Sanoat binolarini loyihalash asoslari

Sanoat binolarini loyihalash asoslari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Sanoat binolarini loyihalash asoslari - rasmi

Material tavsifi

Loyihalash asoslari Reja: 1. Loyihalash - ijodiy jarayon 2. Me'moriy yechimga ta'sir etuvchi omillar 3. O'quv loyihasini bajarish uslubi 4. Kichik me'moriy shakllar 1. Loyihalash - ijodiy jarayon Loyihalash murakkab jarayon bo'lib, bu jarayon onsonlik bilan kechmaydi. Har qanday inshootni xoh u kichik bir dam oladigan joy bo'lsin, xoh u bir kichik do'kon bo'lsin, xoh u turarjoy binosi, kinoteatr, teatr, zavod, fabrika va hokazo bo'lsin, qo'polroq qilib aytganda, uni o'ylab topish kerak bo'ladi. Me'moriy-fazoviy muhit tushunchasi mazmun va shakl, mavjud, xususiy va umumiy ijtimoiy hodisalar kabi falsafiy kategoriyalarni o'z ichiga oladi. Me'mor jamiyat taraqqiyoti qonunlariga asoslangan sun'iy me'moriy muhitni, u yoki bu tabiiy sharoitga va funksiyalarga mo'ljallangan ijtimoiy jarayonni rejalashtiradi, tashkillashtiradi va yaratadi. Tabiat va yaratilgan me'moriy muhit inson ongiga ta'sir etib, uning dunyoqarashini shakllantiradi. Bo'lajak me'moriy obyektning g'oyaviy-badiiy mazmuni va uning muayyan moddiy shaklining kompozitsion yaxlitligiga erishish yo'lida me'mor qator malakaviy masalalarni, shu bilan bir qatorda ichki va tashqi muhitning o'zaro bog'liqlik masalasini ham hal qiladi. Me'mor yaratayotgan sun'iy muhit uni noqulay tashqi muhit ta'sirlaridan (sovuqdan, shamol, yomg'ir, qor va hoka'zolardan) asrab, insonning qulay sharoitda faoliyat ko'rsatishini ta'minlashi kerak. Shuning uchun loyihalash jarayonida arxitektor oldida shaharsozlik, kompozitsion me'moriy-badiiy, rejaviy, funksional, qurilish materiallari va qurilmalari, mustahkamlik va tejamkorlik, interyer va eksteryerlar bilan bog'liq bo'lgan qator masalalar ko'ndalang bo'lib turadi. Eksteryer (lot. tashqi) va interyer (lot. ichki) tushunchalari faqat binoning ichki va tashqi ko'rinishlari bilangina bog'liq bo'lmasdan, ichki va tashqi muhitni tashkil etish xususiyatlarini tasavvur etishni ham o'z ichiga oladi. Inson va fazoviy muhit. Inson nimaniki yasasa, qilsa, ishlab chiqarsa, u shuni o'z tanasining yoki gavdasining o'lchamlariga, mutànosibligiga moslashtiradi. Chunki inson o'zidan boshqa narsani bilgan emas, bilsa ham shu bilgan narsasini o'ziga solishtirish orqali uning o'lchamlarini his qilgan. Undan tashqari inson, albatta, nimaniki qilsa, u o'zining sharoitini yaxshilash, qulaylik yaratish, mehnatini onsonlashtirish uchun harakat qilgan. Inson tanasining mutanosibligi bilan rassom va me'morlar qadimgi Misrdayoq qiziqishni boshlaganlar. Buyuk me'mor-usta Le Korbyuze bizning davrimizda mutanosiblik tizimini ishlab chiqdi. Ya'ni, bu tizim oltin kesma (çîëîo'îe ñe÷eíèe) prinsipiga asoslangan. Le Korbyuze «Modulor» deb nomlangan bu tizimdan imoratlarni loyihalashda foydalangan. Demak, 2-kursda talaba ilk bor mustaqil loyihalashga qadam qo'yar ekan, u albatta yuqorida aytilgan tizimdan foydalana bilishi kerak. Insonning inshootning, xonaning o'lchamlariga, shakliga ta'siri va shundan kelib chiqqan qonun-qoidalardan ayrimlarini misol tariqasida keltiramiz. Insonning gavdasi, tana a'zolari tuzilishi va o'lchamlaridan kelib chiqadigan inshootlarning ba'zi unsurlari, o'lchamlariga e'tibor beraylik. Agar zinaning eni 30 sm, balandligi 15 sm qilib olinsa, odam zinadan chiqib-tushishi oson bo'ladi. Eshikning eni 60 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.45 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.45 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga