Sanoat binolarining boshqa elemetlari Reja: Zinalar. Pardadevorlar. Darvoza va eshiklar. Deformatsiya choklari. Zinalar. Sanoat binolari zinalari asosiy, xizmat, yong'inga va shikastlanishga qarshi o'rnatiladigan zinalarga bo'linadi. Asosiy zinalar qavatlar aro aloqani bir - biriga bog'lash va odamlari evakuatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Tuzilmalari fuqaro binolari zinalariga o'xshash bo'ladi. (Rasm 33) Rasm 33.Sanoat binolari asosiy zinalari turi a - ikki marshli (markaziy marshli), b - uch marshli, kosourlarga alohida pog'onalar o'rnatiladi: 1 - kosour, 2 - o'rovchi material, 3 - to'sin, 4 - lift Zinalar maydoni devori g'ishtdan yoki paneldan qilinib, zina poydevorlariga yoki poydevor to'sinlariga tayanadi. Zina marshi va maydonchasi temirbeton elementlardan butun (yaxlit) qilib tayyorlanadi. Ayrim hollarda zina marshi va maydonchasi alohida bo'ladi, u holda zina maydonchasi devorlari yuk ko'taruvchi bo'lib, bino asosiy karkasiga tuzilmaviy bog'lanmagan bo'ladi. Unifikatsiyalangan marshlar eni 1350,1500 va 1750 mm, marshni ko'tarilish balandligi 1,2 dan 2,1 m gacha. Marsh qiyaligi 1:2, pog'ona o'lchami 300x150 mm olinadi. Binodagi zinalar soni mehyorlar bo'yicha hisoblanib topiladi. Ыanday kategoriyali ishlab chiqarish bo'lishi, binoning yong'inga chidamlilik darajasi va uni qavatlariga bog'liq holda, eng uzoqdagi ishchi joyidan yaqindagi evakuatsion chiqish joyigacha masofa 30 dan 100 m gacha bo'lishi kerak. Ishlab chiqarish xonalariga olib boradigan tashqi eshik va zina maydonchasidagi eshiklar chiqish tomoniga ochilishi lozim. Odam tashiydigan va yuk liftlari zina maydonchasiga biriktiriladi. Xizmat zinalari ishchi maydonchalari bilan aloqa qilishga xizmat qiladi. Xizmat zinalari doimiy harakat bo'ladigan joylarda qo'llanib, u marshlarga va o'tish maydonchalariga montaj qilinadi. Marshlar qiyaligi 450 va 600, eni 600 - 100 mm, prostuplar qadami 200 va 300 mm. Marshlar balandligi 6 m gacha bo'ladi. Zinalar pollarga, qurilish tuzilmalariga va jihozlarga mahkamlanadi. Yong'inga qarshi zinalar binolarning karniz yoki parapetgacha balandligi 10 m va undan oshiq bo'lgan binolarda o'rnatiladi. Balandligi 10 - 30 m bo'lsa yong'inga qarshi zinalar vertikal holatda, agar 30 m oshsa 800 qiyalikda qo'yiladi va uning oraliq maydonchalari bo'ladi. Vertikal zinalar eni 600 mm, marshlar - 700 mm bo'ladi. Bino perimetri bo'ylab zinalar orasidagi masofa kamida 200 m olinadi. Zinalar devorlarga yoki bino karkasiga balandligi har 2,4 - 3,6 m da joylashgan burchakdan qilingan ankerlar bilan mahkamlanadi. Shikastlanishga qarshi zinalar shikastlanish (avariya) yoki yong'in vaqtida odamlarni binodan evakuatsiya qilishga xizmat qiladi. Shikastlanishga qarshi zinalarning marshi eni kamida 700 mm, qiyaligi 1:1 va o'ramasi balandligi 800 mm bo'ladi. Pardadevorlar. Binolarda pardadevorlar soni mumkin qadar kam bo'lishga erishish kerak, chunki ular tabiiy yorug'likni va havo almashuvini qiyinlashtiradi, hamda binoni universallik darajasini kamaytiradi. Pardadevorlar mustahkam, bikir, o'rnatilishi industrial bo'lishi, yong'inga chidamli ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
90.54 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
90.54 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: docx