Sanoat binolari bosh rejasi va ularga qo'yiladigan talablar Reja: Sanoat binolari tuzilmalari. Binolar karkasi materiali. Sanoat binolari bosh rejasi va ularga qo'yiladigan talablar Sanoat korxonalarini shaharlar hududiga joylashtirish quyidigi talablarga rioya qilgan holda joylashtiriladi: tabiatga va shahar mikroiqlimiga yoqimsiz tahsir etuvchi sanoatni imkon qadar qisqartirish yoki qurmaslik. Shaharda sanoat zonasi va yashash joylaridagi transport aloqalari qisqaroq bo'lishini tahminlash (30 - 45 min yo'lga ketish vaqti) maydondan iqtisodiy foydalanish va sanoat qurilishi talablarini relg'efga va qurilish maydoni gruntlariga nisbatan qanoatlantirilishi. Sanoat uzeli yoki rayoni umumiy maydonida korxonalarni joylashtirishni markazlashtirish. Sanoat korxonalari mahsulot ishlab chiqarilayotgan vaqtda atrof muhitga ta'sir etuvchi zaharli yoki yoqimsiz hidli moddalar, tutunlar, changlar, qurumlar, shovqinlar, ultratovush, elektromagnit to'lqinlar, radioaktiv nurlar va h.k. ajralib chiqadi. Loyihaning texnologik qismida atrof muhitga ishlab chiqarishning yoqimsiz tahsir etishini maksimal qisqartirish yoki yo'q qilish choralari ko'riladi. Zamonaviy texnologik yechimlar bilan ham ishlab chiqarishining yoqimsiz tahsirini yo'qotib bo'lmaydi, shuning uchun sanitar himoya zonalari ko'riladi. Sanitar himoya zonasi yashash va jamoat binolaridan alohida, korxonalar atrofidagi obodonlashtirilgan va ko'kalamzorlashtirilgan maydondir. Korxona quvvatiga, undan ajralib chiqayotgan yoqimsiz moddalar soniga va shovqin darajisiga qarab korxonalar sanitar tasnifi bo'yicha sanitar - himoya zonalari minimal enini qanoatlantirish asosida beshta sinfga bo'linadi: I sinf - 100 m, II sinf - 500 m, II sinf - 300 m, IV sinf - 100 m, V sinf - 50 m. Sanoat korxonalaridan umumiy foydalanish va qurilish materiallardan tejamli foydalanish maqsadida ularni sanoat uzellariga birlashtiriladi. Sanoat uzeli umumiy rejasi yechimi lentasimon yoki chuqurlashtirilgan sxema asosida quriladi. (Rasm 9, 10) Rasm 9.Sanoat rayonini rejalashni lentasimon sxemasi: 1 - seliteb zona (yashash rayoni), 2- sanitar - himoya zonasi, 3 - sanoat rayoni zonasi 4- tashqi temir yo'l transporti, 5 - yuklar uchun avtomagistral ,6-ko'kalamzor zona Rasm 10.Rejalashni chuqurlashgan sxemasi 1 - selitib zona, 2 - sanitar - himoya zonasi, 3 - II va II sinfli korxonalar, 4 - I sinfli korxona, 5 - tashqi transport zonasi, 6 - yuklar turadigan joy, 7 - ko'kalamzor zona, 8 - avtotransport magistrali, 9 - sanoat - selitib rayoni Ular bilan yonma-yon yordamchi ishlab - chiqarish binolari, transport, o'z-o'ziga xizmat qilish binolari, bir sistemaga keltirgan muhandislik jihozlari ham joylashtiriladi. Sanoat uzellari va korxonalar maydonini rejalashtirishda bino va inshootlar joylashishi, transport yo'llaridan umumli foydalanish natijasida ishlab chiqarish jarayoni va mehnat, yer uchastkalarining ratsional va iqtisodiy samaradorligi oshiriladi. Sanoat uzellari maydonidan funksional foydalanish qo'yidagi zonalar bo'yicha amalga oshiriladi: korxona maydoni, jamoat markazlari, yordamchi va qo'shimcha ishlab chiqarish binolari, omborxonalar. Loyihada har bir sanoat ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
103.13 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
103.13 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: docx