Sanoat binolari va tuzilmalarini unifikatsiya qilish Reja: Modul sistemasi va bino parametrlari. Binoning tuzilmaviy elementlarini rejalash uklariga bog'lash. Sanoat binolari va tuzilmalarini unifikatsiya qilish Unifikatsiya deganda, bino va tuzilmalarning hajmiy rejali parametrlarini va elementlar sonini shakli va tuzilmasiga qarab bir xil o'lchamga keltirib olishga aytiladi. qurilish tuzilmalari va detallarining o'lchamlar turi sonini qisqartirish maqsadida tarmoqlararo hajmiy - rejaviy va tuzilmaviy sanoat binolari unifikatsiyasi va universal qo'llaniladigan binolar barpo qilinmokda. yilda unifikatsiyalangan tipovoy oraliq (UTP) va seksiya (UTS) lardan iborat bo'lgan qulay va harxil shaklga ega bo'lgan tipovoy loyihalashga o'tildi. UTP - bu binolar oralig'i bo'lib, bir xil uzunlikda, eni, balandligi va tuzilmaviy holatiga qarab chiqarayotgan mahsuloti texnologik jihatdan bir-biriga yaqin bo'ladi. UTS - bu binoning alohida bir qismi (harorat bloki) bo'lib, unda tuzilmaviy holati bir xil bo'lgan bir necha xil mahsulot chiqaradigan korxona joylashishi mumkin. UTS parametrlari (reja o'lchami, ustunlar setkasi, balandligi va tsex ichidagi transport ko'rinishi va yuk ko'tarishi) ishlab chiqarish talablariga javob berishi kerak. Unifikatsiyalangan oraliq va seksiyalarni qo'llash uchun quyidagi loyihalash materiallari ishlab chiqarilgan: Tipovoy konstruksiya tuzilma chizmalari (TK) Tipovoy detal chizmalari (TD) Tipovoy montaj detallari va ularning birikishi (TDM). Bu montaj ishi bilan shug'ullanadigan quruvchilar uchun kerak bo'ladi. Tipovoy mehmorchilik - qurilish detallar (TDK) buni loyihalovchilar va quruvchilar uchun tavsiya qilish mumkin. Sanoat binolarini qurishda hajmiy - rejaviy yechimini unifikatsiyalash asosida yuqori iqtisodiy samara olish mumkin, birinchidan tuzilmalarning tipovoy o'lchamlari soni qisqarishi va qurilish korxonalarida ishlab chiqarishni ko'tarilishi hisobiga narxi pasayadi, ikkinchidan UTP, UTS va chizma materiallarini qo'llash natijasida loyiha ishlari hajmi va uni tayyorlash qisqaradi. Modul sistemasi va bino parametrlari. Binolarning hajmiy - rejali va tuzilmaviy holatini unifikatsiya qilishda modul sistemasidan foydalanamiz. Binolar o'lchami va ularning elementlari, qurilish tuzilmalari sanitar - texnik jihozlari bilan birga malum qonuniyat asosida asosiy modulga (M - 100 mm) bo'ysunadi. Lekin sanoat qurilishida asosiy modulga asoslangan holda katta (ukrupnenniy) modullar ham qo'llaniladi (misol uchun 6M - 600 mm, 12M - 1200 mm.). Hajmiy - rejali o'lchamlarni qo'llashda quyidagi kattalashtirgan modullardan foydalaniladi: - Bir qavatli binolarda oraliq eni va ustun qadami 60M, poldan yopma yuk ko'taruvchi tuzilmaning pastki qismigacha 6M (6m gacha bo'lsa), 6M dan yuqorisi 12M olinadi. - Ko'p qavatli binolarda oraliq eni - 30M (oraliq 6 va 12 m bo'lganda) va 60M (oraliq 12 m dan yuqori bo'lganda), ustun qadami 60M qavatlar balandligi 6M va 12M olinadi (balandligi 4,8 m va ortiq bo'lsa.) Unifikatsiya qoidalariga va binoni parametrlariga qarab: Bir qavatli sanoat binolarining: -oraliq eni 12 , 18 , ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
84.36 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
84.36 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: docx