Sanoat binolari pollari

Sanoat binolari pollari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Sanoat binolari pollari - rasmi

Material tavsifi

Sanoat binolari pollari Reja: Pollarga qo'yiladigan talablar. Pollarning tuzilmaviy elementlari. Tekis yuzali yopma pollar. Donabay va rulon materialli pollar. Pollarga qo'yiladigan talablar. Pol tuzilmalari va turini tanlashda unga ishlab chiqarishni ta'siri, chidamliligi ta'minlanganligi va undan foydalanish qulayligi hisobga olinadi. Sanoat binolari pollariga ishlab chiqarishda bo'ladigan ta'sirlar quyidagicha: mexanik taomirlash, montaj va demontaj, texnologik jarayon vaqtida urilishlar; ishchilar va relpssiz trasportlar harakati, jihozlar va har xil narsalarning og'irligi va o'rnilarini almashtirish, suyuqliklar - suv, kislota, ishqor, yog'lar; issiqliklar - issiq narsalar, suyuqliklar va issiq bosim ostida havo va h.k. Shuning uchun ham sanoat binolar pollari quyidagi talablarga javob berishi kerak: yuqori mexanik mustahkamlik, tekis bo'lishi, sirg'anmasligi, yong'inga chidamli, suv o'tkazmasligi, hamda har xil kimyoviy moddalarga qarshi bo'lishi, tez va oson taomirlanishi, oson tozalanishi va tashqi ko'rinishini saqlash. Amaliyotda shunday pol tuzilmasi yo'qki yuqoridagi talablarni barchasini qondirsin. Pollar maksimal darajada ishlab chiqarish spetsifikatsiyasidan kelib chiqadigan talablarni qanoatlantiradi. Agar pollarga bir necha qarama - qarshi faktorli talablar ta'sir etadigan bo'lsa, u holda berilgan ishlab chiqarish uchastkasi uchun kerak bo'lgan pol turi tanlanadi. Har qanday texnologik jarayon alohida operatsiyalarga bo'linib ketadi, shuning uchun bitta binoda har xil ishlab chiqarish uchastkalarida pollarni bir necha turlarini qo'llashga to'g'ri keladi. Loyiha hujjatlarida pol rejalarining har bir bo'limlarida turlari, detallari va unga qo'llaniladigan materiallar va buyumlar ko'rsatilgan bo'ladi. Birinchi qavat pollari yuzasi maydonga birikadigan rejalash belgilaridan 150 mm ga yuqori bo'ladi. Pollarning tuzilmaviy elementlari. Bir qavatli binolarda pollar grunt ustiga, ko'p qavatlida orayopmalar ustiga o'rnatiladi. Asos gruntlari pollarda umumiy va mahalliy deformatsiya bo'lmasligini ta'minlashi kerak. Pol o'rnatiladigan gruntlar kuchsiz bo'lsa, ular zichlanadi yoki zichlangan va shakli o'zgarmaydiganlarga almashtiriladi. Polning asosiy tuzilmaviy elementlariga yopma, tayyorlovchi qatlam (podgotovka ), oraliq qatlam, tekislovchi qatlam, oqova suvdan va issiqdan himoya qatlamlari kiradi. Yopma-bu polning yuqori elementi bo'lib, foydalanilayotganda hamma ta'sir qiluvchilarni qabul qiladi. Pol yopmasi tekis yuzali (sploshnoy) (betonli, asfaltbetonli, ksilolitli, mastikali va h. k.), rulon materiallardan (linoleum va h.k.), donabay (beton, keramik, plastmassa, cho'yan va boshqa plitalar, serqirratosh, g'isht va h. k.) bo'ladi. (Rasm32) Rasm 32.Asosiy pol turlari a-soztuproqli, b - shag'al yoki shebyonkali, v - betonli, g - asfaltbetonli, d,e - ksilolitli, j - qirqilgan toshli, z,i - g'ishtli, k,l - yon tomonli, m - plitali Pol yopmasi qalinligi polga tushadigan yuklar miqdori va ta'sir xarakteri, qo'llanilayotgan materiallar va grunt xususiyatiga qarab tanlanadi. Tayyorlovchi qatlam (podgotovka) polni gruntdagi elementi, tushayotgan yuklarni asosga uzatadi. Bu qatlam betondan, shag'aldan, shebendan, qumdan, shlakdan, toshdan va h.k. qilinadi. Tayyorlovchi qatlam qalinligi hisoblanib aniqlanadi va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.11 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.11 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga