Sanoat binolari yopmalari

Sanoat binolari yopmalari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Sanoat binolari yopmalari - rasmi

Material tavsifi

Sanoat binolari yopmalari Reja: Sanoat binolari yopmalari Sanoat binolari tomlar. Sanoat binolari yopmalari Sanoat binolari yopmalari tuzilma sifatida asosiy rolni bajaradi. U binoni uzoq chidashini aniqlaydi, ichki va tashqi qiyofasi o'zgarishiga ta'sir qiladi. Yopmalar bino tannarxini 30% gacha tashkil etadi. Sanoat binolari asosan chordoqsiz bo'lib, u yuk ko'taruvchi va qoplovchi tuzilmalardan iborat. Yopma yuk ko'taruvchi qismi ferma, to'sin, rama shaklida bo'lib qoplovchi qismida materialiga mos kerakli qiya hosil qiladi. Yopmaning qoplovchi qismi xonalarni tashqi muhit ta'siridan saqlash bilan birga yuk ko'taruvchi qismi bilan binoning mustahkamligini oshiradi. Sanoat binolarida asosan tekis tomli yopmalar qo'yiladi, shuning uchun ulardan foydalanish qulay. Yopma turlari va ularga qo'yiladigan talablar. Yon tomondan ko'rinishiga qarab yopmalar bir, ikki va ko'p tomonga qiyali, tekis, shedasimon va qiyshiq chiziqlilarga bo'linadi. Bir tomonga qiyali yopma asosan oralig'i 9-12 m bo'lgan binolarda ishlatiladi. Ikki tomonga qiyali har qanday enli bo'lgan oraliqda, ayrim hollarda ko'p oraliqli binolarda ham ishlatiladi. Kamchiligi, o'rta oraliqlarda tomni balandligi yuqori va rulon gilamining xizmat qilish muhlati kamroq bo'ladi. Ko'p qiyali yopmalar (asosan ikki qiyali) enli ko'p oraliqli binolarda qo'llaniladi. Oqova suvlar bino ichidagi quvurlardan tushib ketadi. Tekis yopmalar qiyaligi juda oz miqdorda yoki qiyali bo'lmaydi. Kamchiligi yomg'ir va qorlarni tomda uzoq turishi va gidroizoliyatsiya qatlamlarini ko'p olinishi natijasidir. Shedasimon yopma yo'nalishi shimol tomonga bo'lgan vertikalp va qiya holida deraza o'rnatilgan tekisliklaridan iborat. Bunda quyoshning tik nurlari bino ichiga tushadi. Kiyshiq chiziqli yopmalar sistemasi ko'proq juda katta oraliqli binolar tomini yopishga ishlatiladi. Teplotexnik xususiyatiga qarab yopmalar isitiladigan va isitilmaydaganga bo'linadi. qanday ko'rinishda bo'lishidan qatoiy nazar yopmalarni gidroizolyatsiyasi yaxshi bo'lishi, par va issiqlikdan saqlashi, yong'inga, korroziyaga qarshi bo'lishi, oson o'rnatilishi, ekspluatatsiyaga chidamli va ishonchli bo'lishi, hamda og'irligi kamroq va iqtisodiy jihatdan tejamli bo'lishi kerak. Yopmalar yuk ko'taruvchi qismlarni ko'rinishi va materiallar tanlashda oraliqlar eni, tayanch nuqtalari qadami, yopmalariga tushadigan yukni xarakteri va kattaligi, tsex ichidagi ko'tarish jihozlarini turi, hamda tomni turiga qarab olinadi. Bundan tashqari qurilish tumani, yopma tagiga joylashtiriladigan tarmoqlar va ishlab chiqarishdan ajralib chiqayotgan zaharli moddalarga bog'liq. Yopmalarni yuk ko'taruvchi qismi asosan stropil tuzilmalaridir. Agar ustunlar qadami stropil tuzulmalar qadamidan oshsa, stropila tagi tuzilmalari qo'llaniladi. Stropila tagi tuzilmalari ustunlarga (bo'ylama yo'nalishda) qo'yiladi va ularga stropila tuzilmasi tayanadi. Yopmalar yuk ko'taruvchi tuzilmalari temirbeton, metall, yog'och va aralash (metall: yog'och, temir: temirbeton) bo'lishi mumkin. Aralash yuk ko'taruvchi tuzilmalar keng qo'llaniladi, chunki uni siqilishga ishlaydigan elementlari temirbeton yoki yog'och materiallardan, cho'zilishiga ishlaydiganlari metaldan qilinadi. Temirbeton stropil va stropil tagi to'sin va fermalar 26 rasmda ko'rsatilgan. Rasm 26. Yopmalarning temirbeton to'sinlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 172.45 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 172.45 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga