

Rezervuarlarning turlari va ularning elementlari Reja: Rezervuarlarning turlari va ularning turlari. Rezervuarlarni loyihalash va hisoblash. Rezervuarlar. Hisoblash asoslari. Rezervuarlar vazifasiga, rejadagi shakliga, yer sathiga nisbatan joylashuviga ko'ra va konstruktiv xususiyatlariga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi. Vazifasiga ko'ra rezervuarlar suv, neft va neft mahsulotlari, mazut va moylarni saqlashga mo'ljallangan bo'ladi. Rezervuarlarni qo'llaniladigan joyi, vazifasi va ekspluatatsion xususiyatlariga qarab ularga maxsus talablar qo'yiladi. Ushbu talablar odatda maxsus adabiyotlarda va me'yoriy hujjatlarda bayon qilinadi. Rejadagi shakliga ko'ra ko'pchilik hollarda rezervuarlar doira va to'g'ri to'rtburchak shaklida bo'ladi. Rezervuarning shaklini tanlashda birinchi navbatda texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni, bazi hollarda esa maxsus shartsharoitlar - joyning relefi, qurilish uchastkasining rejasi hisobga olinadi. Rezervuar devorini suyuqlik o'tkazmayligan qilib tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishda bir xil sig'imga ega bo'lgan to'g'ri to'rtburchakli va silindrsimon rezervuarlarni solishtirsak, to'g'ri to'rtburchakli rezervuarlarning namlanadigan yuzasi kattaroq ekanligini etiborga olish lozim. Rezervuarlarni shar, ko'p burchak va boshqa shakllarda ham tayyorlash mumkin. Lekin ularni temirbeton konstruksiyalari asosida qurish ancha murakkab va ko'p mehnat talab qiladi. Shuning uchun bunday shakldagi rezervuarlar qurilish amaliyotida kamdan-kam uchraydi. Yer sathiga nisbatan joylashuviga ko'ra rezervuarlar yer ostida, yer ustida va yarim yer ostida bo'lishi mumkin. Tez yonuvchan yoki issiq suyuqliklar saqlanadigan rezervuarlarni yer sathiga nisbatan joylashishini aniqlashda, shu bilan birga o't o'chirish vositalarini tanlash, portlagandagi to'lqin zarbasini hisobga olish hamda yong'in xavfsizligini taminlovchi choratadbirlarni ishlab-chiqish ham talab qilinadi. Konstruktiv xususiyatlariga ko'ra temirbeton rezervuarlar yig'ma, monolit va yig'ma-monolit bo'lishi mumkin. Yig'ma-monolit temirbeton rezervuarlarning bir qismi yig'ma temirbetondan (masalan, rezervuar devorlari, ustyopmalari), qolgan qismi esa monolit temirbetondan (masalan, uning tubi) tayyorlanadi. Bunday konstruksiyalarni tayyorlashda ham oddiy yoki oldindan zo'riqtirilgan temirbetondan foydalanish mumkin. Rezervuarlar vazifasiga ko'ra ustyopmali va ustyopmasiz bo'lishi mumkin. Ustyopma tayanchi sifatida devor, pardadevor va ustunlardan foydalaniladi. Sanoat binolaridagi kabi ustyopmalari faqat devorga tayangan rezervuarlardan keng foydalaniladi. Agar dumaloq temirbeton rezervuarlarda pardadevorlar mavjud bo'lsa ularning ustyopmalari fazoviy yupqa devorli qobiq tarzida qabul qilish mumkin. Rezervuar tubining konstruksiyasi ustyopma turiga qarab qabul qilinadi. Masalan, ustunlar mavjud bo'lsa rezervuarning tubiga reaktiv bosim ta'sir qiladi. U holda rezervuar tubining qalinligi va uning armatura yuzasi hisoblash yo'li bilan topiladi. Agar ustunlar rezervuar tubi orasidan o'tib alohida poydevorlarga o'rnatilgan bo'lsa, rezervuarning tubi bilan ustunlar birikkan joyini suyuqlik o'tkazmaydigan qilib tayyorlash lozim. Agar rezervuarda oraliq tayanchlar bo'lmasa eguvchi momentlar faqat rezervuar devorlari bilan uning tubi birikkan joylarda hosil bo'ladi va u kichik zona bo'yicha tarqaladi, natijada tubining asosiy yuzasida eguvchi momentlar hosil bo'lmaydi. U holda rezervuarning tubi tejamli hisoblanadi. Lekin grunt suvlari yaqin bo'lgan joylarda rezervuarlarni loyihalashda oraliq (ichki) ustunlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.89 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.89 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga