Sanoat binolarida yorug'lik va havo almashuvi Reja: Ishlab chiqarish xonalari mikroiqlimi. Xonalarda havoni almashtirish usullari Ishlab chiqarish binolarida shovqin va tebranishga qarshi kurash. Sanoat binolarida yorug'lik va havo almashuvi Yorug'lik sanoat binolarida bir xilda tarqalgan bo'lishi, ishlash joylari to'g'ri tushayotgan yorug'liklardan holi bo'lish, ko'zni charchatadigan yorug'lik va yarqiroq asbob - uskunalarni bo'lmasligini tahmin qilishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarida yorug'lik tabiiy, sun'iy va aralash bo'ladi. Yoritish usulini tanlash ishlab chiqarish texnologiyasi spetsifikasi, binoning hajmiy - rejaviy va tuzilmaviy yechimi, qurilish rayonining iqlimi va yorug'lik iqlimi, hamda iqtisodiy ehtiyojlar hisobiga bo'ladi. Tabiiy yorug'lik odamlar doimo bo'lib turadigan xonalarda ko'riladi. Ishchi joylarini tabiiy yorug'lik bilan yoritish doimiy bo'lmasligi ham mumkin, chunki u yil va kunning qaysi vaqtiga, atmosfera holatiga va h.k. bog'liq bo'ladi. Ikki smenalik ishlarda tabiiy yorug'likdan foydalanish vaqti kamroq. sun'iy yorug'likdan ishlab chiqarishda ichki muhitni berilgan parametrlarda qattiq ushlab turadigan, yorug'lik fonarlaridan me'yoriy foydalanish qiyin bo'lgan joylarda foydalaniladi. Aralash yorug'lik kunduz paytlari bir vaqtini o'zida tabiiy va sun'iy yorug'lik foydalanilganda qo'llaniladi. sun'iy yorug'lik tabiiy yorug'likdan etarli bo'lmagan uchastkalarga o'rnatiladi, shuning bilan birga chiroqlar ishlayotganlarga ta'sir qilmasligi va spektral tarkibi bo'yicha tabiiy yorug'likka yaqin bo'lishi kerak. . Binolarni tabiiy yorug'lik bilan tahminlash o'z navbatida: yon tomondan (bokovoy) tashqi devorga o'rnatilgan yorug'lik tushadigan teshik yordamida, tepadan - tomga o'rnatilgan fonarlar yordamida va har ikkisi birgalikda amalga oshiriladi. Tabiiy yorug'lik tanlashda texnologik jarayonni, qanday aniqlikda ishlash sharoiti, binoning hajmiy rejaviy va tuzilmaviy yechimi, qurilish joyining iqlimi va yorug'lik iqlimi hisobga olinadi. Variantlar solishtirilib yorug'lik turi aniqlanadi. Yon tomondan yoritish ko'p qavatli binolarda, hamda xona chuqurligini deraza balandligiga (shartli ishchi yuzasiga nisbatan) nisbati kamida 8 bo'lganda tepadan va yondan - bir qavatli ko'p oraliqli binolarda qo'llaniladi. Tabiiy yorug'lik bilan yoritish doimiy bo'lmaydi, shuning uchun xonalarda tabiiy yorug'lik qiymatini absolyut birliklarda aniqlab bo'lmaydi. Sanoat binolarda yorug'lik-tabiiy yorug'lik koeffitsiyenti bilan o'lchaniladi (t.e.k) (en). T.yo.o.n. memoriy miqdori MDH ning yorug'lik iqlimi bo'yicha bo'lingan (I, II, II, IV, V) poyaslarga qarab, ushbu formula bo'yicha topiladi: en (I,II,II,IV,V)= en ,m en - KMK jadvalidan ishlab chiqarish binolari uchun olinadigan me'yoriy miqdordagi t.yo.k. m- iqlim yorug'lik koeffitsiyenti Hisoblash ishlarini bajarishda birinchi va oxirgi nuqta devordan 1 m ichkaridan olinadi, qirqim chizig'ida vaqtinchalik ishchi turgan joy 0,8 m deb qabul qilinadi, nuqtalar orasidagi masofa 2 -3 m, olinadi. Yorug'lik tushadigan o'rin o'lchami, shakli va turgan joyi to'g'riligini hisoblash yo'li bilan topiladi. Buning uchun yorug'lik yon tomondan, tepadan tushganda alohida hisoblab, ko'ndalang (razrezda) qirqimda tushayotgan yorug'lik egri chiziq bilan ko'rsatiladi va hamma nuqtalardagi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.75 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.75 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: docx