Sanoat binolarining hajmiy, rejaviy yechimi

Sanoat binolarining hajmiy, rejaviy yechimi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Sanoat binolarining hajmiy, rejaviy yechimi - rasmi

Material tavsifi

Sanoat binolarining hajmiy rejaviy yechimi Reja: Sanoat binolari kavatini tanlash. Binolarning tuzilmaviy sxemalari. Sanoat binolarining hajmiy - rejaviy yechimi Har qanday sanoat binosining hajmiy-rejaviy yechimi, bino ichida bo'layotgan texnologik jarayonga bog'liq. Texnologik jarayon o'z navbatida ishlab chiqarish texnologik sxemasini aniqlab beradi. Sxemada ishlab chiqaradigan mahsulotning ketma-ketligi, texnologik asbob-uskunalar xarakteri va joylanishi, tsex ichidagi transport ko'rinishi va yuk ko'tarishi, xonalar o'lchami va joylanishi aniqlanadi. Shuningdek sxemada keltirilayotgan xom ashyo va yordamchi materiallar, chiqarilayotgan tayyor mahsulot, ishlab chiqarishda chiqayotgan chiqindilarni (otxodi) alohida qilish va injenerlik tarmoqlarini (seti) qulay joylashtirish kabi masalalar ko'zda tutiladi. Bundan tashqari texnologik sxema chiqarilayotgan mahsulot va asbob-uskunalar xarakteri va massasiga qarab binoning qavatlari qanday bo'lishini bildiradi. Sanoat korxonalari bosh rejasida bino va inshootlarni joylashtirish, ular orasidagi masofalar, transport va muhandislik tarmoqlarini o'tkazilishi korxona uchun qabul qilingan texnologik sxemaga bog'liq. Tsexlarni ratsional rejalash uchun texnologik asbob- uskunalar va tayyor mahsulotlar gabaritlari, ishlash joylari xarakteri, o'tish joylar va yo'llar eni, hamda ishlab chiqarish asbob- uskunalarini o'rnatish sxemasini bilish kerak. Sanoat ishlab-chiqarayotgan mahsulotiga qarab klassifikatsiya bo'yicha 250 ga yaqin ishlab chiqarish bo'lim (otrasli) va guruhlarni birlashtiradi. Shuning uchun sanoat binolari ko'rinishlari va tiplariga qarab, ularning konfiguratsiyalari va o'lchamlarini rejalashtirish keng ko'lamli. Hamma ko'rinishdagi rejalashtirish asosan 2 tipga bo'linadi: alohida (razdelnie) va yoppa (sploshnie) (Rasm 6) Birinchi tipga quvvati kam bo'lgan korxonalar kiradi, hamda ularga ishlab chiqarish kichik oraliqli alohida turgan binolarga joylashgan bo'ladi. Rasm 6. Bir qavatli ishlab chiqarish binolarini hajmiy - fazoviy va tuzilmaviy yechimlari sxemalari a-v - yopma qo'yilganda (a - oraliqli, b - yacheykali, v - zalli), g - shuni o'zi, pavilionli Ishlab chiqarish alohida joylashgan korxonalar katta qurilish maydonini egallaydi, muhandislik va transport tarmoqlar uzunligi va maydonning obodonlashtirish hajmi ko'payadi, ishlab chiqarishni potok shaklida tashkil etish va tsexlararo transportdan foydalanish yo'qoladi. Hozirgi zamon amaliyoti ko'rsatayaptiki, bir turdagi ayrim vaqtlarida har xil texnologik jarayonli ishlab chiqarishni bir bino tarkibida bloklashtirish yaxshi natija bermoqda. Bir tom ostida hamma asosiy, yordamchi, qo'shimcha bino va omborlar joylashadi. Binoni bloklashtirishda texnologik asbob - uskunalarni o'rnatish ko'p variantli bo'lishi bilan, korxona maydonini 30 - 40% ga qisqartirishga, tashqi devorlar perimetrini 50% kamaytirishga, qurilish tannarxini 10 -15% ga pasaytirishga, transport yo'llari va muhandislik tarmoqlarini qisqartirishga, binodan foydalanish va maydonni obodonlashtirish xarajatlarini pasaytirishga olib keladi. Binolarni rejalashtirishda ishlayotgan ishchilarni, olib kelinayotgan xom ashyoni va chiqarilayotgan mahsulotni harakat joylarini to'g'ri tashkil etish kerak, hamda qulay, havfsiz, qisqa yo'llar bilan harakat qilish, kesishish joylarida havfsiz o'tish joylari bo'lishini tahminlash talab etiladi. Sanoat binolari kavatini tanlash. Bir qavatli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 109.4 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 109.4 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga