Sanoat binolari derazalari

Sanoat binolari derazalari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Sanoat binolari derazalari - rasmi

Material tavsifi

Sanoat binolari derazalari Reja: Temir tavaqalarda deraza kesakisi Tavaqalarni ochish Sanoat binolari fonarlari. Yorug'lik fonarlari tuzilmalari. Fonar yuk ko'taruvchi tuzilmalari Sanoat binolari derazalari Devorlarga deraza o'rinlarini joylashtirish va ko'rinishlari. Deraza o'rinlari tashqi devorlar maydonining 60% ni tashkil etadi. Deraza o'rinlari o'lchamlari, shakli va joylashishi ishlab chiqarish xonalarida ish rejimini hisobga olgan holda ish joylarini yorug'lik bilan qulay ta'minlanish sharoiti va qurilish iqlimiy tumani ko'rsatkichlariga qarab, yorug'likka hisoblanib tanlab olinadi. Sanoat binolarini yoritish alohida o'rinlar, lenta shaklida, yoppa va uchalasini har xil ko'rinishda joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Yuk ko'taruvchi va o'z yukini ko'taruvchi g'ishtli devorlarga ochiq o'rinli, panel devorlarga lenta shaklidagi derazalar o'rnatiladi. Binolar nima maqsadda ishlashiga, ichki va tashqi harorat farqi va havosi, iqlim ta'siri natijasida deraza o'rnini to'ldirish bittalik, ikkitalik va uchtalik tavaqalardan iborat bo'lishini aniqlab beradi. Deraza o'rinlari eni va balandligini nominal o'lcham bo'yicha 600 mm deb qabul qilinadi. Poldan o'rin tagigacha bo'lgan masofa 1,8 m va undan ortiqga teng qilib olinadi. Deraza o'rinlari alohida tavaqalar va panellar bilan to'ldiriladi. Deraza tavaqalari va panellari yog'ochdan, temir-betondan va metalldan bo'lishi mumkin. Yog'och tavaqa va panellarni vaqtinchalik va me'yoriy harorat - namlik, rejimlik binolarda qo'llash tavsiya etiladi. Alohida tavaqa-bloklar, kesaki va tavaqa (bittalik va qo'shilgan ) dan iborat. Bunday bloklar bir yoki bir necha yarusli joylashtiriladi, o'rin balandligi 7,2m dan oshiq bo'lgan yaruslarda bloklar orasiga yog'och rigellar qo'yiladi. Urin eni bo'yicha har 3 m da qo'yilgan, bu rigel va yog'och impostlar shamol kuchini qabul qiladi. Deraza bloklari qiyaliklarga, tepadonlarga, to'sinchalarga, rigellarga va impostlarga mixlar va ershlar bilan mahkamlanadi. Yirik panelli devorlarda lentasimon va yoppa yorug'lik o'rinlarini yog'och panellar bilan to'ldirilgani qulay. (Rasm 24) Rasm 24. Blokli to'ldirishda yog'och tavaqalar o'lchamlari turi Panellar nominal o'lchamlari 1,2x6 va1,8x6 m bo'lib, tavaqasi ochiladigan yoki ochilmaydigan bo'ladi. Panelni o'rovchi qismi 144x47 va 174x72 mm bruslardan, impostlarni kesimi 44x54 mm qilib bajariladi. Tashqi tavaqalar 54x67 mm li, ichkilari esa 44x44 mm li bruslardan tayyorlanadi. Deraza panelining hamma elementlari orasi shiplar bilan biriktirib elimlanadi. Deraza panellari ustunlarga ugoloklardan qilingan ulanmalar bilan mahkamlanadi, o'zaro esa choklari qalinligicha qo'yilgan yog'och chaspaklarga mixlanadi. Deraza o'rinlarini yog'ochdan tayyorlash oson, og'irligi kamroq, faqat u yonadi, chiriydi, hamda boshqalarga nisbatan mustahkam emas. Temirbeton tavaqalarni havo namligi yuqori bo'lgan, hamda me'yoriy harorat - namlik holatli binolarda o'rnatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Temirbeton tavaqalarni bir necha turli o'lchamlari nazarda tutilgan: balandligi 1185 va 1085 mm, eni 1490, 1980, 2970 va 3970 mm bo'ladi, uzunligi 6 m deraza paneli shaklida ham bo'lishi mumkin. Temirbeton tavaqalar kesakisi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 145.57 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 145.57 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga